Mart, 2025-Yil
388
SAROY MULK XONIM (BIBIXONIM)
Xayrullayev Umidjon
Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchi
Hamroyeva Sevinch Obid qizi
1-T-24 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15098243
Annotatsiya. Temuriylar davri o’zbek davlatchiligida o’zining salmoqli hissasini
qo’shgan. Temuriylar davlatining asoschisi hisoblangan Amir Temur Amir Husayn ustidan
Mutlaq g’alabaga erishganidan so’ng Amir Husayn xaramidagi malikalardan biri Saroy Mulki
xonimga uylanadi. Saroy Mulki xonim Amir Temurning eng suyukli rafiqasi bo’lib bir qancha
xayrli tadbirlarni amalga oshirgan.
Kalit so’zlar: Ko’ragon, idda, Saroy Mulk xonim, Dilkusho, Klavixo, Genrix III.
Saroy Mulk xonim chig‘atoy ulusiga mansub mo‘g‘ul xonlaridan Qozonxonning qizi
bo‘lib, 1341 yilda tug‘ilgan. Qozonxon taxtdan azl etilib, qatl qilingan chog‘da Saroy Mulk xonim
hali besh yoshda edi. Saroy Mulk xonim balog‘atga yetgach, 1355 yilda Movarounnahr hukmdori
amir Qozog‘onning nabirasi amir Husayn uni nikohiga kiritdi. 1370 yilda sohibqiron Amir Temur
jangda amir Husaynni yengib, uni qatl qildirgach, Movarounnahr hukmronligini o‘z qo‘liga oladi.
Tabiiyki, amir Husaynning bir necha xotinlari bo‘lib, haramning ulug‘ bekasi —
Tarmashirinxonning qizi Suyunch Qutlug‘ Og‘o edi. Sohibqiron Amir Temur maqtulning
haramidagi malikalar orasidan Qozonxonning qizi—Saroy Mulk xonimni, Bayon Sulduzning qizi
— Ulus Og‘oni, Xizr Yasuriyning qizi—Islom Og‘oni hamda Tag‘oy Turkon Xotunni tanlab olib,
idda muddati uch oy o‘tgach, o‘z nikohiga kiritadi. Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimni
o‘z nikohiga kiritgach, «ko‘ragon» unvoniga musharraf bo‘ldi. Ko‘ragon iborasi mo‘g‘ulcha so‘z
bo‘lib, «kuyov» degan ma’noni ifodalaydi. Zero, Saroy Mulk xonim mo‘g‘ul xonlaridan birining
qizi bo‘lgani tufayli sohibqiron Amir Temur mo‘g‘ul xonining kuyovi, ya’ni «Amir Temur
Ko‘ragon» nomini olgan edi. Sohibqiron Amir Temur malika Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga
kiritgunga qadar, haramida boshqa xotinlari ham bor edi. Lekin xon avlodiga mansub Saroy Mulk
xonim haramdagi barcha malikalardan ulug‘rog‘i hisoblanib, «katta xonim» yoxud «Bibixonim»
degan unvonga noil bo‘ladi. Albatta, bunday e’zozga musharraf bo‘lish uchun aql-zakovat, did-
farosat, fikrlash doirasining ulkanligi bosh omil bo‘lgan. Zotan, tarixiy manbalarning guvohlik
berishicha, Saroy Mulk xonim zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat
sohibasi, husn-latofat bobida ham benaziri edi. Saroy Mulk xonim insonparvar, vatanni sevguvchi,
Mart, 2025-Yil
389
mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan,
saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa, ilm-ma’rifatga
alohida e’tibor ila qarar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy
yurishlarida Saroy Mulk xonim ko‘pincha birga yurgan. Tarixiy manbalarning yakdillik bilan
bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ta ziyrak, tadbirkor Saroy Mulkxonim saltanatni boshqarishda
vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda o‘zining oqilona maslahatlari bilan faol
qatnashgan. Amir Temur Saroy Mulk xonimga oshkora bo‘ysunmasa-da, biroq uning oqilona
