Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ichki va tashqi ta’sirlardan himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy ahamiyati va jamg‘arma tomonidan iqtisodiyotning qaysi sohalariga ko‘proq e’tibor qaratilayotganligi xususida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini boshqarish tizimi, uning faoliyatini samarali tashkil etish usullari va strategiyalari tahlil qilinadi. Jamg‘armaning resurslarini boshqarish, moliyaviy oqimlarni nazorat qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan boshqaruv mexanizmlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, jamg‘armaning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zamonaviy boshqaruv usullarining ahamiyati muhokama qilinadi.
Psixologiya fanining tarixi falsafa va tibbiyot uygʻunligidan kelib chiqqan holda oʻz ildizlarini qadimgi davrlarga borib taqaladi. Klassik davrda Gippokrat va Demokrit kabi mutafakkirlar ongni miya faoliyati bilan bogʻlaydigan dastlabki tushunchalarni kiritdilar.
Oʻrta asrlarda gʻayritabiiy e'tiqodlar tufayli psixologik taraqqiyot sekinlashdi, ammo Ibn Sino kabi olimlar bu sohani rivojlantirishda davom etdilar. Uygʻonish davri Leonardo da Vinchi kabi shaxslarning inson bilimini tushunishga hissa qoʻshganini koʻrdi. XIX asrga kelib psixologiya mustaqil eksperimental fanga aylandi, tizimli oʻrganish usullarini qoʻlladi. Bugungi kunda psixologiya turli kontekstlarda inson xatti-harakati va aqliy jarayonlarining turli tomonlarini oʻrganadigan koʻp tarmoqli sohaga aylandi.
Barcha taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning bugun kundagi taraqqiyotga erishishida taʼlim omili muhim rol o‘ynaganligi hech kimga sir emas. Taraqqiyot sari intilayotgan Yangi O‘zbekistonda taʼlim tizimi masalasidagi islohotlar davlat ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi sifatida qaralib, o‘tgan davr mobaynida sezilarli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilib, ularning institutsional asoslar takomillashtirildi. Va bu jarayon uzluksiz davom ettirilib, tegishli xulosalar chiqarilmoqda. Mazkur maqolada aynan amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorlik masalasiga eʼtibor qaratilib, bunda taʼlim tizimidagi akademik mobillikni taʼminlash maqsadida malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish masalalari, buyurtmachilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va buyurtmachining talabi bo‘yicha klassifikatorlarni ishlab chiqish masalasi, taʼlim muassasasining moddiy bazasini zamonaviy tarzda barpo etishga doir masalalar, taʼlim muassasasini axborot-resurslari bilan taʼminlanganligini o‘rganish masalasi, taʼlim muassasasida talabalikka qabul qilish tizimini optimallashtirish va taʼlim muassasasi imijini shakllantirishga doir turli nazariy yondashuvlar tadqiq etilgan.
Mazkur ishda ta’lim sohasidagi innovatsiyalar va taraqqiyot jarayonlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik, masofaviy ta’lim hamda gamifikatsiya kabi zamonaviy yondashuvlarning ta’lim tizimiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, yangi texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonining samaradorligi oshgani, global miqyosda ta’lim imkoniyatlari kengaygani va o‘quvchilarga individual yondashuv shakllanganligi muhokama etiladi. Tadqiqotda, shuningdek, raqamli ta’lim texnologiyalarining afzalliklari va ularning yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan muammolar, xususan, raqamli tafovut, texnologik infratuzilmaga bog‘liqlik va kiberxavfsizlik masalalari yoritiladi. Ish davomida innovatsion ta’lim yondashuvlarining hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi.
Ushbu maqola motivatsiyaning asosiy turlari va taraqqiyot bosqichlari haqida tushuncha beradi. Motivatsiya insonni maqsadlarga erishish uchun undovchi ichki va tashqi omillar sifatida ta'riflanadi. Ichki motivatsiya o'z qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqadigan harakatlarga asoslanadi, tashqi motivatsiya esa mukofotlar va ijtimoiy ta'sirlarga bog'liq bo'ladi. Maqolada motivatsiyaning rivojlanish bosqichlari ham tahlil qilinadi, bunda ma'lumot olish, ma'naviy motivatsiya, tashqi ta'sirlar va mukofotlar, o'zgarish va yuksalish kabi bosqichlar muhokama qilinadi. Ushbu jarayonlar insonni o'z maqsadlariga erishishga undash va o'zining ichki potensialini ochishga yordam beradi.
