Maqolada O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarning yuqori sifatli kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun aralash ta’limni modellashtirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari uchun aralash ta’lim modelini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga joriy etish natijalarini tahlil qilishdan iborat. Aralash ta'lim modellarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda bir nechta yondashuvlar mavjud degan xulosaga kelindi. Maqolada aralash ta'lim auditoriyadagi an'anaviy ta'lim jarayonining ma'lum bir sxema bo'yicha amalga oshiriladigan masofaviy ta'lim, talabalarning o'z o'zini tayyorlash va raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan oqilona kombinatsiyasi sifatida ko'rib chiqiladi. "Aralash ta'lim" va "gibrid ta'lim" tushunchalari, shuningdek, aralash ta'limning bir nechta mavjud modellari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida aralash ta’limning umumlashtirilgan modeli uning vizual tasviri bilan birga ishlab chiqilgan. Ushbu modelni amalga oshirish amaliyotchilarga kunduzgi va masofaviy ta'lim jarayonida turli xil ta'lim faoliyati turlarini ma'lum bir oliy ta’lim muassasasida kutilgan natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan uyg'unlikda birlashtirish imkonini beradi. Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. So‘rov davomida talabalar aralash ta’limning mohiyatini qay darajada tushunishlari, shuningdek, kunduzgi ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim elementlaridan foydalanish bilan masofaviy va aralash ta’limdan to‘liq foydalanish o‘rtasidagi farq; karantin davridagi texnologiya; talabalarning an’anaviy, aralash va masofaviy ta’limga munosabati; aralash ta’limning taklif etilayotgan umumlashtirilgan modeli asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonini o‘quvchilar qanday idrok etishlari kabi jihatlarga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, aralash ta’limni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarida qaysi raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi aniqlandi. Umuman olganda, so'rov natijalari ishlab chiqilgan modeldan foydalanishning maqsadga muvofiqligini tasdiqladi va aralash ta'lim sohasida tadqiqotning istiqbolli yo'nalishlarini aniqladi.
Mazkur maqolada nofilologik ta`lim yo`nalishidagi talabalarning mustaqil faoliyatinin tashkillashtirishda pedagogik sharoitlarni inobatga olgan holda aralash ta`lim muhitini yaratish bilan ta`lim samaradorligini oshishi va talabalarning ingliz tilini o`rganishlariga keng imkoniyatlar ochib beradi. Talabalarning ingliz tilini o`rganishlaridagi mustaqil o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirishda to`g`ri tashkillashtirilgan aralash ta`lim muhitining imkoniyatlari yoritilgan. Talabalarning mustaqil o`quv–biluv faoliyati sohaviy chet tili ko`nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differentsial–ijodiy, integrativ–faoliyatli, nofilologik yo`n`lishdagi kontentlar bilan muvofiqlqshtirib tuzish taklifi berilgan. Aralash ta`lim sharoitida talabalarning mustaqil o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko`nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta`lim subyektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham o`rin olgan. Ijtimoiy soha, hususan, ta`lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta`lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash asosiy vazifalarimizdandir. Jumladan, nofilologik yo`nalishida masofaviy ta`limga o`tish va uning an`anaviy ta`lim bilan integratsiyasini ta`minlash orqali aralash ta`lim (Blended Learning) ni takomillashtirish, oliy ta`limning yagona standartini yaratish va xalqaro diplomlarni tan olish, talabalar va o`qituvchilar mobilligini yo`lga qo`yish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mazkur darslikda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borishi, uning texnologik asoslari, jahonda va O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, oliy ta’lim va statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlari keltirilgan. Bundan tashqari milliy va xalqaro darajada kiberxavfsizlik, elektron hukumat, raqamli demokratiya, raqamli transformatsiya sharoitida elektron hukumatdan raqamli davlatga o‘tish, O‘zbekistonda raqamli davlat istiqbollari va raqamli transformatsiya jarayonlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflar bayon etilgan.
Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor o‘qituvchilar, izlanuvchilar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.
В последнее время бисфосфонатная терапия широко используются в медицинской практике в качестве антирезорбтивных агентов благодаря их антиостеоклатическому действию.