maslahatlariga o‘zida qandaydir ehtiyoj sezib turgan. Naql qilishlaricha, Amir Temur Eronga
qarshi yurish boshlaganda, Isfaxonning qamali ko‘pga cho‘zilib, qo‘shinni ozuqa bilan
ta’minlashga mablag‘ yetishmay qoladi. Nihoyat, Amir Temur Samarqandga chopar yo‘llab,
Saroy Mulk xonimga maktub jo‘natadi. Maktub qisqa bo‘lib, «Qo‘shinning zahirasi tugadi,
xazinadan zar yuboring», deyilgandi. Saroy Mulk xonim maktub mazmunidan ogoh bo‘lgach,
maktubning orqa tomoniga «Ulug‘ amir, zaringiz tugagan bo‘lsa, siyosatingiz ham tugadimu?»—
deb yozadi va uni choparga tutqazadi. Amir Temur maktubni olgach, Saroy Mulk xonimning
kinoyali zamzamasini o‘ylab-o‘ylab, nihoyat bir qarorga keladi: lashkargohda so‘yib yeyilgan
qo‘y, qoramol, ot va tuya suyaklarini o‘sha kuniyoq yig‘dirib, turli hajmlarda qirqtirib, katta
hajmdagisiga katta qiymat, kichigiga kichik qiymat belgilab, unga po‘lat muhrni qizdirib tamg‘a
bostiradi hamda muvaqqat pul o‘rnida muomalaga kiritishga farmon beradi. Natijada, qo‘shni
shahar va qishloqlarda suyak pulga qo‘shin uchun oziq-ovqat sotib olinadi. Tez kunda Isfaxon
shahari taslim bo‘lgach, suyak pullar zar bilan almashtiriladi. Amir Temur saroyida joriy qilingan
tartibga ko‘ra, chet ellik elchilarni qabul qilish marosimlarida hukmdor yonida xotiilari ham
ishtirok etishgan. Ispaniya qiroli Genrix III ning Samarqand hukmdori Amir Temur huzuriga
yuborgan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning yozishicha, 1404 yil 8-sentyabr dushanba kuni
Amir Temur Samarqand chetidagi «Dilkusho» bog‘ida elchilarni qabul qiladi. Qabul marosimi
katta ziyofat va tantana bilan boshlangan. Klavixoning hikoya qilishicha, qabul marosimida
hukmdor Temurning yonida Saroy Mulk xokim boshliq boshqa xotinlari ham yuzlariga parda
tashlab o‘tirganlar. Ispan qiroli yuborgan hadyalar orasida hukmdorga ko‘proq qizil movut ma’qul
bo‘lgan. Bu haqda u o‘z xotinlari, avvalo Saroy Mulk xonim bilan fikrlashadi. 1404 yil 17-oktyabr
juma kuni Saroy Mulk xonim ham katta ziyofat beradi. Ziyofatda boshqa elchilar qatorida ispan
elchisi Ryui Gonzales de Qlavixo ham qatnashadi. Klavixo Temur bog‘larida berilgan
ziyofatlarning to‘kin-sochinligi, bog‘lardagi rang-barang ipak chodirlar, undagi oltin-kumush
jihozlaru bog‘larning o‘ta did va farosat bilan jihozlangani haqida maroq ila hikoya qiladi. Naql
qilishlaricha, Saroy Mulk xonim kunlardan bir kun o‘z jamg‘armasi hisobiga, savoblik uchun xudo
Mart, 2025-Yil
390
yo‘lida bir madrasa bino qildirishga eri Amir Temurdan ijozat so‘raydi. Hukmdordan ruxsat
bo‘lgach, otasi Qozonxon tomonidap sovg‘a qilingan bir juft olmos baldog‘ini sotuvga qo‘yib, bu
mablag‘ni madrasa qurilishiga sarflaydi. Saroy Mulk xonim madrasa qurilishi jarayonnda qurilish
maydoniga tez-tez kelib ish boshqaruvchilarga fikrini aytadi. Madrasa qurilishi nihoyasiga
yetayotganda ham Saroy Mulk xonim odati bo‘yicha o‘z kanizlari bilan qurilish maydoniga kelib,
ustaboshiga binoning kam-ko‘stlari haqida ko‘rsatmalar beradi. Ustaboshi Saroy Mulk xonimning
yuzini ko‘rmagan bo‘lsa-da, uning jozibali so‘z ohanglaridan oqila va o‘tkir zehnli ayol ekanligiga
