Ushbu maqola yangi axborot texnologiyalarini o'rganadi, axborot texnologiyalarining xususiyatlari va rivojlanish sur'atlari hamda rivojlanish istiqbollari va yangi axborot texnologiyalarining namunalarini o'rganadi. Axborot texnologiyalari kompyuter tizimlarini va shu kompyuterlarni boshqaradigan va qo'llab-quvvatlaydigan boshqa bo'limlarni o'z ichiga oladi. Shaxsiy kompyuterlar keng doiradagi asosiy vosita bo'lsa-da, axborot texnologiyalarining ahamiyati butun dunyoga ayon. Maqolada ta'kidlanishicha, bu axborotni olish, qayta ishlash va o'zlashtirish uchun ishlatiladigan uskunalar va dasturiy ta'minotni kompyuter tizimlarini o'rganish, sozlash va takomillashtirish bilan bog'liq. So'nggi ikki yil ichida ushbu soha tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Kompyuter uskunalariga sarmoya yotqizish, shuningdek ularni kuzatib borish uchun IT-mutaxassislar tashkilotlarga muhim afzalliklarni taqdim etadi
Ushbu maqolada Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarida folklor an’analarining o‘rni tadqiq qilingan. Ijodkor badiiy-estetik tafakkuri yuksalishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri masalasi uch bosqichga bo‘lib tahlil etilgan: 1) shoir ijodining ilk davrida xalq og‘zaki ijodiga murojaat;2) ijodkor poetik tafakkuri takomilida xalq og‘zaki ijodi motivlari badiiy sintezining o‘rni; 3) umr so‘ngida yaratilgan she’rlarida xalq og‘zaki ijodian’analarining poetik yangilanishi. Tahlillar natijasida folklor an’analariga ijodiy yondashuv, ularni poetik yangilash va takomilga yetkazish Abdulla Oripov she’riyatining abadiyatini ta’minlab kelayotgan asosiy omillar ekani yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Ushbu maqolada Abdulla Oripovning adabiy-estetik qarashlari falsafasi zamirida so‘zning qimmati, she’rning ahamiyati, adabiyotning
ma’naviy-tarbiyaviy vazifasi katta ahamiyat kasb etishi tahlil etildi. Shoir, she’r va so‘z uchligi Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarining asosini tashkil etishi, “Ehtiyoj farzandi” maqolasida shoir ijodkor shakllanishining uch bosqichini ajratib ko‘rsatishi, shoir, she’r va so‘z uchligi bilan bog‘liq fikrlari Abdulla Oripovning adabiy-estetik konsepsiyasi yuksak talablarga asoslanganini ko‘rsatishi barobarida, ijod ahlini o‘z-o‘zini taftish qilishga, ijodiy kamolot yo‘lida muttasil izlanishga da’vat etishi jihatidan hech bir zamonda o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi yoritildi.
Obraz-kechinma lirikaning negizini tashkil qiladi. O‘z navbatida bu kechinma badiiy ifoda uchun to‘g‘ridan to‘gri maqsad bo‘la olmaydi,u ma’lum vaziyatlarda yuzaga kelgan ma’lum kayfiyatlarni aks ettiradi va ularni umumlashtiradi. Ijodkorning yaratuvchanlik qobiliyati asosida qator sifat o‘zgarishlariga uchraydi, yoki butunlay yangidan tug‘ilib, kishini maftun etarli darajada mukammallashgan tasavvurlar olamidan dunyoga keladi. Poetik obraz yaratish uchun so‘zning asl ma’nosiga nisbatan ko‘chma ma’nosini, ma’lum va oddiy belgilariga nisbatan noma’lum va hatto favqulodda belgilarini tadqiq etish, so‘zni mumkin qadar yangi qirralari va yangi jilolari bilan, xamelion ko‘rinishda tasvirlash taqozo qilinadi. So‘zga bunday o‘zgacha ma’no, ko‘rinish berish obrazlilikni yuzaga keltiradi. Zero, obrazlilik lirikaning muhim sharti bo‘lib, har qanday kechinma obraz bo‘lib shakllanmas ekan, she’rning oddiy bayondan farqi qolmaydi. Maqolada Abdulla Oripov she’riyati misolida obraz va obrazlilik xususida so’z yuritiladi.
Badiiy asar asos negizini tashkil qiladigan obraz tushunchasi qadimdan va hozirga qadar san’atning eng muhim elementi sanaladi. Zotan, badiiy obraz bu san’at asarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy vositadir. Shu bilan birga, dunyoning estetik qiyofasini, muayyan hissiy holatini ifodalovchi komponent hamdir. Shu bois obraz tushunchasi o‘z xarakter-xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra juda murakkab va ayni paytda keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikningu yoki bu tarzda inson ongidagi in’ikosi keng ma’noda obrazning asosiy ildizini tashkil etadi. Yondosh obrazlar esa mana shu ilk asosdan o‘sib chiqadi. Shu jihatdan obraz tabiati va tasnifiga ko‘ra: fan, adabiyot va san’atda alohida farqlanadi. Ushbu maqola lirikada obrazlar tasnifi va talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she’riyatida misolida o’rganishni ko’zda tutadi.
Maqolada Alisher Navoiy an’analarining zamonaviy o‘zbek she’riyati namoyandasi Abdulla Oripov she’riyatida poetik yangilanishi masalasi tadqiq qilingan. Ikki shoir ijod konsepsiyasi, ular asarlarida milliy til ravnaqi masalasining yoritilishi, g‘azal janridagi an’ana va novatorlik, vazn borasidagi izdoshlik, hadislar mazmunini badiiy talqin etishdagi mushtarak va farqli jihatlar tahlil etilgan. Tahlillar natijasida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.
Ushbu maqolada Me’roj kechasining she’riyatda aks etishi muhokama qilinadi. Me’roj kechasini tasvirlashda Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripovning ijodidan misollar keltirib, tahlil qilinadi va bu uchijodkor she’rlaridagi mavzuning mushtarak va farqli jihatlari o‘rganiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) ga na’t yanglig‘ yaratilgan asarlarda me’roj kechasining tasviri alohida o‘rin tutishi, bu kechaning musulmon sharq adabiyotida o‘ziga xos obraz darajasiga ko‘tarilgani, shuningdek, Isro va Me’roj kechalarining farqi xususida mulohazalar bayon etilgan. Bu tasvirlar mumtoz shoirlarimizda yuksak pafos bilan yo‘g‘rilganligi va A.Oripovda sokin va bosiq holatda yoritilganligi badiiy asarlardan keltirilgan misollar yordamida dalillanadi. Me’roj kechasidagi voqea- hodisalar ketma-ketligi har uchala ijodkorning she’riy asari misolida ko‘rib chiqiladi va shular asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Bu maqolada, bugungi davr bolalarining o‘z-o‘zini boshqarish, stress, texnologik o‘zgarishlar, internet va ijtimoiy munosabatlar kabi psixologik muammolar va ularni yechish usullari haqida ma’lumot beriladi. Munosabatlar, stressni kamaytirish, internet va texnologiyalarni cheklash, o‘zaro yordam olish va maslahat olish kabi amallar, bolalarni o‘z-o‘zini boshqarish va muammolarni hal qilishda muhimdir. Ushbu maqola ota-onalar, o‘qituvchilar, psixologlar va mutaxassislar uchun katta ahamiyatga ega.