Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni, Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi fikrlari o‘rin olgan bo‘lib, oilada o‘quvchilar hay otini tashkil etish, ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari,oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi,shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni xususida mulohazalar qayd etilgan.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda estetik tarbiyaning mazmun va mohiyati yoritildi, o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tutgan o‘rni, shuningdek, estetik tarbiyani takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi, dars jarayonida o‘quvchilarning estetik tarbiyasini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanildi, o‘quvchilarning estetik tarbiyasini shakllantirishda tabiiy fanlarning o‘rni va samaradorligi aniqlandi, o‘quvchilarning tafakkuri, ularning dunyoqarashi, xatti-harakati, o‘quvchilarning estetik tafakkurini rivojlantirishda o‘qitishning barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga estetik tarbiya berish orqali tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari aniqlandi.
Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan o‘smir yoshidagi bolalar harakter hususiyatlarining muhim tomonlari, o‘smir yoshidagi bolalarda liderlikni shakillantirish, bolalarda liderlik hususiyatlarining shakillanishida oilaning o‘rni, ota-ona tarbiya usullarining, bolalar bilan bo‘ladigan muloqotning bolalar kelajagiga tasiri hamda, bolalarda liderlik xususiyatlarini shakillanishidagi ahamiyati yoritib berilgan.
В данной статье проанализирована роль автомобильной инфраструктуры на городских улицах, а именно транспортных дорог общего пользования, хозяйственных транспортных путей, улиц городов и других населенных пунктов в развитии национальной транспортной системы.
Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil etiladi.
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning ahamiyati hamda bu jatrayonda ijodiy faollikning o‘rni so‘z yuritiladi.
Maqolada buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojida qadimgi ulov vositalaridan biri tuyalarning o‘rni va ahamiyati. Shuningdek ularning turlari va xususiyatlari haqida arxeologik tadqiqotlar hamda tarixiy manbalarga suyanilgan holda atroflicha fikir yuritiladi.
Ushbu maqolada Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarida folklor an’analarining o‘rni tadqiq qilingan. Ijodkor badiiy-estetik tafakkuri yuksalishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri masalasi uch bosqichga bo‘lib tahlil etilgan: 1) shoir ijodining ilk davrida xalq og‘zaki ijodiga murojaat;2) ijodkor poetik tafakkuri takomilida xalq og‘zaki ijodi motivlari badiiy sintezining o‘rni; 3) umr so‘ngida yaratilgan she’rlarida xalq og‘zaki ijodian’analarining poetik yangilanishi. Tahlillar natijasida folklor an’analariga ijodiy yondashuv, ularni poetik yangilash va takomilga yetkazish Abdulla Oripov she’riyatining abadiyatini ta’minlab kelayotgan asosiy omillar ekani yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarilgan.
В данной статье рассмотрены особенности роли воспитания в высших учебных заведениях. В высшем учебном заведении процесс воспитания строится не только на подаче знаний, но и предполагает наличие воспитательных компонентов. Основная задача педагога в организации воспитательного процесса – это воздействие на студента с целью приобретения им навыков поведения в общественной жизни.
Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalashda islom moliyasining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Islom moliyasining joriy etilishida kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.
Mazkur maqolada mualliflar tomonidan farzandning kelajagiga otaning o‘rni qanchalik muhimligi, hozirgi kunda otalarning farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘layotganligi kabi jamiyat barqarorligi uchun muhim bo‘lgan masalalar tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada huquqiy madaniyat va uning tarkibiy qismi hisoblangan inson huquqlari madaniyati, demokratik, huquqiy davlatni qurish va uni yana-da mustahkamlash ko‘p jihatdan, fuqaroviy-huquqiy ta’limni, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim jarayonining o‘rni masalasiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. Ujamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibliginita’minlovchi va qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat — umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarininghuquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
В статье рассматривается роль, становление, развитие и правовые основы СМИ в истории независимости Республики Узбекистана. Роль СМИ в разработке прввовых документов, реформировании правовой системы и формировании гражданского общества.