Ushbu maqolada to’kma gruntlarning xususiyatlari, ularni turlari,geologik qidiruv ishlarining uslublari, shurflar, ularning chuqurligi va xajmi, shurflar orasidagi masofa, shurflarni kavlash usullari va ularni to’kma gruntlar fizik mexanik xususiyatlariga ta’siri, to’kma gruntlar tarkibidagi katta qo’shimchalar va bo’shliqlarning mavjudligi va ularning cho’kishi, bularni aniqlash uchun qo’shimcha statik yoki dinamik zondlash, qidiriuv burg’ulash va shurf qazish paytida gruntlarning fizik – mexanik xususiyatlarini tadqiq etish uchun namunalar olish xaqidagi amalga oshiriladigan ishlar keltirilgan.
Mazkur maqolada oʻsmirlik davri stress holatlarini korreksiyasiyalash ishlarini olib borish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy jihatlari yoritilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqotga kirishish, ularni ham sog‘lom insonlar qatorida imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijtimoiy ish va sotsiologiya mutaxasislariga zaruriy va ilmiy tavsiyalar berilgan. Bu maqolada bugungi kunda ijtimoiy hayotda dolzarb hisoblangan imkoniyati cheklangan bolalar hayotini yaxshilashga, ularning jamiyatda faol o‘zini namoyon qilish borasidagi asosiy echimlar ko‘rsatib berilgan. Ilmiy maqolada qayd etib o‘tganki, imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom hayotga qaytarish, ular bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari vasamarali yo‘nalishlari ochib berilgan. Ayniqsa, bu turdagi bolalar xuquqlarini himoya qilish ular bilan muomala qilish jarayonlari hususida zaruriy tavsiyalar berib o‘tgan.
Mazkur sil kasalligi yuqumli bo’lib havo tomchisi orqali tarqalar ekan. Hozirda bu kasallikni soni kun sayin o’sib bormoqda sababi hamma jamiyat a’zolari ham jamoat qoidalariga amal qilishmaydi. Bu chunki balg’am tashlash,ko’chalarda,jamoat joylarida tuflash, yo’talish, aksirish bilan bemordan sog’lom insonga havo tomchilari orqali kirib organizmga kirib bormoqda.
Ushbu maqolada Samarqand viloyati Narpay tumanida “Agro Goldin Spring” qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida golshtin zotli sigirlar tanasining mutanosib rivojlanganligini baholashda tana o‘lchamlari hamda tana o‘lchamlari asosida hisoblab chiqilgan tana tuzilish indekslari haqida ma’lumotlar yoritilgan
Ushbu maqolada qorako‘l qo‘ylarining tirik vazn ko‘rsatkichlari va eksteryer xususiyatlari tahlili to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Shaxsning qadriyatlar va emotsional intellektining o‘zaro aloqadorligi muammosi mamlakat va jamiyatning asosiy tayanchi hamda rivojlantiruvchi kuchi bo‘lgan yoshlarda zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish, mutaxassis sifatida professional mehnat faoliyatini olib borish, shaxslararo munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishiga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi yillar davomida emotsional intellekt va qadriyatlar bog‘liqligi borasida zamonaviy psixologik tadqiqotlarni amalga oshirish zaruriyatini hanuz saqlab qolmoqda. Maqolada emotsioanl intellekt va qadriyatlar o‘zaro aloqadorligini tadqiq etishga doir empirik natijalar tahlil qilinadi
O‘rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardanoq ishlab chiqaruvchi xo‘jalikdan foydalana boshlagan. Bu yo‘lda ularga Oy, Quyosh kabi osmon jismlarining harakatini kuzatish orqali to‘plangan ko‘nikmalar yordam berdi. Ularning aylanma harakatini muntazam ravishda kuzatib borish ajdodlarimizga yerga urug‘ qadash, sug‘orish mavsumi, hosilni yig‘ib olish vaqtini aniq bilishga imkon berdi. Bunday ko‘nikmalar mingyillar davomida to‘planib vaqt hisobi haqidagi fan – Xronologiyani vujudga keltirdi. Mazkur maqolada xronologiyaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ayrim o‘rta osiyolik olimlarning ayni fanga bag‘ishlangan tadqiqotlari xususida so‘z boradi
Keyingi yillarda anomal issiq, suv tanqisligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitlarda ekib yetishtirib kelinayotgan ozuqabop ekin turlari va navlari potensial hosildorligi kamayib ketadi, har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligi kamayib ketadi. Bu oʻz navbatida chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlashda oʻzining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bunday muammolar yechimida issiqqa, suv tanqisligiga bardoshli bo’lgan ozuqabop ekin turlari va navlarini sinash, seleksiya ishlarini olib borish, qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish, yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlganlarni tanlash va ularda keyinchalik ilmiy asosda birlamchi urugʻchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada rijik ekinini ayrim qimmatli xoʻjalik belgilarini oʻrganish natijalari keltirilgan.
Ingliz tilini o ʻ rganish va takomillashtirish,
shuningdek, bu yo ʻ nalishdagi faoliyatni tartibga
solish O ʻ zbekiston oliy o ʻ quv yurtlari nodavlat
oliy o ʻ quv yurtlari professor-o ʻ qituvchilari,
xususan, tibbiy-pedagogik kadrlar uchun
dolzarb vazifalardan biridir. Tibbiyot sohasi
uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash
zamon talablariga mos ish olib borish, ilg ʻ or
yangilanishlarga yetaklovchi muhim vazifalarni
bajarishga qaratilgan. Tibbiyot mutaxassisligi
doirasida ingliz tilini yuqori darajada bilish kasbiy
va innovatsion ko ʻ nikmalarni shakllantirishning
muhim omillaridan biridir. Bu esa, o ʻ z navbatida,
jahon tajribasini o ʻ rganish, xorijiy adabiyotlar bilan ishlash, tibbiyot sohasidagi xorijiy hamkasblar bilan muloqot qilish kabi yonalishlarni qamrab oluvchi haqiqatdir. Ingliz tilida talabalarni
o ʻ qitish, ularning soha doirasidagi bilimlarini
shakllantirishda yuqori ko ʻ rsatkichlarga erishish
vazifasining dolzarbligi mazkur izlanishda o ʻ z
ifodasini topgan.
Maqolada O‘zbekistonda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamdagi bozor islohotlari, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlarida ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalarini takomillashtirib borish va bu sohalarning ma’lum bir bo‘g‘ini bo‘lgan transport logistikasi sohasini rivojlantirishda investitsiyalarning tutgan roli va ahamiyati haqida o‘rganilgan va tahlil qilingan hamda tegishli xulosalar keltirilgan.