Bolalarda uchraydigan ensefalom1 yelopol1 radikulonevritlarni klinik va neyrovizl al tekshirish

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
6-11
47
1
Поделиться
Гайбиев, А., Джурабекова, А., & Ниязов, Ш. (2022). Bolalarda uchraydigan ensefalom1 yelopol1 radikulonevritlarni klinik va neyrovizl al tekshirish. Журнал вестник врача, 1(4), 6–11. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/10745
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bolalarda uchraydigan markaziy va periferik asab tizimining infeksion kasalliklari aholi o’rtasida keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi. Nerv sistemasining infeksion kasal liklarida o’lim va nogironlik yuqori bo’lganligi tufayli O’zbekiston va boshqa davlatlarda jiddiy moddiy va tibbiy muammolarni yuzaga keltirmoqda

Похожие статьи


background image

<Вестниқурача, Самарканд

2012,

Л5

4

«Doklor axborotnomasi, Samarqand

6

BOLALARDA UCHRAYDIGAN ENSEFALOM1YELOPOL1RADIKULO-
NEVRITLARNI KLINIK VA NEYROVIZL AL TEKSHIRISH

SamMI (rektori - prof. Shamsiev A.M.) Nevrologiya kafedrasi

Dolzarbligi:

Bolalarda uchraydigan markaziy va

periferik asab tizimining infeksion kasalliklari aholi o’rtasida
keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi. Nerv sistemasining
infeksion kasal liklarida o’lim va nogironlik yuqori
bo’lganligi tufayli O’zbekiston va boshqa davlatlarda jiddiy
moddiy va tibbiy muammolarni yuzaga keltirmoqda [ 1,4].

MNS

ning

infeksion

kasalliklari

o’rtasida

ensefalomiyelopoliradikulonevritlar (EMPRN) alohida o’rin
tutadi. EMPRN ning qayd etilishi bir million aholiga o’rtacha
4-5 tani tashkil etadi. Bolalarda esa kasallikni chaqiruvchi
etiologik omilga bog’liq holda 1 000 000 ga 1,34-5,6 ni
tashkil etadi [6]. Ammo, adabiyotlarda kasal- likning
etiologik faktor bo’yicha aholi o’rtasida tarqalishi va
taqsimlanishi to’g’risida aniq bir ma’lumot shu kungacha
ma’lum emas. O’zbe- kistonda xozirgacha MNS infeksion
kasalliklari epidemiologiyasini o’rganish dolzarbligicha
qolmoqda [2, 8].

Ba’zi

mualliflarning

ta’kidlashicha,

Rossiyada

qizamiqdan keyingi EMPRN lar 1:1000 nisbatni tashkil qilib,
tirik vaksina bi Ian emlangan 1 mln aholiga 1-2 holat to’g’ri
kelishi mumkin. Kasallikning 5%i emlashdan keyin yuz
beradi [1,3, 4.|. Kuzatuvlarga qaraganda suvchechakdan
so'ng 0,06-7,5% holatda EMPRN rivojlanib, bu esa bar- cha
EMPRN ning 15,9% ni tashkil etadi [2, 5. 6].
Poliradikulonevrit (PRN) qizil yuguruk (sis- temnaya
krasnaya volchanka) va boshqa koila- genozlar asorati
sifatida 1-2% xolatda uchrashi aniqlangan [5].

So’nggi yillarda EMPRN dan keyingi aso- ratlarni

davolash mushkul bo’lganligi sababli nogironlik 30,0-45,0%,
letallik 20,0-35,0% ni tashkil etmoqda [3, 4].

Adabiyotlar tahlilidan aniqlandiki, ko’pgina ilmiy ishlar

kasallikning mavsumiyligiga bag’ishlangan, bu kasallikning
o’g’il bolalar o’rtasida ko’p uchrashini ko’rsatuvchi ilmiy
izlan- ishlar ham yo’q emas. Adabiyotlarda kasallik
rivojlanishi

zaminida

asab

xujayrasining

demiy-

elinizasiyajarayoni yotishi aytib o’tilgan [1,3].

EMPRN o’tkazgan bolalarda ish qobili- yatining va o’z-

o’ziga xizmat qilish xususiyatining yo’qolishi, kasallikning
og’irlik darajasiga, hamda jarayonning 2-3 oydan yillab
kechishiga bog’liqligini e’tiborga olishimiz lozim- dir.
Ko’pgina holatlarda bemorlar o’z-o’ziga xizmat qila
olishmaydi. EMPRN o’tkazgandan keyin esa quyidagi
turg’un patologik jarayonlar kelib chiqishi mumkin:
vestibulyar, vegetativ, harakat, psixosensor buzilishlar
hamda talvasa sindromiari. EMPRN laming oqibati
jarayonning joylashgan joyi va tarqalishi. sezgi, harakat va
chanoq a’zolari faoliyatining zararlanish darajasiga
bog’liqdir [6, 7].

