Maqolada bilim olishning asosiy bosqichlari, tanishishdan mukammallikkacha bo'lgan yo'l muhokama qilinadi. Yangi bilimlarni o'zlashtirish masalasi aniqlanadi, o'quv jadvali shaklida yechim taklif etiladi. Ushbu materialni tushunish jarayonini osonlashtirish uchun qiyosiy tahlil va sintez usullari, hayotiy misollar ishlatilgan.
Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchilarini fanlararo aloqadorlik asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga tayyorgarlikni takomillashtirishning kreativ modellari (qanaqa kreativ modellar) taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi taʼlim kontsepsiyasida “Taʼlim taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchli va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyat” deb e’tirof qilingan. Bu esa o‘qitish metodikasining takomillashtirish, talabalarning didaktik hamda metodik tayyorgarliklarini ilgʼor xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish, elektron axborot taʼlim resurslarini yaratish, taʼlim jarayonini kreativ modellar asosida takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
2010-yil 9-noyabrda Belarus Respublikasi Prezidenti “Belarus Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon bilan tasdiqlangan Konsepsiyaga muvofiq, milliy xavfsizlik deganda Belarus Respublikasining milliy manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holati tushuniladi. Prezidentning 2001-yil 17-iyuldagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan avvalgi tahririda milliy xavfsizlik tushunchasi shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini siyosiy hayotdagi ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holati sifatida tushunilgan edi. , iqtisodiy, harbiy, ekologik, axborot va gumanitar sohalar.
Bashoratlash algoritmlari bir narsani kategoriyalash, tahlil qilish yoki bashorat berish uchun ishlatiladi. Ular masalan, ta’lim, marketing, tadbirkorlik, va boshqa sohalar bo‘yicha amal qiladi. Bashoratlash algoritmlaming qay birini tanlash sizning maqsadingiz va masalangizga bog‘liq.
Muloqot jarayonida inson hissiyotlarini namoyon etishda noverbal vositalar, ya’ni imo-ishora, mimika, tana harakatlari, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko‘z qarashlari muhim ahamiyatga ega. Noverbal vositalar orqali yuzaga chiqadigan har qanday nutqning yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lishi, shuningdek, tilning ishtirokisiz muloqot shakli nafaqat tilshunoslik, balki boshqa sohalar doirasida ham ko‘plab muammolarni hal qilish mumkinligiga turli misollar keltirilgan. Bundan tashqari, badiiy tasvirda paralingvistik vositalar verbal vositalar orqali ifodalanishi misollar asosida yoritildi
Yangilinayotgan O‘zbekiston yoshlarining ilmiy tafakkurini shakllantirish mezonlari sifatida ilmiy bilimlar, tushunchalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi. Har bir mamlakat oldida turgan muhim vazifalardan biri yoshlarga oid siyosatning milliy modelini ishlab chiqishdir. Ma’lumki, yoshlar jamiyatning eng faol qatlami hisoblanib, ular ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi asosiy omil va salohiyatli kuch hisoblanadi. Yoshlarni ijtimoiy, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashlari uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ularni vatan taqdirini hal etuvchi