Maqolada Yoshlar ishlari agentligining yoshlar hayotidagi o‘rni, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda “Yoshlar daftari”ga qaysi toifadagi yoshlar kiritilishi masalalari va takliflari, jumladan, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari tadqiq etilgan.
Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy bog‘liqligi yozuvchilarning hikoyalari misolida tahlil qilindi. Yozuvchilar o‘z o‘y-kechinmalarini, ijod jarayoni mashaqqatlari, ijodkor ruhiyatidagi evrilishlar, ko‘nglining tub-tubidagi dard va armonlarini asarlardagi ijodkor obrazlari orqali ifoda etishdi. Shukur Xolmirzayevning “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” (Qudrat aka), “Bulut to‘sgan oy” (Quvvatjon) kabi hikoyalarida, Erkin A’zamning “Yozuvchi” (domla) hikoyasida, ijodkor ruhiyatining goho jo‘shqin, goho tushkin, goho alamli (achchiq), goho quvonchli (shirin) kayfiyatlarini, ijtimoiy muhit va sharoitga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini ro‘y-rost
Axborot jamiyatida yoshlar qatlamidagi ijtimoiy muammolarning dolzarbligi, insonning cheksiz telekommunikatsion simulyatsiyalar dunyosida ma’naviy kо‘rsatma va barqarorlikni izlashi bilan izohlanadi. Yoshlarning axborot inqilobi ta’siri ostida an’anaviy madaniyat elementlari modernizatsiya qilinmoqda, asta-sekin dunyo bо‘ylab internetga kirib borib, texnologik yangiliklarga sezilarli moslashuvchanlik salohiyatlarini namoyish etmoqda. Ushbu maqolada yoshlar hayotida virtaul makonning ahamiyati, sotsiologik tadqiqotlarda virtualashuv tavsifining yangi tendensiyalari kо‘rsatilib, zamonaviy yoshlar ijtimoiy munosabatlarining qiyosiy tahlili berilgan.
Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги ҳудудий бўлинмалари ходимлари фаолияти ва иш самарадорлигига таъсир этувчи устувор омиллар аниқланиб, уларнинг кўп факторли регрессион ва корреляцион таҳлиллари ўтказилди. Натижада ходимларнинг ишдан қониқиш даражасига таъсир кучи юқори бўлган омиллар асосида ходимларни самарали бошқариш модели ишлаб чиқилди.
Maqolada yoshlar yuridik psixologiyasi, ongi, bilimi va tafakkurini yuksaltirishda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining ahamiyati ochib berilgan. O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida fikr yuritilgan. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan fuqarolarning huquqlari talqin etilgan.
Maqolada o`quvchi yoshlarni tarbiyalashda sog`lom pedagogik-psixologik muhit tashkil etish,o`quvchi yoshlar tarbiyasiga alohida e`tibor qaratish zarur vazifa ekanligi ta`kidlangan. Shuningdek muallif umumta`lim muassasalaridagi o`quvchi yoshlar va pedagog o`qituvchilar bilan ishlashning muhim jihatlariga alohida e`tibor qaratgan va tegishli tavsiyalar bergan.
Bu tezisda yoshlar orasidan iqtidorlilarni topish, ularning iqtidor darajasini testlar yordamida aniqlash, ularnig bilimini belgilashda testlarning alohida oʻrni haqida soʻz yuritilgan. Shuningdek aniqlangan iqtidorli yoshlarga pedagogik psixologik yondashuv va ularning xarakterlarini oʻrganish, ularga har-tomonlama yondoshuv yoʻllari keltirilgan. Bu jarayondagi iqtidorli yoshlar bilan uchraydigan muammolarga toʻqtalib oʻtilgan.
Jahon xalqlari matnshunosligida milliy adabiy merosni birlamchi manbalar asosida o‘rganishga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham kuchayib bormoqda. Qo‘lyozma manbalar tadqiqi, qaysi davrda yashagan bo‘lishidan qat’i nazar, shoir
yoki adib asarlarining asliyatga muvofiq (hech bo‘lmaganda unga yaqin) matnlarini tiklash imkonini beradi. Ishonchli matnni tiklamay turib, shoir ijodini adabiyotshunoslikning nazariy muammolari kesimida tahlil etib bo‘lmaydi.