Ushbu maqola Gerbert Spenserning “Sotsial statika” asariga bag‘ishlangan bo‘lib, u zamonaviy sotsiologiyaning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Kitobda ijtimoiy taraqqiyot g‘oyasi, shaxsiy erkinlik prinsiplari va ijtimoiy tartibni saqlashdagi institutlarning roli muhokama qilinadi. Spenser, Darvinning evolyutsion nazariyasidan ta’sirlanib, jamiyatlar, organizmlar kabi, tabiiy tanlov orqali vaqt o‘tishi bilan rivojlanishini ta’kidlaydi. Maqola Spenserning asaridagi asosiy mavzularini, uning keyingi sotsiologik tafakkurga ta’sirini va unga nisbatan bildirilgan tanqidlarni tahlil qiladi.
В данной статье, проанализированы основные направления и задачи Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы, утвержденной указом Президента Республики Узбекистан от 28 января 2022 года № УП-60.
Роль и значение данного документа в жизни молодежи в ближайшие 5 лет, законодательные реформы в сфере молодежной политики страны, защиты прав и интересов подрастающего поколения, поддержки и поощрения одаренной и талантливой молодежи, совершенствования системы молодежного предпринимательства.
В статье, рассмотрен понятийный аппарат «Стратегия развития Нового Узбекистана», «основные направления и задачи Стратегии развития», «Молодежь», «государственная молодежная политика», а также специфические особенности молодежной политики в Республике Узбекистан. Также, автор обращается к социально-правовым реформам в сфере государственной молодежной политики, осуществленным в рамках указа Президента Республики Узбекистан № УП-4947от 7 февраля 2017 г. «О Стратегии дальнейшего развития Республики Узбекистан». На основе результатов исследования разработаны предложения и возможные рекомендации.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya-bank sohasi uhim soha sifatida qaraladi. Yangi
O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi – milliy iqtisodiyotni, uning o'sish
sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha belgilangan ustuvor
vazifalarni Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
ustuvor yo'nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomi sifatida baholash mumkin. O'z
o'rnida shuni ham aytish joizki, samarali amalga oshirilgan islohotlar navbatdagi muvaffaqiyat
debochasiga garovdir.
Ushbu maqolada tasviriy sanʼat ta'limi toʻgʻrisida, tasviriy sanʼatning ahamiyati inson hayotining turli jabhalarida katta rol oʻynashi haqida u nafaqat estetik zavq bagʻishlashi, shaxsiy rivojlantirishi, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim rol oʻynashi haqida koʻplab maʼlumotlar yozilgan.
Arab tili dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, o‘zining boy lug‘ati va mukammal grammatikasi bilan juda ham mashhur hisoblanadi. Biroq, dunyoning rivojlanishi va zamonaviylashib borishi, globalizatsiyaga va texnologik taraqqiyot jarayonida arab tili ko‘plab tashqi ta’sirlarga duch kelmoqda. Shuningdek, turli sohalarda yangi ilmiy, texnologik, madaniy va iqtisodiy o‘zgarishlar sababli, zamonaviy so‘zlar arab tiliga kirib kelmoqda. Ushbu maqolada zamonviy so‘zlarning arab tiliga kirib kelish tarzi va ularning tilga, balki jamiyatga va madaniyatga ta’siri haqida so‘z yuritiladi.
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, uning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy tizimlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. U fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini, davlat boshqaruvi tuzilmasini, hokimiyat organlarining vakolatlarini belgilaydi. Konstitutsiya davlatning mustaqilligi va demokratik tamoyillarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, bu hujjat jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni taʼminlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning barqarorligi davlatning rivojlanishi va fuqarolarning farovonligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatlar va ularning hududlari, jumladan, qishloqlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining jahon tajribasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda kichik biznes sohasining jamiyatdagi ahamiyati va rolining yorqin dalili va tasdig‘idir. Dunyoning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ushbu sektor butun milliy iqtisodiyot va mahalliy darajada iqtisodiyotning barqaror rivojlanishining asosi bo'lgan o'rta sinfni ifodalaydi, chunki u etakchi segment hisoblanadi. tovar va xizmatlarni bozorga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishsizlikni kamaytirish.
