Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda texnologiya fanining dolzarbligi aniqlandi, Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xotirasini, nutqini, diqqatini, tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish uchun amaliy mashg’ulotlar muhimligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning shaxsiy bilim faollik darajasi yetarli emas va uni oshirish uchun o‘qituvchi ta’lim faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan vositalardan foydalanishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning motivatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar qiziqarli ma’lumotlarni aniqladi. Ma’’lum bo‘lishicha, muvaffaqiyatli o‘qish uchun motivatsiyaning qiymati o‘quvchining aql-zakovatidan yuqoriroqdir. O‘quvchining qobiliyatlari yetarli darajada yuqori bo‘lmagan taqdirda yuqori ijobiy motivatsiya kompensatsiya qiluvchi omil rolini o‘ynashi mumkin, ammo bu tamoyil teskari yo‘nalishda ishlamaydi - hech qanday qobiliyat o‘quv motivining yo‘qligini yoki uning past jiddiyligini qoplay olmaydi va muhim akademik ta’sirni ta’minlay olmasligi tavsiflandi hamda imkoniyati cheklangan bolalarga texnologiya fanini o‘qitish jarayonida ta’limning, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilishning muhim ahamiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Bugungi kunda o‘simlik moylarini ishlab chiqarishda ekstraksion benzin qo‘llanib kelinmoqda. Ushbu erituvchi bir necha yillar davomida o‘simlik moylarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun xech bir qo‘shimchalar bilan boyitilmagan yoki uning o‘rniga boshqa turdagi erituvchi qo‘llanilayotgani yo‘q. Shu sababdan ushbu tadqiqot ishimizda ekstraksion benzin o‘rniga uning analogini taklif etdik. Olingan natijalar asosida taklif etilayotgan analogda an’anaviy ekstraksion benzinga nisbatan ham jarayonni jadallashtirish, ham olinadigan moyning sifatini oshirish mumkinligi aniqlangan.
Qadimgi sug'oriladigan och bo'z tuproqlar sharoitida Polovchanka bug'doy navi uchun organik o'g'it (go'ng) dan foydalanish fonida mineral o'g'itlarning maqbul normasini belgilash va ularning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifatiga ijobiy ta'sirini asoslash. o'rganilayotgan bug'doy navining hosilidan.
Maqolada musiqa madaniyati fani darslarida zamonaviy texnologiyalarni texnologiya qo‘llash, turli innovatsion texnologiya texnologiyalardan va didaktik ashyolardan samarali foydalanish haqida fikr yuritilgan.
Maqola O‘zbekistonRespublikasi ta’lim jarayoniga tatbtq qilingan Davlat ta’lim standartlarini Texnologiya ta’limi predmeti mashg‘ulotlarida amaliy qo‘llash xususiyatlariga qaratilgan. Xususan texnologiya fan predmetini o‘qitishga kompetensiyaviy yondoshuvning tatbiq qilinishi asoslari ko‘rib chiqilgan. Mashg‘ulotlar jarayonida Texnologiya fan predmeti bilan boshqa fan predmetlari o‘rtasidagi predmetlaro aloqadorlikni amalga oshirish asosida o‘quvchilarning ta’limiy kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari tadqiq qilingan.
Maqola boshlangʻich sinf texnologiya darslarini interfaol metodlar asosida samarali tashkil etishga qaratilgan. Xususan, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish orqali kafolatlangan natijalarga erishish mumkin ekanligi nazariy va amaliy dalillar asosida isbotlangan. Maqolada muallif texnologiya darslari orqali o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning mazmun–mohiyati, xususiyatlari, ob’ektlar - texnik va texnologik jarayonlar haqidagi bilimlarni interfaol metodlar yordamida chuqur o‘rgatishga asosiy e’tiborini qaratgan.
“Elcktron ta’lim” ta’lim jarayoniga tczlik bilan kirib kclmoqda. Ushbu maqolada uning yutug’i bilan birga elektron ta’limni joriy etishdagi muammolar taxlil qilinadi. Elektron ta’limni joriy etilishda “yangi pedagogik texnologiya”ni ishlab chiqish zarurati tug’iladi. Quyida “yangi pedagogic texnologiya” ta’rifi va kafolatli pedagogik jarayon loyixasi keltiriladi.
Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning xalq hunar-mandchiligini o‘rganishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini va amaliy bilimlarini shakllantirish yoritilgan