Maqolada zamonaviy ta'lim va zamonaviy pedagogik tizimlar ko'rib chiqildi. Ushbu tizimlar o'qituvchilarning kasbiy va pedagogik tayyorgarligiga yangi talablar qo'ydilar. Zamonaviy o'qituvchi ta'lim sifatini ta'minlashga, mustaqil ravishda bilim oladigan, yangicha fikrlaydigan va olgan bilimlarini real hayotda qo'llay oladigan talabalar shaxsini rivojlantirishga hissa qo'shishi kerarligi bilan ajralib turadi. Tajribali va malakali o'qituvchini tayyorlashda jahon tillari birinchi o'rinda turadi. Kompetentsiyaviy yondashuv sharoitida oliy ta'lim tizimining faoliyati va rivojlanishi samaradorligini belgilovchi omillar biri bu zamonaviy ta'lim muhitidir. Uning nafaqat gumanistik yo'nalishini, balki innovatsion tabiatini ham ta'minlash muhimdir. Bunday ta'lim muhitining shakllanish darajasiga qarab, mamlakatning barcha ta'lim muassasalarini pedagogika fanining so'nggi yutuqlariga yo'naltirilgan an'anaviy va innovatsion muassasalarga bo'lish odatiy holdir
Maqolada oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari bayon qilingan. Fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va didaktik vositalardan foydalanish, mustaqil ta’limni tashkil etish va innovatsion yondashuvning ahamiyati ochib berilgan.