Tuproq atrof-muhitning asosiy obyektlaridan biri, oziq-ovqat, hayot va inson faoliyatini ta’minlashning asosiy manbai, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning yashash muhiti va manbasi, biosferaning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘ini, ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat farovonligi, iqtisodiyotning muhim asosidir. Tuproqlarning holati atrof-muhit va tabiiy resurslarga, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasiga, inson salomatligiga ta’sir qiladi. Tuproqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik yoki boshqa tadbirlar tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish sharti bilan rejalashtirilgan va amalga oshiriladi.
В данной статье рассматривается влияние взглядов Карла Поппера на постпозитивизм, а также объясняется, как взгляды Поппера соотносятся с идеями позитивизма, неопозитивизма и формируются как идея, дополняющая вышеуказанное учение с точки зрения исторического развития. Анализируются роль и значение взглядов Поппера в современной философии, отношение к нему в его время.
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasi tizimidagi islohotlar bir qator muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Ular moliya boshqaruvi, byudjet tizimi, daromadlar bazasi, investitsiyalar va nazorat hamda hisobdorlikni o‘z ichiga oladi.
Qimmatli qogʻozlar bu oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida
muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari hisoblanib, moliya
bozorida aksiya, obligatsiya, veksel kabi turlari eng mashxurlari sanaladi. Qimmatli qog‘oz lar
bozorini tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi
“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son farmoni
ijorosini ta’minlashda soliq munosabatlarining o’rni benihoya muhimdir. Zero, moliya
bozorining negizi bo’lgan qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq moliyaviy operatsiyalarning
faoliyatini tartibga solishda va nazorat qilishda soliqqa tortish tartib larining ahamiyati ayni
dolzarb zaruriy masaladir
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'li, uning tarixiy konteksti, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlari haqida ma'lumot beriladi. Maqolada O'zbekistonning mustaqil davridan boshlab qanday yo'nalishlarni tanlagani, o'ziga xos rivojlanish strategiyalari va mavjud tajovuzlarga qarshi kurashish yo'llari yoritiladi. O'zbekistonning taraqqiyot yo'li nafaqat mamlakat iqtisodiyoti, balki madaniyati va ijtimoiy hayotini ham o'z ichiga oladi.
Boyto’rayev Sirojidin, Nurbayev xurshid Erkin o`g`li
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat qurilishidagi huquqiy asosi sifatidagi ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda Konstitutsiyaning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni, qonun ustuvorligini kafolatlashdagi vazifalari, shuningdek, xalqaro huquqiy me‘yorlarga mosligi yoritiladi. Maqola Konstitutsiyaning amaldagi islohotlar jarayonidagi strategik roli haqida ilmiy-huquqiy xulosalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur maqola Mahmudxo‘ja Behbudiyning millat taqdirini anglash va uning taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlariga bag‘ishlangan. Muallif Behbudiyning ma’rifatparvarlik faoliyati, mustaqil fikrlash va millatni uyg‘otishga qaratilgan sa’y-harakatlarini tahlil qiladi.
Maqolada Behbudiyning “Millatni ma’rifat qutqaradi” degan g‘oyasi asosida olib borgan ishlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, uning jurnalistika, dramaturgiya va ta’lim sohalaridagi mehnati, milliy o‘zlikni shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Maqola Behbudiyning hayoti va faoliyatiga chuqur nazar tashlab, uning o‘z davrida yorqin yulduz bo‘lib porlaganini ta’kidlaydi. Bu mavzu milliy tarixni anglash va bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgan ma’naviy qadriyatlar haqida fikr yuritishga undaydi.
Ma’lumki, fond birjasi – investorlar qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan aksiyalarni,
obligatsiyalarni, derivativlarni, fond indekslarini va boshqa moliyaviy vositalarni sotib
olishlari va sotishlari mumkin bo‘lgan bozordir. Bu – moliyaviy bozorning eng kuchli
komponentidir. Shuningdek, u iqtisodiyotning sog‘lig‘ining o‘lchovi va jahon iqtisodiy
kuchining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bog’liq bo’lib, bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga uni to’g’ridan - to’g’ri emotsional hisssiy yuksalishiga ta’sir ko’rsatadi. Kattalar bilan emotsional munosabat 1-3 yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo’lishlariga unga o’z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o’yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi bilan birgalikda, dastlabki senzitiv jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.