Maqolada ommaviy axborot vositalarining nafaqat kommunikativ, balki har qanday zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti uchun vosita sifatidagi ta'riflari ko'rib chiqiladi. Ommaviy axborot vositalarida tilning ishlashini o'rgangan olimlarning ta'riflari keltirilgan. Shu munosabat bilan uning paydo bo'lishining nazariy asoslari va ijtimoiy shart-sharoitlari, ommaviy axborot vositalarining o'rni, ommaviy axborot vositalarining ta'rifi, media lingvistikasining asosiy kategoriyasi sifatidagi o'ziga xos funktsiyalari ko'rib chiqilib, ommaviy axborot vositalari matnlarining turlari tavsiflanadi.
Ushbu maqolada talabalarda ijodiy faoliyat tajribalarini tarkib toptirish va rivojlantirishda o‘quv kurslari mazmunidan o‘rin olgan Keys-stadi topshiriqlari va qiyinlik darajalari produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) testlar muhim o‘rin tutadi. Shuni qayd etish lozimki, professor-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish, nazorat tarkibiga standart va nostandart test topshiriqlari va ularning turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Nostandart testlar orqali talabalar bilimini baholash ularning egallagan bilimlarini notanish vaziyatda qo‘llashga undaydi, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog‘liqligini sezishga olib keladi. Umuman olganda hayotiy muammolarga ijodiy yondashish va uni tezkorlik bilan oqilona hal etishga o‘rgatadi.
Мақолада иқтисодиётда солиқ юки ва уни баҳолаш муаммолари, солиқ юкини макродарада, мезодаражада, микродаражада баҳолаш ва ҳисоблаш каби муаммолар кўриб чиқилган. Шунингдек, иқтисодиётда солиқ юкини баҳолаш ва ҳисоблаш усуллари келтирилган
Mazkur maqolada O‘zbekistonning janubiy shaharlari markazlarini meʼmoriy-landshaft tashkil etishni takomillashtirish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish orqali ekologik muhitni yaxshilash dolzarb muammolardan biri ekanligi haqida so‘z borgan. Ma‘lumki, janubiy shaharlar iqlimi keskin kontinental bo‘lganligi sabab qishning qahratonini ham, yozning jaziramasini ham ushbu hududda kuzatish mumkin. Shu sababdan meʼmoriy-landshaftini tashkil etishda innovatsion loyihalar asosida barpo qilish maqsadga muvofiqligi hamda shahar me‘morchiligi, landshaft arxitekturasi va dizaynini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali hududlarni samarali landshaft tashkillashtirish yo‘llarini ko‘rsatib berish dolzarb ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida ma‘lumot berilgan.