Ushbu maqolaning maqsadi mashinaviy o‘qitish (machine learning) usullaridan foydalangan holda maktab o‘quvchilarini fanlardan olgan baholari va softskills ko‘nikmalari bo‘yicha ularning yo‘nalishlarini aniqlashdir. Maqolada ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regressiya yordamida sigmoid funksiya qurish murakkabliklari ko‘rib chiqildi hamda o‘quvchilarni 10 yil davomida ta’lim yo’nalishi bo‘yicha tanlangan fanlardan olingan baholari va ularni turli parametrlari, sabablari hamda o‘quvchining imkoniyatlari raqamlashtirildi. Ushu raqamlar yordamida trening ma’lumotlar top‘lami tashkil qilindi. Natijada maktab o‘quvchilarini 10 yil davomida o‘qigan fanlari va ulardan oligan baholarining klassifikatsiyasi ishlab chiqildi. Neyron tarmoq arxitekturalari, modullari, mashinaviy o‘qitish algoritmlarida eng ko‘p qo‘llanilayotgan aktivlashtirish funksiyalari, o‘qitish usullari hamda chiziqli va logistik regressiya qurish usullari, kamchiliklari va imkoniyatlari tahlil qilingan. Ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regressiya uchun gradiyent tusish funksiyasini vektorlangan hisoblash orqali qulaylashtirish yo‘llari o‘rganib chiqildi. Chiziqli regressiyaning bu turida juda ko‘p o‘zgaruvchilar qatnashganligi uchun vektor hisob-kitoblar ancha qulayli isbotlangan. Vektor hisoblashlar yordamida gradiyent tushish jarayonlarini parallel hisoblash yo‘llari ham ko‘rib o‘tilgan. Hususan, trening ma’lumotlar jadvalining ustunlarini qo‘shish, koeffitsiyentlarni transpozitsiyalash - AT, chiziqli funksiyaning vektorlangan ko‘rinishlari, gradiyent tushish uchun giperparametrlar (o‘rganish darajasi - , qadamlar soni) aniqlab olindi.
The article is devoted to econometric modeling and forecasting of business development using correlation and regression analysis. Also, a model for the development of GDP business is given, taking into account the indicators of the share of business in the number of employees in the volume of agricultural production, exports of the Republic of Uzbekistan, and the forecast value of the share of business in GDP by 2021–2025.
Ushbu maqolada soliq yuki va uning makriqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlili, milliy iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirishni ekonometrik modellashtirish, yalpi ichki mahsulot, budjet daromadlari va xarajatlari hamda soliq yuki ko‘rsatkichlarini bir-biriga bog‘liqligi, soliq yuki ko‘rsatkichi o‘zgarishining yalpi ichki mahsulotga ta’siri, budjet daromadlari va xarajatlariga ta’siri tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, YaIM hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili, milliy iqtisodiyotda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari hajmining o‘zgarishiga soliq yuki ko‘rsatkichining ta’siri ekonometrik usullar asosida tahlil qilingan..
Мазкур мақолада ҳозирги шароитда Навоий вилоятининг ижтимоий- иқтисодий тараққиёти барқарорлигига инвестицион муҳит жозибадорлиги таъсирининг эконометрик таҳлили ёритилган.
Maqolada buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan kasr tartibli aralash tipdagi tenglama uchun qo‘yilgan Frankl shartli lokal chegaraviy masalaning bir qiymatli yechilishi isbotlangan.
XXI asr - texnologiyalar asri hisoblanadi. Shunday ekan o‘quv jarayonida turli zamonaviy axborot vositalaridan o‘rinli foydalanish, kompyuterli ta’lim jarayonida darslarni o‘quvchi-talaba va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish bugungi kunda dolzarb masalalardandir.Tabiiy fanlar hamda texnika fanlarida uchraydigan ko‘pgina masalalar differensial tenglamalarga keltiriladi,ya’ni ularning analitik yechimini topish nihoyatda murakkab masala,shu sababli taqribiy yechish usullaridan foydalanish ko‘proq samara beradi.Bunday muammolarni hal qilish uchun esa matematik paketlar mavjud bo‘lib,ushbu maqolada differensial tenglamalarni Maple dasturida yechish haqida gap boradi.Ya’ni, birinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglamani Maple dasturida analitik yechimini topish dasturi tuzilib natija olingan.
Bu ishda bir Pifagor juftligi yordamida boshqa Pifagor juftliklarini topish usuli bayon qilingan. Сheksiz ko‘p yaratuvchi Pifagor juftliklarini qurish jarayoni keltirilgan. Berilgan Pifagor jufti yordamida Pifagor uchligini beruvchi parametrik tenglama berilgan. Bitta Pifagor juftidan foydalanib cheksiz ko‘p Eyler uchliklarini beruvchi parametrik tenglama berilgan.
Ushbu ishda Rimann-Liuvill kasr hosilasi ishtirokidagi yuklangan parabolik-giperbolik tenglama uchun uzlukli ulash shartli nolokal chegaraviy masala yechimining mavjudligi va yagonaligi o‘rganildi. Yechimning yagonaligi integral energiya usuli bilan, mavjudligi esa integral tenglamalar usuli bilan isbotlangan.
Berilgan spectral ma’limotlar asosida bir o‘lchovli Dirak operatori parametrlarini tiklash masalasi qaralqai. Masalani yechisha qulay almashtirishlar hisoboga ixcham hisoblash algoritmi qurilgan.