Oilalarda er-xotin o’rtasida yuzaga keladigan nizolar oilaviy munosabatlarda salabiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur maqolada oilaviy nizolardan biri bo‘lgan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning yuzaga kelishi, ularning sabab va oqibatlari, yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklarda oilaviy munosabatning o‘rni va ahamiyati qay darajada ekanligi, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar batafsil yoritilgan.
Hozirgi davrda jamiyatimizda yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida aholi sonining muttasil oshib borishi hisobiga nikohlanish koeffisenti ham oshdi. 2019-yilda FXDYO bo’limlari orqali rasman qayd etilgan nikohlar soni 310899 mingtaga yetdi. Oilaviy ajrimlar ko’rsatkichi 2017-yil 31,9 ming , 2018-yil 32,3ming, 2019-yil 31,4ming, 2020-yil 28,2 mingni tashkil etdi.
Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarini shakllantirish, to‘laqonli baxtli oila qurish uchun kasb hunarga ega bo‘lish zaruratini singdirish, nikohga yetuklik uchun nikoh omillari va oilaning asosiy funksiyalari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlashga erishish tadqiqotimizda alohida ahamiyatga molikdir.
Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan.
Xalqaro pisa tadqiqotlarida matematika fanidan Respublikamiz ta’lim tizimida mavjud muammolar haqida
Bu maqolada, bugungi davr bolalarining o‘z-o‘zini boshqarish, stress, texnologik o‘zgarishlar, internet va ijtimoiy munosabatlar kabi psixologik muammolar va ularni yechish usullari haqida ma’lumot beriladi. Munosabatlar, stressni kamaytirish, internet va texnologiyalarni cheklash, o‘zaro yordam olish va maslahat olish kabi amallar, bolalarni o‘z-o‘zini boshqarish va muammolarni hal qilishda muhimdir. Ushbu maqola ota-onalar, o‘qituvchilar, psixologlar va mutaxassislar uchun katta ahamiyatga ega.