Maqolada yangi iqtisodiyotning asosini zamonaviy jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan inson kapitali tashkil etishi, mamlakatlar o‘rtasida kuzatilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy aloqalar ham muayyan chet tilini o‘rganishga turtki bo‘lishi, arab tilini o‘qitishning juda katta ijtimoiy ahamiyati borligi, O‘zbekistonni arab davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalari, arab tilini o‘qitishda arab tili o‘qituvchisining kompetensiyasini shakllantirish nimalardan kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlar yoritilgan.
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir manbalar tadqiq etilgan. Shuningdek, xonliklarga jo‘natilgan elchilar, ularning safar xotiralari, ekspeditsiyalar natijasida yaratilgan manbalar, xorijiy va mahalliy tadqiqotlar o‘rganilgan va tahlil qilingan.
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish,fuqoralarni sog‘ligi va haѐtini yaxshilash, hamda mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Maqolada brusellѐz bilan kasallangan hayvonlardan olingan mahsulotlarni sanitariya jixatidan baxolash va ularni iste’molga yaroqli va yaroqsizligini aniqlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu maqolada mamlakatda huquqiy demokratik davlatni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi, uning barkamol avlod tarbiyasi tizimida tutgan o‘rni, tarixiy ildizlari, qadimgi Sharq ma’naviy-axloqiy tarbiya taraqqiyoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni, maqsadi, vazifalari, ilmiy pedagogik asoslari va uni takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Milliy ta’lim-tarbiya ishlarining shakllari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Bugungi kunda har bir milliy va ma’naviy meroslarimizni ko‘z qorachig‘imizdek asr-ab-avaylash, qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ertaga bizning o‘rnimizga keladigan, biz boshlagan olijanob ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarimiz ana shu bebaho milliy va ma’naviy boyliklarmizdan bahramand bo‘lsin va o‘zining kimligi, қандай buyuk zotlarning avlodi ekanini anglab yetsinlar.
Chakana savdoda raqamli marketingni joriy etish va mavjudlarini baholash, raqobatdan aynan raqamli marketingning, o‘sib borayotgan internet foydalanuvchi- lari, ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatimizga kirib kelish va ta’siri, elektron savdo, e-tijoratning ijobiy va salbiy taraflari xorijiy chakana brendlari misolida yoritildi. Shuningdek, e-tijoratda foydalanish uchun tavsiya va takliflar keltirilib o‘tildi.
Ushbu maqolada jamoatchilik nazoratining mohiyati va uni mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga raqmali ko‘rinishda tashkil etish masalalari haqida fikr yuritilgan. Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan so‘nggi yillarda qabul qilingan jamiyatimizda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishga qaratilgan qonuniy hujjatlarda belgilab berilgan jamoatchilik nazorati va muhokamasi borasidagi fikrlar tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining paydo bo‘lishi va uning me’yoriy-huquqiy asoslari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror, ijobiy o‘sishi haqida so’z yuritilgan.
Tarbiya mohiyati va uning qonun-qoidalari ,metod va vositalarini ilmiy asoslash tarbiya nazariyasi hamda pedagogika fanining bir qismi sanaladi. Tarbiya jarayo nining mazmuni, metodi va tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Maqolada ko'p funktsiyali turar-joy binolari komplekslarining rivojlanish tendensiyalari ko'rib chiqilgan. Ko'p funktsiyali turar-joy majmualarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari órganilgan. Har bir bosqichda ko'p funktsiyali turar-joy majmualarining hajm va rejalashtirish tuzilishiga ta'sir qiluvchi asosiy xarakterli xususiyatlar va omillar ochib berilgan. Adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy omillarning kompleksning murakkab tuzilishi evolyutsiyasi va shakllanishiga ta'siri aniqlangan. Yangi tarkibiy turar-joy ta'limining dolzarbligi, shuningdek, turar-joy muhitini tashkil etishning zamonaviy hajmli rejalashtirish shakllari ko'rsatilgan.
Ilm-fan rivojlangan, raqamli iqtisodiyot amaliyotga keng kirib borayotgan,axborot texnologiyalari barcha sohani qamrab olgan, raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanishning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Ayniqsa, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida inson resurslari tarkibi va dinamikasini yaxshilashni boshqarishga doir joriy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ulardan ta’lim tizimini isloh qilishda samarali foydalanish vazifalari dolzarblik kasb etmoqda. Maqolada oliy ta’lim tizimida inson resurslarini boshqarishga doir joriy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish vazifalari tahlil etilgan, hamda bu borada xorij tajribasi o‘rganilgan va ushbu hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Har qanday davlatda ruhiy kasalliklarning tarqalishi,
boshqa somatik kasalliklardan farqli o'laroq. ular nafaqat
tibbiy-ijtimoiy, balki, qator ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiypsixologik, xuquqiy va bemorlaming turmush tarzi, hayot sifati masalalari bilan bog'liq bo'lgan salbiy asoratlar va muammolarni keltirib chiqaradi
Ushbu maqolada Chingizxon boshliq mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar davlati tarkibidagi Jizzax vohasiga yurishlarining aholi ijtimoiy iqtisodiy hayotiga ta’siri tahlil etilgan.
Ushbu maqolada inson kapitali rivojlanishida hududiy, demografik omillar, kasbiy komronentlar va iqtisodiy faoliyatning xususiyatlari va Fargʼona vodiysida vujudga kelgan ijtimoiy-demografik vaziyat, uning hududiy joylashshi, migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari, bandlik, salomatlik hamda yaratilgan shart-sharoitlar ushbu hududda yashovchi aholining inson kapitalini rivojlantirish jarayonlardagi muammolar hamda uning istiqboliga bagʼishlangan ayrim sotsiologik rrognozlar ishlab chiqilgan.