Maqolada buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojida qadimgi ulov vositalaridan biri tuyalarning o‘rni va ahamiyati. Shuningdek ularning turlari va xususiyatlari haqida arxeologik tadqiqotlar hamda tarixiy manbalarga suyanilgan holda atroflicha fikir yuritiladi.
Samarqand shahrining asosiy Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi uchun taklif qilinayotgan chorraha yechimi loyihasi bo‘lishiga qaramasdan, unda svetofor yo‘q, transportlar harakati uzluksiz, ya’ni taklifloyiha shunday loyihalashtirilganki, transportlarning hamma tomonga harakati svetoforsiz ham ta’minlangan; mavjud qurilgan binolarni buzib, orqaroqqa surishning hojati yo‘qyo‘lning mavjud gabaritidan maksimal darajada foydalanilgan; taklif qilinayotgan loyiha ni va bajarilgan ishlarni nafaqat Samarqand viloyatida, balki Respublikamizning boshqa aholisi zich, tirband ko‘chalarida loyihalash va ularni amalda qo‘llash maqsadida yuqoridagi amaliy tavsiyalarni hayotga tadbiq etish mumkin.
Maqolada Orta Osiyoda eclectic arxitekturaning shakllanishi va rivozhlanishi, shuningdek XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi arxitekturaviy merosni Uzbekiston shaharlari misolida konservatsiyasi va restavratsiyasi masalalari ko’rib chiqilgan.
Ushbu maqolada o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ularda o‘smir ruhiyati ifodasi, shuningdek, bola ruhiyatini tasvirlar ekan, unda yozuvchi biografiyasining qay darajada ishtirok etishi masalasiga ham batafsil to‘xtab o‘tilgan. Aslida, Har qanday badiiy asarda qaysidir darajada yozuvchining biografiyasi aks etishi tabiiy. Zero, yozuvchi asar yozar ekan, uning hayoti davomida duch kelgan voqealari hamda kechirgan his-tuyg‘ulari o‘sha asarda muhrlanib boradi. Biz yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari tahliliga to‘xtalar ekanmiz, ularda, avvalo, yozuvchining hayot yo‘li, xarakteri (tabiati) aks etishini ko‘ramiz.
Shuningdek, maqolada bugungi o‘zbek bolalar adabiyotidagi bosh muammo – bola tarbiyasida uning ruhiyati birlamchi ekanini badiiy asarlar misolida yoritib berildi. Bolalar uchun yozigan badiiy asar bola ruhiyatining in’ikosi ekani ta’kidlangan.
Мақолада замонавий АКТ ва Интернет тизимини туризм соҳасида қўллаш афзалликлари, жабҳалари ҳамда самарадорлиги кейинги 10 йиллик маълумотлар асосида тадқиқ этилган, уларнинг туризм маҳсулотларини ишлаб чиқаришни ўсишидаги улуши эконометрик усуллар ёрдамида аниқланди.Тадқиқот натижаларига биноан туризм тармоғининг юксалишида АКТ улуши 30 - 45 фоизни ташкил этди. AКТдан фойдаланувчиларига билим ва маълумотларга кириш, янги маълумотларни тўплаш
имкониятини беради. Тадқиқот давомида меҳнат ва AКТга инвестициялар билан тармоқ ўсиши ўртасида ижобий корреляция, аммо меҳмонхоналар сони билан манфий боғлиқлик тасдиқланди. Демак туристларни жойлаштиришдаги камчиликлар тармоқни
ривожланишидаги тўсиқлардан биридир. Соҳа ялпи маҳсулотининг капиталга нисбатан эластиклик коэффициенти 0,794, ишчи кучига нисбатан 0,113 ташкил этди.Бу жаҳонда ўтказилган тадқиқот натижаларига мос; Тармоқда АКТ ни қўллаш натижасида корхоналарнинг трансакцион харажатлари пасаяди, инновациялар тезлашади, фирмаларнинг рақобатбардошлиги ва иқтисодий самарадорлик ортади, бўлғувси сайёҳлар мамлакатимиз туризм имкониятлари ҳақида ахборотга эга бўлишади.
Mazkur maqola shaharlarda transport tizimini funksional rejalashtirishda hududning yuk va yo‘lovchi transport tizimini yani jamoat transporti tizimi muxandislik jihatdan rejalashtirish zaruzligi yoritilgan.
Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash,rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Ushbu maqolada direktorning kommunikativ strategiyalari maktab
rivojlanishida muhim o‘rin tutishi, uning qisqacha nazariy tahlili, maqsadga erishish yo‘li,
belgilangan harakatlardan iborat dasturiy reja ekanligi to‘g‘risida mushohada yuritiladi.
Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy salohiyatidagi o‘rni va aholi ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta’siri haqida so‘z boradi. Aholi turmush darajasini oshirishning eng muhim yo‘li kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Maqola mavzusini yoritishda xorijlik olimlarning ilmiy ishlaridan unumli foydalanildi.
Ammiakli selitra suyuqlanmasi va kukunsimon tabiiy gips (TG) hamda ammoniy sulfati ((NH4)2SO4) bilan aralashtirish yo‘li orqali olingan NS-o`g`itlar donalarining mustahkamligi, gigroskopik nuqtasi, suv bug‘larini yutish kinetikasi va namlikni yutish sig‘imlarini aniqlash natijalari keltirilgan.
Bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, ularning zamirida biz tanlagan va butun dunyo e’tirof etgan, “O‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘li turibdi. Ana shu yo‘lning ajralmas qismi bo‘lgan, yoshlarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgan ta’lim-tarbiya sohasi rivoji, har tomonlama etuk avlodni tarbiyalash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Ichak-miya o‘qi” bu markaziy asab tizimi va oshqozon-ichak trakti (OIT) o‘rtasidagi o‘zaro ta’siming ikki yo‘nalishli tizimi bo‘lib, u chambarchas bog‘liq nerv va gumoral yo‘llardan iborat. Hozirgi vaqtda gnotobiologik modeliar yordamida va mikrobiotani antibakterial preparatlar bilan timash xususiyati beruvchi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, ichak bakteriyalari ichak-miya o‘qida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu erda modulyator va signal yo‘li vositachisi sifatida faoliyat yuritadigan dalillar mavjud.
O‘tkir obstruktiv kalkulyoz xoletsistit bilan og‘rigan 126 nafar bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalari tahlil qilindi. Amalga oshirilgan operatsiyalarning xususiyatiga qarab, barcha bemorlar 2 guruhga bo'lingan: nazorat guruhi - an'anaviy xoletsistektomiya qilingan 50 bemor va asosiy guruh - LCE qilingan 76 bemor.
Asosiy guruhda, o't pufagi bo'yinining elementlarini aniqlashning iloji bo'lmaganda, muallif 37 bemorda bajarilgan LCE ni o'tkazish uchun original texnikani ishlab chiqdi, bu esa laparoskopik, hatto texnik jihatdan qiyin operatsiyalarni bajarishga imkon berdi, bu esa foizlarni kamaytiradi. minimal konvertatsiya qilish.
Muallif o't pufagi va uning to'shagini 0,4% EVR natriy gipoxlorit va ozonlangan eritmalar bilan sanitariya qilish usulini ishlab chiqdi, bu qorin bo'shlig'ini o't pufagining infektsiyalangan tarkibi bilan ifloslanishini oldini olishga va uning to'shagini va uning to'shagini sanitariya qilish imkonini berdi. ozonlangan eritma bilan subhepatik bo'shliq, patologik jarayonning qorin bo'shlig'iga tarqalishi.
Muallif o'tkir obstruktiv xoletsistit bilan og'rigan bemorlarni boshqarish va jarrohlik davolash taktikasini ishlab chiqdi, bu bemorlarning ushbu toifasini davolash natijalarini yaxshiladi va operatsiyadan keyingi asoratlar va o'lim holatlarini kamaytirdi.
Klinik natijalarni tahlil qilish asosida o'tkir xoletsistitda o't pufagiga laparoskopik aralashuvni o'tkazish uchun ko'rsatmalar va kontrendikatsiyalar ishlab chiqilgan.
Ishlab chiqilgan LCE usuli, o't pufagi bo'shlig'ini va uning to'shagini tavsiya etilgan antiseptiklar bilan sanitariya qilish, o'tkir obstruktiv xoletsistit bilan og'rigan bemorlarni davolash uchun ishlab chiqilgan taktikadan foydalanish davolash vaqtini 18,2 + 5,6 dan 6,1 + 1,9 kungacha qisqartirish imkonini berdi, va operatsiyadan keyingi asoratlarning chastotasini 26% dan 1,3% gacha kamaytirish.
Maqolada Turkiston xalqlari uchun nihoyatda og‘ir va ziddiyatli bo‘lgan XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi choragida yashab, faoliyat olib borgan ma’rifatparvar adib, jonkuyar pedagog Siddiqiy-Ajziyning hayoti va ijod yo‘li haqida fikr yuritiladi. Ushbu adibning xalqimiz ma’rifatini o‘stirish, ijtimoiy ongini rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatgan fidokorona shijoati, sabr-matonati, zahmatli mehnati haqidagi mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek maqolada Siddiqiy-Ajziy vafot etganidan buyon o‘tgan salkam yuz yil ichida adibning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan deyarli barcha ishlarga munosabat bildirib o‘til- gan. Ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilingan.
Siddiqiy-Ajziy XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Turkis-tondagi ijtimoiy, madaniy, fikriy va milliy uyg‘onish harakatining jonkuyar vakillaridan biri bo‘laganligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalardan bevosita yoki oraliq o'zgartirish yo‘li orqali olinadi. Buning uchun tabiiy organik energetik resurslardan va yadroviy yoqilg‘i, shuningdek, qayta tiklanuvchan energiyalardan, ya’ni daryolaming oqimi, sharshalar, okean oqimlari, quyosh radiatsiyasi, shamol, geotermal massalar va boshqalardan foydalaniladi. Elektr energiyasidan sanoat va qishloq xo‘jalik sohalarida, transportda, aloqa tizimlarida, fanda maishiy xizmatda kcng foydalaniladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni tarqatish energetika sohasiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun energetika xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i hisoblanadi.