O‘QUV – METODIK TA’ MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH
Ushbu maqolada informatika darslarida o‘quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan tanishish jarayonini tashkil etish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol ta’lim metodlarining samaradorligi tahlil qilinib, Jigsaw, Elektron portfolio, Klaster, Fikrlar doirasi, Rol o‘ynash va Blits-so‘rov kabi metodlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri o‘rgandim. Maqolada 11-"A" va 11-"B" sinflari misolida interfaol va an’anaviy metodlar natijalari taqqoslanib, interfaol yondashuv qo‘llanilgan sinfda darsga qiziqish va o‘zlashtirish sifati yuqoriligini aniqladim. Tahlil natijalariga ko‘ra, informatika darslarida elektron portfoliolar yaratish, o‘quvchilarni mustaqil tadqiqotga yo‘naltirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish samarali ekanini aniqladim. Maqolada informatika o‘qituvchilari uchun interfaol metodlarni keng joriy etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdim.Ushbu maqola informatika fani bo‘yicha dars samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar, ta’lim mutaxassislari va tadqiqotchilar uchun foydali tavsiyalarni taqdim etdim.