CDofyor axborotnomasi
2013, № 1
'Вестни\врача
3
Lutfullayev G. U.,
SURUNKALI GEPATIT В BILAN KASALLANGAN BOLALARDA
Aliyev S. O.
SURUNKALITONZILITNI KONSERVATIV DA VOLASH
Samarqan Davlat Tibbiyot Instituti (rektor - Shamsiev A.M.) Otorinolaringologiya kafedrasi
Oxirgi
yillarda
bolalar
o’rtasida
surunkali
tonzillitning
etiologiyasi,
patogenezi
va
klinik
konuniyatlari to’g’risida erishilgan yutuqlarga qaramasdan
bu kasallik otorinolaringologiya soxasida dolzarbligicha
qolmoqda.
Butun
Jaxon
Sog’likni
Saqlash
tashkiloti
ma’lumotlariga ko’ra surunkali tonzillitni surunkali
gepatit В bilan birgalikda kelishi aholining o’rtacha 50
millioniga to’g’ri keladi.
Surunkali tonzilitlarda lakunalaming uzoq muddatda
joylashgan patogen floralari doyimiy ravishda murtak
to’qimasi bilan aloqada bo’ladi, qachonki organizmni
reaktivlik xususiyati pasayishi natijasida immunitet ishlab
chiqadi va ular gumoral va to’g’ridan to’g’ri to’qimalarga
ta’sir qiladi. Immun komplekslar: antigen- antitelolar
makrofag fermentlarini proteolitik va xemotoksik
xususiyatini oshirib yuboradi. Buni natijasida turli
toksinlar mindalinaga so’rilib antigen xususiyatiga ega
bo’ladi. Bular esa qonga so’rilib, autoantitelo ishlab
chiqadi, bu esa xujayralami buzilishiga olib keladi. Shuni
natijasida tanglay bezlari sensibilizasiyalanishi uni
maxalliy nuktasi hisoblanadi.
Shu o’rinda aytib o’tish joyizki Gepatit В virusli
kasalligida autoimmun jarayon natijasida Gepatosit
membranasiga yopishib olgan viruslar antitelo va
komplementni biriktirib immun kompleksni hosil qiladi.
Immun kompleks jigar xujayralarini yemirilishiga sabab
bo’ladi. Gepatit В ning og’ir yoki yengil o’tishi bemorni
immun quvvatiga va virusni bemor organizmiga qanchalik
begonaligiga bog’liq.
Adabiyotlarda yozilishicha surunkali tonzillit bilan
og’rigan bemorlami 20-30% da surunkali gepatit В
kasalligi rivojlanadi, buning asosiy sabablaridan biri turli
xildagi dorilarning noo’rin qo’llanilishi sabab bo’ladi.
Bundan tashqari surunkali tonzillit kasalligi surinkali
gepatit В bilan birgalikda kelishi juda salbiy oqibatlarga
olib kelishi muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, surunkali
tonzillit kasalligi o’ta murakkab mexanizmda rivojlanib,
organizmga ko’pgina salbiy holatlami rivojlantirar ekan.
Bunga surinkali gepatit В ni qo’shilib kelishi muammoni
yanada dolzarbligini oshiradi.
Surunkali tonzillitni davolash maqsadida organizmga
kiritilayotgan turli xil antibakteral va gormonal dori
vositalar gepatositlaming zo’riqishiga, organizmning
allergizasiyasiga sabab bo’lmoqda.
Hozirgi dolzarb muamolardan biri surunkali tonzillit
kasalligi surinkali gepatit В bilan kechganda kasallikni
asoratsiz davolash va davolash muddatini qisqartirish va
takomillashgan davolash tadbirini belgilashdir. Bunga
o’xshash ilmiy tadkikotlar MDX va chet ellarda ko’plab
amalga oshirilgan, ammo bizning Samarkand regionida
ushbu masala kam o’rganilgan. Shuni inobatga olib biz
ushbu kasallikda davolash va profilaktik chora-tadbirlarni
o’z oldimizga maqsad qilib oldik.
