Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi hisoblanmish, maktab ta'limni ri|vojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo’lib kclmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda maktab ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo ctish, ulami yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta’minlash, maktab ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalami joriy etishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlari amalga oshirilmoqda
Temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan bemorlar har qanday mutaxassislikdagi shifokorga murojaat qilishi mumkin. Ushbu kasallikning sabablari har doim ham aniqlanmaydi va yetarli tarzda davolanmaydi. Kasallik tashxis jarayonida ham, davolash jarayonida ham zamonaviy yuqori tibbiy texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi. Shu bilan birga, shifokorlar tashxis qo'yishda, qon tahlilini talqin qilishda, temir tanqisligi anemiyasini davolashning taktikasini tanlashda juda ko’p xatolarga yo'l qo'yishadi. Temir tanqisligi anemiyasiga tibbiy yordam, ushbu kasallikni keltirib chiqaradigan omillarning profilaktikasi hozirgi vaqtda aholi sog’ligini himoya qilishning dolzarb masalasi bo’lib qolmoqda. Aholiga tibbiy yordam ko’rsatishni yangi bosqichga ko’tarish, kasallikning profilaktikasi va erta tashxislash tizimini yanada rivojlantirish, sohaga ilg’or tashxis usullarini joriy etish va davolashda tibbiy xizmatlarining moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlash boyicha mamlakatimizda qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Temir tanqisligi anemiyasining manifest shakli ulushi kasallikning
tarqalishining muhim darajasiga mos keladigan aholining 30 foizidan oshadi. Temir tanqisligi anemiyasi ekologik muammolar zonasi bo’lgan Janubiy Orol bo’yi mintaqalarida xavf guruhlarida sezilarli darajada keng tarqalgan.
Mazkur kitobda shifokor amaliyotida har kuni duch keladigan temir tanqisligi anemiyasi batafsil tavsiflangan. Kitobda temir metabolizmi va aniqlash usullari, gem sintezi, kasallikning qisqacha tarixi, tarqalishi, etiopatogenezi, yangi tasnifi, klinikasi, prelatent va latent temir tanqisligining tashxisi, temir tanqisligi anemiyasining manifest bosqichini asosli tashxislash, temirni qayta taqsimlanishi va temir bilan to’yingan anemiyalar bilan qiyosiy tashxisi, davolash, prognozi, ijtimoiy va individual profilaktikasi tavsiflangan. Shuningdek, homiladorlar temir tanqisligi anemiyasini bosqichlari boyicha tibbiyotning zamonaviy yutuqlari nuqtai nazaridan davolash, YUNICEFning O’zbekistonda ovqatlanish bo’yicha faoliyati, O’zbekistonda anemiyalarni kamaytirish borasida davlat tomonidan qilinaytgan ishlar haqida ma'lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada Rus tili va O’zbek tillardagi frazeologik birliklarning o’ziga xos xususiyatlarni o’rgangan xolda ularning qiyosiy-tipologik tahlili amalga oshiriladi. Shuningdek, rus tili va o’zbek tillaridagi frazeologik birliklardagi polisemiya va omonomiya hodisasi ko’rib chiqiladi
Ushbu maqolada xorijiy til kompetensiyalarini o'qitishda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish va yangi texnologik jarayon va o'qitishning yangi zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, oquvchilarda o'rganayotgan xorijiy tilga nisbatan qiziqishni kuchayirish ular xotirasining ichki imkoniyatlarini ishga solish, o'quvchilardagi o'z kuchiga bo'lgan ishonchini hosil qilishni ham o'z ichiga oladi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida boʻlajak muhandislarning grafik kompetentsiyasini 3D modellashtrishlar asosida rivojlantirishning asosiy pedagogik shartlari muhokama qilinadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda uch o‘lchovli modellashtirish asosida kasbiy faoliyat ob’ektlarini loyihalash texnologiyalari alohida o‘rin tutadi. Shunday qilib, grafik kompetentlik kasbiy kompetentlikning muhim tarkibiy qismiga aylanadi, uning shakllanish darajasi maxsus fanlarga tayyorgarlik jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishning muvaffaqiyatini va muhandislik sohasidagi mutaxassislarning grafik kompetentligini rivojlantirish va texnik universitetlarida grafik kompetensiyalar boʻlajak mutaxassislarning fundamental va kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarini maqsadli shakllantirishning uslubiy tizimi taklif qilindi.
Kelajak uchun har tomonlama etuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tashkil etilib, bu boradagi dolzarb masalalar va ularni amalga oshirish chora tadbiri milliy dasturda belgilab berilgan.
Surunkali obstruktiv bronxit butun jahonda aholi kasallanishi va o’limining asosiy sabablaridan biri hisoblanib, muhim tibbiy muammodir. Chunki o’tkir bronxitdan farqli ravishda surunkali obstruktiv bronxit ikki yildan kam bo’lmagan muddatda yilda uch oy davomida uzoq davom etadigan nam yo’tal, doimiy kuchayib boruvchi hansirash, jismo niy zoriqishga chidamlilikning pasayishi bilan kechib, yomon oqibatga olib kelishi mumkin. Aholining turli qatlamlari orasida nafas a’zolari kasalliklari orasida o’tkir bronxit 20-30% ni tashkil etsa, surunkali bronxit 70-80%ni, nafas tizimi kasalliklari bo’yicha nogironlikning 50% ni tashkil etadi. Shundan oddiy surunkali bronxit katta yoshli aholi orasida 7.3-21.8% ni, surunkali obstruktib bronxit 62.7-58.2% ni tashkil qilib, 50 59yoshli erkaklar va 40- 49yoshli ayollar orasida ko’proq uchraydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib surunkali obstruktiv bronxitni vaqtida aniqlab, davolash va oldini olish maqsadida zamonaviy tekshirish usullaridan foydalanish muhimdir.
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim tizimi va uning pedagoglar uchun afzallik jihatlari haqida fikrlar keltirilgan
В статье рассматриваются ключевые задачи системы образования на современном этапе. Описываются технологии и инновации направленные на повышение продуктивности учебной деятельности, современные методы и технологии обучения языку, в частности русскому, способствующие развитию иноязычной коммуникативной компетенции обучающихся, приводятся схемы их применения.
Maqolada muhandislik fanlarida axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘quv-ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etilishi va o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlari yoritilgan.
Neyrolingvistik dasturlash texnikasi zamonaviy chet tilini o‘qitish metodikasi uchun nisbatan yangi termin bo‘lsa-da, uning elementlaridan ta’lim sohasida, xususan, chet tillarini o‘qitishda anchadan beri foydalanib kelinmoqda. O‘z darslarida musiqa, rolli o‘yinlar, jamoaviy til o‘qitish usuli, suggestopediani qo‘llovchi o‘qituvchilar, allaqachon NLPning ahamiyatini idrok etishadi. Chunki neyrolingvistik dasturlash neyronlar hamda psixologiya bilan bog‘liq bo‘lib, har bir o‘quvchining miya faoliyati, har biri alohida shaxs sifatida o‘rganish uslubiga ega ekanligi, va shunga ko‘ra dars o‘tilsa, har birida samarali muloqot uchun imkoniyat mavjud ekanligiga asoslanadi.