imoni komil bo‘ladi. Malika ketgach, ustaboshi xonim bilan bo‘lgan bir nafaslik muloqotdan olgan
taassurotini ichiga sig‘dirolmay, hissiyoti g‘alaba qilib, atrofidagi ustalarga: — Yopiray, ayol zoti
ham shunchalik dono va oqila bo‘ladimu?.. Xonim haqida shu kungacha eshitgan barcha ta’rif-
tavsiflarning hammasi to‘g‘ri ekan. Qani endi hamma ayollar ham shunday nafosatga ega
bo‘lsaydi, — deb chuqur uf tortadi. Ustaboshining beg‘ubor so‘zlari tez orada qurilishdagi barcha
korfarmon, usta va mardikorlar orasida tarqaladi. Bir-ikki kun o‘tgach, mish-mishlar zo‘rayib,
«nima deysan, ustaboshi xonimga g‘oyibona oshiq bo‘lib qolgan emish», degan so‘zlar tarqab
ketadi. Tabiyki, bu mish-mishlar Saroy Mulk xonim qulog‘iga yetib boradi. Ustaboshi o‘zining
bemulohazaligidan o‘kinib, suyaksiz tilning jarohatidan nolib turgan bir vaqtda, Saroy Mulk
xonimning xos kanizlaridan biri qo‘lidagi ro‘molga o‘ralgan laganchani ustaboshiga uzatarkan: —
Xonim ushbu tuxumlarni sizga yubormishlar. Toki mazkur yetti xil rangga bo‘yalgan yetti dona
tuxumni tanovul aylab, alarning mazasi bir xilmu yoxud har birining mazasi alohidamu, ushbuni
farqlab bergaysiz. Javobini ertaga qiyom paytida eshiturmiz,— deb qaytib ketadi. Ustaboshi
ro‘molni ochib, yetti xil rangdagi tuxumni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgach, xonim nimaga shama
qilayotganini tushunib, chuqur iztirobga tushadi. Shu kunlarda sohibqiron Amir Temur navbatdagi
yurishdan qaytib kelyayotgani, bugun-erta Samarqandga yetib kelishi haqida ovozalar tarqaladi.
Ustaboshining ko‘z-o‘ngi qorong‘ulashib, qo‘li ishga bormaydi. «Mish-mishlar boshimga balo
bo‘ldi, hademay sohibqiron yetib kelsa, meni sog‘ qo‘ymaydi, jazoga mustahiq qilmog‘i
muqarrardur. Nachora, taqdiri azalda bitilg‘on erkanda. Ammo chiqmagan jondin umid, deganlar
mashoyixlar, bu yerdin qochmoq chorasini izlamoq darkor. Darvoqe, qochib ham qaerga boraman.
Pastga ham tushib bo‘lmaydur, darhol tutub zindonga solurlar. Ne qilmoq kerak?» deb og‘ir o‘yga
toladi. Ustaboshi o‘ylab-o‘ylab oxiri bir qarorga kelgach, shogirdini yoniga chaqirib, uni o‘z
rejasidan voqif qiladi. U o‘ziga ikkita qanot bog‘lab, gumbaz ustidan sakraydi. Qanot yordamida
shahar chetidagi bir yaylovga sho‘ng‘iydi. Ammo qo‘nishga ulgurmayoq boshi yerga qadalib,
olamdan o‘tadi. Bu manzarani kuzatib turgan shogird «Eh, attang, ustoz andak xatoga yo‘l
qo‘yibdurlar. Qanot bilan birga, dum ham bog‘lamoq lozim erdi»,— deb o‘ziga qanot va dum
Mart, 2025-Yil
391
bog‘laydi-da, gumbazdan yalanglikka parvoz qiladi. Voqean shogird dum yordamida sihat-
salomat yalanglikka qo‘nib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Shundan buyon xalq orasida «ustasidan
shogirdi o‘zgan» degan maqol qolgan deyishadi.
Saroy Mulk xonim qurdirgan madrasa XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqanddagi
madrasalar orasida ulkan va mahobatliligi jihatidan ajralib turgan. Madrasaga zamonasining yetuk
mudarrislari tayinlannb, ular tolibp ilmlarga diniy va dunyoviy ilmlardan dars berganlar. Saroy
Mulk xonim madrasa tolibi ilmlarining ahvolidan tez-tez xabar olib, ularga homiylik qilib turadp.