Shu maqsadda surunkali gepatit В bilan kasallangan
bolalarda surunkali tonzilitni davolashda Elyudril
«YEVROMEDIX» formasevtik kompaniyasi (Fransiya)
antiseptik dori preparatini qo’lladik.
Elyudril xlorgeksidin diglyukanat 0,1% antibakterial,
zamburug’ga qarshi, yallig’lanishga qarshi. xlorbutanol
0,5% maxalliy uzoq davomli og’riq qoldiruvchi effektga
ega modda, natriy dokuzat shilliq qavat holatini
yaxshilaydigan moddalardan tarkib topgan. Antiseptik
yallig’lanishga qarshi og’riq qoldiruvchi, jaroxatni
tiklovchi preparat hisoblanadi.
Elyudril preparati klinik effektivligi yuqori xavfsizlik,
terapcvtik effektini uzunligi davolash mudatini qisqaligi
bilan xarakterlanadi. Preparat tishlarga zarar yetkazmaydi,
og'iz bo’shlig’i tabiy mikroflorasini buzmaydi. Elyudril
fibroblastlar proliferasiyasini stimulyasiyasi hisobiga
jaroxatni tezda tiklanishiga olib keladi. Ishlatilgandan
keyin 5-10 daqiqadan so’ng ovqatlanish mumkin.
Tekshirish
manbalari
va
usullari.
Bizning
ishimizga 2010-2012 yillar davomida 51 nafar 3 yoshdan
14 yoshgacha bo'lgan surunkali tonzillit bilan xastalangan
surunkali gepatit В bo’lgan bemor bolalar tekshirishga jalb
etildi. Bemorlar asosan Samarqand shaxar 1- son Yuqumli
kasalliklar shifoxonasi va SamMl klinikasi LOR bo’limiga
murojaat bo’yicha tanlab olindi. Ulardan 31 ta surunkali
gepatit В bilan kasallangan surunkali tonzilliti bor bolalar
(asosiy guruh), 20 ta surunkali tonzilliti bor bemor bolalar
(nazorat guruh). Tekshirilayotgan bemor bolalar umumiy
soni: o’g’il bolalar - 3 I ta (60,8%), qiz bolalar - 20 ta
(39.2%). Tekshirishga olingan bemor bolalar tanglay
murtaklaridan
olingan
ajralma
bakteriologik
tekshirishlardan o’tkazildi. Zarur bo’lganda infeksionist,
gaslroenterolog. endokrinolog, gematolog va pediatr
hamda kardiorevmatolog tavsiyalari olindi. Tanglay
murtaklaridan olingan surtma bakteriologik ko’rsatkichi
quyidagicha: Streptococcus 22 (44%) ta bemorda.
Staphylococcus 20 (39.23%) bemorda, Bacteroid 6
(11,8%) bemorda . qolgan 4
■Volftor axfjorotnomast
2013, M 1
BecniHitKjipana
4
(7,8%) ta bemorda Peptococcus aniqlandi (1- jadval).
O’tkazilgan tekshiruv natijalari. Surunkali gepatit В
bilan kasallangan surinkali tonzilliti bor 51 ta bemor
bolalar davolandi o’tkazilgan
davolash natijasini aniqlash maqsadida bemorlar ikkita
guruhga ajratildi. Birinchi guruhda 31 ta bemor (asosiy
guruh) taklif etilgan davolash. ikkinchi gruhda 20 ta
(nazorat guruh) bemorlarda ananaviy davolash o’tkazildi.
l-jadval
Tanglay murtaklaridan olingan surtma bakteriologik ko’rsatkichi
Bemorlar soni Mikrorganizmlar
%
22
Streptococcus
44%
20 Staphylococcus 39.23%
6
Bacteroid
11.8%
4 Peptococcus 7.8%
Asosiy guruh bemorlarga tanglay bodom bezi
lakunasi Elyudril antiseptik eritmasi bilan kuniga bir
marta yuvildi. Ishlatishdan oldin Elyudiril eritmasidan 10
ml miqdorda 100 ml fiziologik eritmaga qo’shiladi.