EMPRN iarni davolash va reabilitasiyasi qiyinchiliklar

tug’dirishi. hamda kasallik sonining o’sib borishi xanuzgacha
dolzarb tibbiy niuammo bo’lib qolmoqda.

Tadqiqot maqsadi:

EMPRN klinik

kechishini o’rganish va kompleks patogenetik davo

choralarini ishlab chiqish.

Tekshirish usuli va material!:

Obyektiv nevrologik

tekshiruv maqsadida 60 nafar bemor hisobga olindi. Ulardan
EMPRN 18 ta (55,9%), miyelopoliradikulonevritlar (MPR) -
20 ta (22,9%) va PRN 22 tani tashkil etdi.

Tekshirish

natijalari:

Kasallikning

og’irligi,

nevrologik yetishmovchiligi, hamda hushning bu- zilish
darajasi belgilangan MAST shkalasi bo’yicha baholandi.
Bemorlarni tekshirish, davolash va kuzatish SamMI
klinikasining bolalar asab kasalliklari bo’limida o’tkazildi.
EMPRN. MPR va PRN tashxislari klinik belgilar, laborator
ko’rsatkichlar (umumiy qon va siydik tahlillari), KT va MRT
tekshirishlar natijalariga tayangan holda tasdiqlandi.

1-jadvalda ko’rsatilganidek. EMPRN bemor- larning

ko’p qismini o’g’il bolalar - 11 (61.1%). qiz bolalar - 7 ta
(38.9%) ni tashkil qildi. Bunda qizlar va o’g’il bolalar nisbati
1:1,57 ga mos ke- ladi. MPRN da 11 (55,0%) tasini o’g’il
bolalar va 9 (45,0%) nafarini qizlar. o’g’il bolalarning
qizlarga nisbati 1,22:1 ni tashkil etdi. PRN da ham
bemorlarning ko’pchiligini, ya’ni 14 tasini (63,64%) o’g’il
bolalar va 8 tasini (36,36%) qiz bolalar, ularning nisbati esa
1,75:1 ni tashkil qi- ladi.

Qiz va o’g’il bolalarni yoshga qarab guruh- larga

ajratganimizda ma’lum bo’ldiki, 4-6 yoshgacha bo’lgan
EMPRN bemorlarda o’g’il bolalar 5 ta (62,5%), qizlar 3 ta
(37,5%), o’g’il va qizlar nisbati 1,67:1 ni tashkil qildi. 4-6
yoshli MPRN bemorlarda qizlar o’g’illarga nisbatan biroz
ko’proq qismini tashkil etgani sababli, qiz. va o’g’il bolalar
nisbati 1,25:1 ni tashkil etdi. 4-6 yoshgacha bo’lgan PRN
bemorlarda qiz va o’g’il bolalar nisbati 1:1,5 ni tashkil qildi.

7-14 yoshda EMPRN bemorlarda o’g’il bolalar 6 ta

(60%), kizlar 4 ta (40%), o’g’il va qiz bolalar nisbati 1,5:1 ni
tashkil qildi. 7-14 yoshda MPRN da o’g’il va qizlar nisbati
1,75:1 ni. PRN da esa nisbat 2:1 ni tashkil qildi (2. 3 va 4-
jadvallar).

G’aybiyev A. A,
Djurabekova A. T.,

Niyozov Sh. T.


background image

Яестниқарачй Слмар-қано

2012,

4

Dokicr axborotnomasi, Samarkand

7

Bemor bolalarni jinsi bo’yicha taqsimoti

Jinsi

EMPRN (n=18)

MPRN (n=20)

PRN (n=22)

Jami (n=60)

abs.

%

abs.

%

Abs.

%

abs.

%

Qiz bolalar

7

38,9

9

45.0

8

36,36

24

40.0

O’g’il bolalar

11

61,1

11

55,0

14

63,64

36

60,0

2-jadval

Ensefalomiyelopoliradikuloncvritda qiz va o’g’il bolalarni yoshi bo’yicha taqsimoti

Yoshi

Qiz bolalar (n=7)

O’g’il bolalar (n=l 1)

Jami (n=18)

abs.

%

abs.

%

abs.

%

4-6 yosh

3

42,86

5

45,45

8

44,44

7-14 yosh

4

57,14

6

54.55

10

55,56

3-

jad.val

Miyelopoliradikulonevritda qiz va o’g’il bolalarni yoshi bo’yicha taqsimoti

Yoshi

Qiz bolalar (n=9)

O’g’il bolalar (n=l 1)

Jami (ri-20)

abs.

%

abs.

%

abs.