Dunyo matnshunosligida qo‘lyozma manbalarni qiyosiy tahlil etish, ijodkor ilmiy biografiyasini yaratish, badiiy asar matni tarixini o‘rganish kabi ilmiy muammolar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular sirasidan dunyo kutubxonalari bo‘ylab tarqalgan Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, turkiy adabiyotning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Bobur asarlari manbalarini o‘rganish doirasida katta tajriba, bilim hamda material to‘plandi. Olib borilgan keng tadqiqotlar matnshunoslikning nazariy asoslari yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbek matnshunosligi mavjud ilmiy tajribalar negizida taraqqiy etib, mumtoz adabiy manbalarni o‘rganish borasida muayyan natijalarga erishdi va erishmoqda. Milliy adabiyot tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar adabiy merosini asliyat
asosida tadqiq qilish, qo‘lyozma va toshbosma manbalarni ilmdagi so‘nggi yutuqlarga tayanib o‘rganish manbashunoslik va matnshunoslikning ustuvor vazifalaridandir. Negaki, “...o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega…” 1 . Shunga ko‘ra, Xorazm adabiy muhiti namoyandasi Mutrib Xonaxarob (1853–1923) lirik devoni manbalarining ilmiy-monografik tadqiqini amalga oshirish, shoir asarlari matn tarixini o‘rganib, ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash tamoyillarini ishlab chiqish dolzarb ekani ayon bo‘ladi.
Mutrib ijodini o‘rganish shoir hayotligidayoq boshlangan. Tabibiy “Majmuat ush-shuaroyi payravi Feruzshohiy” hamda “Majmuatu muxammasot ush-shuaroyi Feruzshohiy” majmualarida shoirning she’riyat va musiqadagi
yutuqlarini e’tirof etadi. Hasanmurod Laffasiyning “Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollari”, Bobojon Tarrohning “Xorazm shoir va
navozandalari”, Po‘latjon Qayyumiyning “Tazkirayi Qayyumiy” asarlarida ham shoir ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ijodkor adabiy merosi yuzasidan O. Sharafiddinov, M. Yunusov, N.M. Mallayev, Yu. Yusupov, M. Pirnazarov,
A. Abdug‘afurov kabi olimlar maqolalar e’lon qilgan. Ushbu maqolalarda shoir tarjimayi holi, asarlarining g‘oyaviy qamrovi va badiiyati, adabiy merosining mavzu va janr xususiyatlari yoritilgan. Lekin ularning aksarida shoir asarlari kommunistik
mafkura ta’sirida talqin etilgan. M. Pirnazarov Mutrib lirik merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari, mavzu ko‘lami, janr xususiyatlari, badiiy mahorati masalalarini o‘rgangan. Ushbu
tadqiqot o‘z davri uchun qimmatli ma’lumotlar bergan bo‘lsa-da, shoir ilmiy biografiyasini yaratish, ijodkor asarlarini matnshunoslikning nazariy muammolari kesimida tadqiq qilish, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish kabi muammolar hanuz yechimini kutib turibdi. Shoir adabiy merosini o‘rganishda “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)” kitobi e’tiborga molik. Biroq bu she’rlar
matni to‘liq emasligidan tashqari, so‘zlarning o‘qilishida ham xatoliklar uchraydi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada Muhammad Hasan Mutrib devonining O‘zR FA ShI asosiy hamda H. Sulaymon fondlarida saqlanayotgan 906/VII, 903/IV, 2679/II raqamli qo‘lyozmalari, shuningdek, qo‘lyozma bayoz, majmua va tazkiralardagi
turkiy she’rlari, Xiva Ichonqal’a Muhammad Rahimxon Feruz II muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozma bayozlardagi she’rlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Maqolada badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Badiiy asar yozib bo‘lingach, kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish, ma’nolar mahzanini idrok aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni taqozo etadi. U aqlu zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini kashf etib boradi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi.
Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Ijodkor shaxsiga, badiiy adabiyotga estetik tuyg‘u nuqtai nazaridan yondashish kuzatiladi. Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go‘zallik, ezgulik singari qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma xilligi hamda uslubiy yo‘nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o‘zlashtirish, xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.