Rivoyatlarga ko‘ra, Saroy Mulk xonim o‘z odaticha, qosh qoraygach, o‘zining yaqin kanizlari
bilan kiyimlarinn o‘zgartirib, madrasa tomon yo‘l oladi. Negaki, Saroy Mulk xonim madrasa tolibi
ilmlarining ahvoli ruhiyasi, kim qanday tirikchilik o‘tkazayotganiyu tunda qanday ish bilan
mashg‘ul ekanliklarini zimdan tekshirib turar edi. Bir kecha xonim madrasaga yetnb kelganda
hujralarning deyarlik barchasida chiroq o‘chgan, tolibi ilmlar tun og‘ushida uyquga cho‘mgan
edilar. Faqat birgina hujrada sham yonib, ichkaridan tovush eshitilardi. Saroy Mulk xonim
kanizlarini madrasa hovlisida qoldirib, o‘zi ohista yurib, hujra eshigi yonida ichkariga quloq
soladi. Tolibi ilmlardan biri ikkinchisiga deydi: — Qani, aytingchi birodari aziz, hozir ko‘nglingiz
nima istayabdi? — E, birodar nima bo‘lardi, qo‘y go‘shti, qo‘y yog‘ida damlangan bir lagan
seryog‘ palov bo‘lsa, bilakka paxta bog‘lab, bir to‘yib yer edik-da,— deya javob bergach,
sherigidan so‘radi:—Xo‘sh jo‘rajon, o‘zingizni ko‘nglingiz nima istayabdi? — E, birodar,
ko‘nglimda tamoman boshqacha orzu. Ushbu madrasa sohibasi Saroy Mulk xonim dunyoda tenggi
yo‘q go‘zal, deb eshitganmen. Qaniydi iloji bo‘lsa, shu xonim bilan bir kecha suhbatlashsam,—
javob berdi birinchi tolibi ilm. Sherigidan bunday qaltis so‘zni eshitgan jo‘rasi: — e, ovozingizni
o‘chiring, birodar, nima deyayotganingizni bilasizmi, tag‘in bir falokatni boshlamang,— deb unga
dashnom berdi. So‘z shu yerga yetganda Saroy Mulk xonim hujra eshigidan uzoqlashib, kanizlari
bilan saroyga qaytadi. Ertasi kun peshindan og‘gach, nadimlardan uch-to‘rttasiga madrasaga
borib, barcha tolibi ilmlarni saroyga olib kelishlarini buyurdi. Tolibi ilmlar bu nogahoniy taklifdan
hayajonda, nadimlar qurshovida saroyga keladilar. Faqat ikki tolibi ilm bu taklifdan shubhalanar
va tundagi qaltis orzuning qurboni bo‘lish dahshatidan qaltirardi. Barcha tolibi ilmlarni katta
mehmonxonaga kiritib, ziyofat beradilar. Ziyofat oxirida qo‘y go‘shti, qo‘y yog‘ida tayyorlangan
seryog‘ palov tortiladi. Shundan so‘ng, mehmonxonaga kanizlar qurshovida, yuziga parda tortgan
holda Saroy Mulk xonim kirib keladi va maxsus o‘rindiqqa o‘tirgach, tolibi ilmlar orasidan tungi
suhbatdoshlarni tanib o‘z huzuriga chorlaydi: — Xo‘sh, mulla yigitlar, bilakka paxta bog‘lab
yeydigan palov bo‘libdimi?— deydi. Haligacha qo‘rquvdan qaltirab turgan ikki tolibi ilm darhol
tiz cho‘kib: — Qulluq xonoyim, ta’rifdin ziyoda palov bo‘libdur, madhiga tpl ojizlik qiladur,—
Mart, 2025-Yil
392
deya ta’zim qilibdilar. Saroy Mulk xonim birinchi tolibi ilmga yuzlanarkan: — Endi sizning
orzuingizga kelsak. Qo‘rib turganingizdek, men sohibqironning nikohlaridamen, binobarin siz
birlan suhbat qurmog‘im mumkin emas. Binoan alayhi o‘zimning go‘zal kanizlarimdan birini
sizga nikohlab berurmen? Rozimudursiz?—deydi. Haligacha tili kalimaga kelmay, es-hushini
yo‘qotayozgan tolibi ilm, darhol o‘zini xonim oyog‘iga tashlab: — Uzr, afv etsunlar xonoyim, bu
beadab qullarining gunohidan o‘tsunlar,— deb iltijo qiladi. Shu asnoda Saroy Mulk xonimning
ishorasi bilan mehmonxonaga qozi va imom kirib keladi va barcha tolibi ilmlar guvohligida
kanizlaridan birini tolibi ilmga nikohlab qo‘yadilar... Afsuski, Saroy Mulk xonim madrasasi uzoq
turmadi. Rivoyatlarga ko‘ra XVI asr oxirida Buxoro amiri Abdullaxonning temuriylarga xusumati
tufayli, maxsus farmon bilan madrasani buzdirib tashladi. Faqat madrasa yoniga qurilgan
maqbaragina saqlanib qolgan. Maqbaraning old tomoni rang-barang koshinlar bilan bezatildi.