%

4-6 yosh

5

55,56

4

36,36

9

45,0

7-14 yosh

4

44,44

7

63,64

11

55,0

4-

jadval

Poliradikulonevritda qiz va o’g’il bolalarni yoshi bo’yicha taqsimoti

Yoshi

Qiz. bolalar (n=8)

O’g’il bolalar (n=14) Jami (n=22)

abs.

%

abs.

%

abs.

%

4-6 yosh

4

50,0

6

42,86

10 45,45

7-14 yosh

4

50,0

8

57,14

12 54,55

EMPRN. MPRN va PRN o’rtasida qiz va o’g’il

bolalaming uchrash chastotasini tahlil qilib chiqqanimizda
quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ldik: EMPRN o’rtasida qiz
bolalar soni 7 ta (38,9%), o’g’il bolalar soni 11 ta (61,1%) ni
tashkilqildi, MPRN da qiz bolalar 9 ta (45%) va;' o’g’il bolalar
11 tani (55%) tashkil qildi. PRN da ham xuddi shunga
o’xshash, ya’ni qiz bolalar 8 ta (36,36%), o’g’il bolalar 14
(63,64) tani tashkil qildi.

./■

Shunday qilib, tekshiruvlar natijasi EMPRN, MPRN va

PRN ning har xil yoshli va jinsli bolalar o’rtasida qchrashini
ko’rsatdi. EMPRN, MPRN va PRN eng ko’p 7-14 yoshli
bolalar o’rtasida va qizlarga nisbatan o’g’il bolalar o’rtasida
uchrashi ma’lum bo’ldi. Jins va yoshga nisbatan taqqoslash
tahlili barcha guruh bemorlarida qizlarga nisbatan o’g’il
bolalarda ko’proq uchrashi aniqlandi.

Kasallik tashxisi anamnez, klinik-nevrologik, KT,

umumiy qon va siydik tahlillarga asoslanib qo’yildi.

Kasallikning og’irlik, nevrologik nuqson va es-xushning

buzilish darajalari MAST shkalasi yordamida baholapdi.
MAST shkalasi yordamida bemorning hush hblati. nulqi. qo’l
va oyoqlarning inushaklar kuchi, m'ushaklar tonusi.
oriyentasiyasi ytfrishini ball bo’yicha baholash tnumkin.
Kasallikning har bir ko’rsatkichi shkalada joriy etilg^Hohida
ballarga cgadir. Mazkur shkalani, bemori|ing davolanguncha

va davolashdan keyijigfr- ahvolini ballarda baxolash, hamda
bemoaning umumiy axvolini qiyosjy taqqoslash rhumkhi
bb’lganli sababli, vrdchlar amaliyotida qqlay va sodda
shkalalar qatoriga kirgizish miimkin. Belgilangan MAST
shkalasi bo’yicha norma 85-115 ball. Patalogiyada minimal
ball - 0 ball. Kasallikning og’irlik darajasi mezonlari: yengil
daraja -84-63, o’rta og’ir-62-47,-ball’ og’ir daraja-46-21 ball,
juda og’ir holatda 20 balldan past.

EMPRN. MPRN va PRN neyrovizualizasiya usullari

yordamida tashxis qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi, lekin KT
va MRT lurli xil sezgirlikka va spisefiklikka ega. Bugungi
kungi

1-jadval


background image

(Цестниҳ^врача, Самарканд

2012, We 4

•Doctor axborotnomasi, Samarqancf

8

rivojlanish etapida bosh miya KT si birinchi 5 sutkada
yallig’lanish o’chog’ini joylashish joyini, hajmini va
xususiyatini aniqlab beradi. Ba’zi holatlarda kasallik
boshlangandan so’ng bir necha soat o’tgach bilvosita
belgilarini aniqlashimiz mumkin (egatlaming tekislashishi,
po’stloq va po’stloq osti yadrolar soxasida kulrang va oq
modda shakllanishi buziladi, chiziqli gipertenzivlik simptomi
aniqlanadi).

Nerv sistemasining

yallig’lanish

kasalliklariga tashxis

qo’yishda neyrovizual- izasion

tekshirish usullaridan KT va MRT katta ahamiyatga egadir.
Bemorlarning qariyib 45%dan ortig’ida KT va MRT
tekshirish usullari o’tkazildi.

Bosh miya yallig’lanish kasailiklarida rentgenologik

tasvirida bosh miya po’stlog’ining atrofiyasi va gidrosefaliya
kabi alomatlar kuzatilishi mumkin. MNS yallig’lanish
kasalliklarining erta davrlarida komyuter- tomografiya
natijalarida keng zararlanish belgilari kuzatiladi (mass-
effekt). Kasallikning o’tkir davrida KT da aniqlanadigan har-
xil zichlikdagi patologik o’choqlar nekroz va shish alomatlari
bilan izohlanadi. Mazkur asoratlaming namoyon bo’lishi bosh
miyada shish va nekrotik jarayonning tarqalish va og’irlik
darajasiga bog’liq bo’lib, shish yallig’lanishning perifokal
sohalarida, flebit yoki tromboflebit holatlarida shish bosh
miyaning ma’lum bir yoki barcha qismiga tarqalishi mumkin.
Nekroz

sohaga

qon

quyulishi

MNS

yalligTanish

kasailiklarida kamdan-kam holatlarda uchrab, ensefalitlarda
bosh miyaning venoz patologiyasida uchrashi ehtimoldan xoli
emas.

