Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish darsini tashkil etishda hikoya va ertaklarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim jihatlari haqida keng to‘xtalib o‘tilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Buxoro o‘lkasida mang‘itlar sulolasi hokimiyatga keldi va mang‘itlar sulolasining ikkinchi hamda uchinchi vakillari bo‘lgan Amir Doniyolbiy otaliq (1758–1785), shuningdek, Amir Shohmurod (1785–1800) davrida mamlakatda mang‘itlar sulolasining hokimiyati bir muncha mustahkamlandi.
Ushbu maqolada naslli erkak qorako‘l qo‘zilarini oziqlantirishda probiotiklardan foydalanishning ahamyati o‘rni hamda qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari keltirilgan
Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikrmulohazalar keltirilgan.
Ushbu maqolada maktabda matematik mantiqiy masalalarni o‘qitishning dolzarbligi va uni samarali o‘qitish yo‘llari haqida bayon qilingan. Boshlang‘ich ta’lim mate matika darsliklaridagi mantiqiy misol, masalalar tadqiq etilgan va mantiqiy boshqotirmalardan namunalar keltirilgan. Matematika darslarida mantiqiy misol va masalalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish usullari tahlil qilingan.
Keng qamrovli islohotlar sharoitida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishning muhim nazariy xabari bozor iqtisodiyotida davlatning o‘rni masalasi bo‘lib qolmoqda. Bozor iqtisodiyotini qurishning “o‘zbek modeli” doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tashabbuskori va olib boruvchisi aynan davlatdir. Inqiroz bilan bog'liq keskinlashgan muammolar sharoitida davlatning roli nafaqat O'zbekistonda, balki tartibga solishda asosiy rolga aylanadi.
Ushbu maqolada pedagogik faoliyatda psixologiyaning o`rni, pedagogning o`z faoliyatida muvaffaqiyatni ta`minlovchi umumiy va mahsus qobiliyatlari haqida ma`lumotlar yoritilgan.
Ushbu maqolada mamlakatda huquqiy demokratik davlatni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi, uning barkamol avlod tarbiyasi tizimida tutgan o‘rni, tarixiy ildizlari, qadimgi Sharq ma’naviy-axloqiy tarbiya taraqqiyoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni, maqsadi, vazifalari, ilmiy pedagogik asoslari va uni takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Milliy ta’lim-tarbiya ishlarining shakllari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Bugungi kunda har bir milliy va ma’naviy meroslarimizni ko‘z qorachig‘imizdek asr-ab-avaylash, qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ertaga bizning o‘rnimizga keladigan, biz boshlagan olijanob ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarimiz ana shu bebaho milliy va ma’naviy boyliklarmizdan bahramand bo‘lsin va o‘zining kimligi, қандай buyuk zotlarning avlodi ekanini anglab yetsinlar.
Ilmiy ishda O‘zbekiston tijorat banklarida samarali investitsion faoliyatni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilgan. Muallif investitsiyalarga taraqqiyot va farovonlikning muhim omili sifatida e’tibor bergan. Tijorat banklarining investitsion quyilmalari hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Tijorat banklaridagi investitsiya faoliyatini rivojlantirish maqsadida chet davlatlar tajribasidan foydalanish yo‘llari taklif etilgan.
Mamlakatda sut ishlab chiqarishning past darajasi, sutga bo‘lgan talab va ta’minot o‘rtasidagi tafovut quruq sut importi orqali bartaraf etiladi. Chaqaloq uchun ona sutidan yaxshi narsa yo‘q. Onaning sutida barcha hayotiy va zarur komponentlar, moddalar va vitaminlar mavjud. Biroq, biron bir sababga ko‘ra tabiiy ovqatlanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Masalan, onaning yuqumli kasalliklari bo‘lishi mumkin. Bolani sun’iy oziqlantirishga o‘tkazishga qaror qilishdan oldin, siz albatta pediatringiz bilan bog‘lanib, maslahatlashingiz kerak. Chunki bunday mahsulotlar tarkibidagi turli moddalar doim ham bolalar uchun foydali bo‘lmasligi ham mumkin
Maqolada sanoat korxonalarida AKTdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, korxona samaradorligiga AKTning ta’siri va undan foydalanishda erishilayotgan yutuqlar ko‘rib chiqilgan. Muallif sanoat korxonalarining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni bilan birga uni rivojlantirishda axborot texnologiya xizmatlarini joriy qilishning zamonaviy usullari va samaradorligini statistik ma’lumotlar asosida regression va korrelatsion tahlil qilgan.
Ushbu maqolada Uchinchi Renessans haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.Uchinchi Renessansning yurtimiz rivojlanishidagi o‘rni haqida ma’lumotlar qayd etilgan.