Maqbaraning ichki qismidagi bezaklarga yashil, qizil va qora bo‘yoqlar bilan jilo berildi.
Izoralarga yulduz shaklida ko‘k naqshlar ishlanib, koshinli hoshiyalar bilan o‘raldi. Maqbara
dahmasiga tashqaridan maxsus eshik orqali kiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xayrullayev, U. (2024). THE IDEA THAT MADE THE OTTOMAN STATE GREAT
(RED APPLE II). Modern Science and Research, 3(2), 1071-1073.
2.
Xayrullayev, U. (2024). BRIEFLY ABOUT THE" RED APPLE" MYTHOLOGY OF
THE TURKS. Modern Science and Research, 3(1), 568-572.
3.
Umidjon, X. (2024). Literacy and Information Exchange in the Ancient East and West.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),
179-183.
4.
Xayrullayev, U. (2024). THE POSITION OF CENTRAL ASIAN GOVERNORSHIPS
DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND THE ARAB INVASION.
5.
Xayrullayev, U. (2024). EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGIDA
HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI. Modern Science and Research, 3(12), 843-851.
6.
Xayrullayev, U. (2024). TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA
O’RTA OSIYO HOKIMLIKLARINING MAVQEYI. Modern Science and Research,
3(12), 339-343.
7.
Xayrullayev, U., Sayfutdinov, F., & Rahmonova, S. (2025). SHAYBONIYLAR
DAVLATI VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI
ALOQALAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 4(1), 147-154.
Mart, 2025-Yil
393
8.
Xayrullayev, U. (2025). BUXORO VILOYATINING IQTISODIY HOLATI (1990-1991
YILLAR). Modern Science and Research, 4(1), 1018-1024.
9.
Umidjon, X. (2023). 1918-1939-yillarda Polshaning ichki siyosatidagi o'zgarishlar.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
10.
Xayrullayev, U. F. (2023). 1918-1939 YILLARDA POLSHANING ICHKI
SIYOSATIDAGI O ‘ZGARISHLAR. SCHOLAR, 1(28), 337-340.
11.
11.Xayrullayev, U. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA BUXORO VILOYATIDAGI
IJTIMOIY HOLAT. Modern Science and Research, 4(2), 1186-1193.
12.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
13.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
14.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK
ROAD.
Analytical Journal of Education and Development
,
4
(10), 293-297.
15.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING
MARKAZIY
OSIYOGA
TA'SIRI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 556-564.
16.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY.
Modern Science and Research
,
2
(9), 145-149.
17.
Boltayev, O. (2025). TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING
SHAKLLANISHI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 909-917.
18.
Boltayev, O. (2025). XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG ‘OR XONLIGINI ISTILO
QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT.
Modern Science
and Research
,
4
(2), 1029-1037.
19.
Boltayev, O. (2025). XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG ‘OR XONLIGINI ISTILO
QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT.
Modern Science
and Research
,
4
(2), 1029-1037
20.
Ярашова, М. . (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ.
Modern Science and Research
,
3
(10), 362–368.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
Mart, 2025-Yil
394
21.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ.
Modern Science and Research
,
3
(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
22.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.
Miasto
Przyszłości
,
52
,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
23.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
621–632.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
24.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
160–168.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60323
25.
Yarashova, M., Sa’dullayev, U., & Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
600–607.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/64116
26.
Yarashova , M. ., & Sultonova, M. (2025). BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI
KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR.
Modern Science and
Research
,
4
(1),
352–358.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
27.
Yarashova, M. (2025). EDVARD TAYLOR –ETNOLOGIYADA EVOLYUTSIONISTIK
MAKTAB ASOSCHISI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1005–1012. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68483
28.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
29.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
30.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY
ART
AND
ARMY
STRUCTURE
OF
KHOREZMSHAHS
.
Mart, 2025-Yil
395
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58.
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
31.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
32.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
33.
MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4
(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
34.
XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE,
PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE, 2(4),
463-
https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
35.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li. (2024). The coronation and campaigns of Alexander
The Great. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И
https://doi.org/10.5281/zenodo.11222912
36.
Muyiddinov Bekali. (2024). COVERAGE OF LEGAL ISSUES IN "AVESTO".
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6),
https://doi.org/10.5281/zenodo.12191420
37.
MUYIDDINOV BEKALI, & QORYOG’DIEV Z. (2022). ABOUT THE CONQUEST
OF BUKHARA BY THE KHOREZMSHAHS. International Journal of Philosophical
Studies
and
Social
Sciences, 2(3),
158–161.