Bodom bezi lakunasini yuvishda Elyudril eritmasi har
kuni 10 kun davomida ishlatildi va bodom bezi yuzasiga
3% li lyugol eritmasi surtildi.
Surunkali gepatit В bilan kasallangan surunkali
tonzilliti bor bolalar ananaviy davolash tanglay bodom
bezi lakunasini 1% li xlorofillipt spirtli eritmasi bilan
yuvish va yuzasini 3% li lyugol eritmasi bilan surtildi.
Bazis davo muolajalari har ikki guruh bemorlarga
dczintoksikasion
terapiya,
virusga
qarshi,
gepatoprotektorlar. spazmolitiklar. vitaminlar. o’t
haydovchi preparatlar ishlatildi. O’tkazilgan davo
muolajalaridan key in tanglay murtaklari ajralmasining
mikroorganizmlar foyiz ko’rsatkichi quyidagicha (2-
jadval).
2
jadva
l
Surunkali gepatit В bilan kasallangan surinkali tonzillit kasalligi bor bemor bolalar ananaviy davo
muolajadan va Elyudril dori vositasidan so’ng tanglay murtagi ajralmasining bakteriologik xolati
Mikroorganizm
Ananaviy davo
muolajadan so’ng
Elyudril dori
vositasidan so’ng
n
%
n
%
Streptococcus
8
7
12
2
Staphylococcus
6
6
9
1
Bacteroid
4
-
6
-
Peptococcus
9
4
-
Jami
20
13
31
3
Xulosa.
Bolalar
davolash
boshida
stasionar
sharoitida, keyinchalik ambulator davolanishda kuzatuv
ostida bo’ldi. Biz davolash jarayonida lakuna yuvilganda
tozaligiga. bodom bezi giperimiyasi, o’lchami
kamayishiga,
intoksikasiya,
jigar
sinamalarini
dinamikada musbat tomonga o’zgarishiga diqqatimizni
qaratdik. O’tkazilgan davo effektivligini boxalash
davolash kursi tugagandan keyin. 6 oy dan so’ng
kuzatildi. Yuqorigi jadvallardan ko’rinib turibdiki
Elyudril antiseptik vositasidan so’ng bemor bolalar
tanglay murtaklari miqroflorasi kamaydi, organizmda
tiirli xil allergik reaksiyalar va boshqa a’zolarga nojuya
ta’sirlar aniklanmadi. Elyudril preparati yuqori
antimikrob aktivlik kuchiga ega. organizmga no’juya
ta’siri yo’q, ishlatishga qulay preparat. Elyudril eritmasi
bilan mikroblar 30 daqiqa kontaktda bo’lganda, ko’p
miqdorda (84,7%) nobud bo’lganligi kuzatildi. Olingan
malumotga ko’ra elyudril eritmasi surunkali tonzillit
qo’zg’atuvchi mikroblarga yuqori antimikrob tasir etadi.
Bu preparatni patologiyada keng qo’llash mumkin.
Adabiyotlar
l). Полякова T.C., Коршунов B.M., Гуров А.В., Гладких Л.С. Исследование аэробного микробного фона и
антибиотикочувствительпости выделенных штаммов в оториноларингологическом отделении // Вестник
оториноларингологии. 2000. № 4, 26 - 29. 2). Плужников М.С., Лавренова Г.В. Хронический тонзиллит. Клиника и
иммунологические аспекты // Санкт-Петербург, 2005. 206 с. 3). Пальчун В Т. Лечебнодиагностические подходы к
проблеме хронического тонзиллита // Вестник оториноларингологии, 2001, № 1,4-7. 4). Кунельская В.Я. Лечащий
врач, 2005, № 1, с. 74 - 75. 5). Муратходжаева А.Б. // Современные методы комплексной терапии хронических
тонзиллитов у детей. Педиатрия, 2004, № I, с. 101-105.