Mazkur darslikda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borishi, uning texnologik asoslari, jahonda va O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, oliy ta’lim va statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlari keltirilgan. Bundan tashqari milliy va xalqaro darajada kiberxavfsizlik, elektron hukumat, raqamli demokratiya, raqamli transformatsiya sharoitida elektron hukumatdan raqamli davlatga o‘tish, O‘zbekistonda raqamli davlat istiqbollari va raqamli transformatsiya jarayonlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflar bayon etilgan.
Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor o‘qituvchilar, izlanuvchilar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.
Bu maqolada raqamli media an’anaviy va ommaviy axborot vositalarini auditoriya bilan ta’minlash, hamda yangi komunikasiya jihozlari bilan ta’minlash, global va mahalliy brendlar uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan raqamli media vositaga aylangan.Internet, reklama kanallari, axborot vositalari, gazeta jurnallarga kata e’tibor qaratiladi. Raqamli media muhitining o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. Maqola ilmiy izlanishlarga hamda, reklama tajribalariga asoslanadi.