Retrieved
from
https://www.ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/383
38.
Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li. (2024). History of State Institutions in the Kushan
State, Which Founded Statehood on the Territory of Central Asia. EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 184–188.
Retrieved from
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/4070
39.
Bahodir o’g’li, M. B. (2024). Avesto is an Ancient Written Monument Containing
Information About the Life of the Peoples of Central Asia.
Miasto Przyszłości
,
53
, 970–
975. Retrieved from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4982
Mart, 2025-Yil
396
40.
Muyiddinov Bekali. (2024). SOMONIYLAR DAVLATIDA HARBIYLARGA
BERILGAN E'TIBOR VA HARBIY SAN'AT.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209121
41.
Muyiddinov
Bekali.
(2024).
O'ZLIKNI
NAMOYON
QILISHDA
XALQ
DOSTONLARINING AMALIY AHAMIYATI VA KITOBIY DOSTONLARNING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14528916
42.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid
o'g'li.
(2025).
IBN
SINONING
FALSAFIY
https://doi.org/10.5281/zenodo.14605977
43.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA MILLIY
TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606021
44.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA 1900-1910-YILLARDAGI IJTIMOIY-
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606101
45.
Muyiddinov Bekali. (2025). ILK O'RTA ASRLARGA OID MUG' ARXIVINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14680881
46.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Tursuntoshova Sabrina Toshpo'lat qizi. (2025). ABU
RAYHON
BERUNIY
ILMIY
MEROSIDA
TARIX
FANINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14735052
47.
Sayfutdinov , F., & Sharipov , D. (2025). CENTRAL ASIAN INTEGRATION:
HISTORICAL DEVELOPMENT AND PROSPECTS.
Journal of Universal Science
Research
,
3
(1(Special
issue),
300–304.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/65623
48.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
49.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
50.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
51.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY
VA ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
852-858.
Mart, 2025-Yil
397
52.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR.
TA’LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(9), 1–5. Retrieved from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
53.
Sayfutdinov , F. . (2024). ILLUMINATION OF THE SPIRITUAL LIFE OF THE
KARAKALPAK PEOPLE IN RESEARCH.
Journal of Universal Science Research
,
2
(5),
441–452.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-
research/article/view/34891
54.
Sayfutdinov , F. (2024). MANG’IT AMIRLARI DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI
ME’MORCHILIK SOHASI RIVOJI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 620–629.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45335
55.
Ilniyazovich, S. F. (2024). Historiography of Various Expeditions and their Results in the
Regions Inhabited by Karakalpaks in the First Half of the 20th Century.
EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 159-165.
56.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XIX ASRDA XONLIKLARNING O‘ZARO
SAVDO
MUNOSABATLARI.
JOURNAL
OF
SCIENCE,
RESEARCH
AND
TEACHING
,
2
(8),
111–114.
Retrieved
from
http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/284
57.
Sayfutdinov, F. (2023). ILLUMINATION OF KARAKALPAK PEOPLE IN
ETHNOGRAPHIC STUDIES.
Modern Science and Research
,
2
(12), 910–917. Retrieved
from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27281
58.
Sayfutdinov, F. (2024). HISTORIOGRAPHY OF INFORMATION ABOUT THE
POPULATION OF THE ZARAFSHAN OASIS. (20TH CENTURY).
Modern Science
and Research
,
3
(2), 911–914. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/29503
59.
Sayfutdinov , F. (2024). ETHNIC COMPOSITION OF THE ZARAFSHAN OASIS (2ND
HALF OF THE 20TH CENTURY).
Modern Science and Research
,
3
(1), 577–581.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28335
60.
Rahmonova, S., Xayrullayev, U., & Sayfutdinov, F. (2025). “ОММАВИЙ
МАДАНИЯТ” НИНГ МОҲИЯТИ, ТАРИХИЙ ИЛДИЗИ, ХАРАКТЕРИ ВА
РИВОЖЛАНИШ БОСҚИЧЛАРИ.
Modern Science and Research
,
4
(1), 479-488.
61.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern
Science and Research, 3(2), 87-93.
Mart, 2025-Yil
398
62.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science
and Research, 3(2), 1004-1011.
63.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.
64.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1),
504-510.
65.
Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.
66.
Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political
Sciences, 3(12), 42-47.
67.
Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research,
2(12), 801-807.
68.
Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International
Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.
69.
Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research,
2(9), 404-409.
70.
Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-
299.