Nekrotik EMPRN ilk kunlarida KTdagi to’g’ridan to’g’ri

alomatlaridan bosh miya suratida zichlikning pasayishi
hisoblanadi. Kasallikning bu davrida past zichlikdagi
gomogen sohadagi patologik jarayon aniq bir chegaraga ega
bo’lmay, bosh miya po’stlog’ining bir yoki bir qancha
sohalarini egallab olishi mumkin. Past zichlikdagi sohalar
bosh miyaning peshona, chakka va tepa sohalarida, ba'zida
yarim sharlarning katta qismini ham egallashi mumkin (1-
rasm).

Nekrotik EMPRNing 1-2 haftasida rivojlangan shish

alomatlari ustunlik qiladi. Nekroz sohaga qon quyulish
holatlari kuzatilib, bu belgi Ktda gipodensiv sohaning
chekkalarida yuqori zichlikdagi halqasimon ko’rinishda
namoyon boTadi.

Ensefalitning kechishini barcha davrlarida bosh miyada

KT tasvirida o’zgarish topilmaslik kamdan-kam holatlarda
kuzatiladi. Kasallikning o’tkir davrida gipodensiv soha aniq
bir chegaraga ega bo’lmay, past zichlikda gomogen yoki
gomogen bo’lmasligi mumkin. Jarayonning ikki tomonlama
bo’lishi ham kam holatlarda yuz beradi (2-rasm).

Kasallikning 3-5-7-haftalarida bosh miyada past

zichlikdagi o’choq aniq namoyon bo’lishi 3 (12,0%) ta
bemorda aniqlandi. Bu o’zgarishlar asta-sekinlik bilan bosh
miya shishi va nekrozining orqaga qaytishi bilan ifodalanadi.
Mass-effekt belgilari kasallikning o’tkir davriga xos
bo’lganligi sababli bu davrda ushbu belgi iar kuzatilmadi.
Yallig’lanish o’chog’iga yaqin joylashgan bosh miya
qorinchalari qismlarining kengayishi 4 (24,0%) ta bemorda
kuzatildi. Kasallikning kcchki davrlarida. jarayonning butun
yarim sharlar bo’ylab tarqalishida qorinchalarning tarqoq
kengayishi kuzatildi (3- va 4-rasmlar).













Bosh miya peshona. chakka va tepa sohasida past

zichlikdagi sohalar mavjud. 1-rasm. Kasallikning 1-2

haftasida

Bosh miyada deyarli patologik o’zgarish

alomatlari aniqlanmaydi.

2-rasm. Kasallikning 2-3 haftasida


background image

Фестниқ врача, Самарканд

2012, % 4

(Doctor aj(6orotnomasi, Samarqand

9











3-

rasm. Kasallikning 3-5-7-haftasida.Yallig’lanish o’chog’ining

yaqqol namoyon bo’lishi

4-

rasm.Kasallikning 5-7-haftasida. Yallig’lanish o'chog’iga yaqin joylashgan bosh miya qorinchalari

qismlarining kengaygan, jarayon butun yarim sharlar bo’ylab tarqalishida qorinchalarning tarqoq kengaygan

Bu simptomni nekrotik ensefalitning «Eski» jarayoniga

aloqador deyishimizga to’g’ri keladi. Bemorlarining 2
nafarida kasallikning kechki davrida ham mass-effekt
alomatlari aniqlanib, bu esa yallig’lanish jarayonining hali
ham davom etayotganidan dalolat berdi va morfologik
suratida bosh miyada yangi nekrotik o’choqlarning
aniqlanishi ham ehtimoldan holi emas (5-rasm).

EMPRN ning 1-guruh bemorlarida an'anaviy davo

usulidan so’ng bosh iniyada eng erta asoratlardan
okklyuzion gidrosefaliya kuzatildi, shuningdek. bir qancha

bemorlarda (n=5; 27,8%) bosh miya pa’stlog’i hamda
to’qimasining atrofiyasi KT tekshirish usuli yordamida
aniqlandi (6-rasm).

Orqa miyadagi yallig’lanish jarayonini aniqlashda KT

kam ma'lumotli bo’lgani sababli orqa miyadagi yallig’lanish
jarayonini aniqlash maqsadida MRT tekshirish usuli
o’tkazildi. 4 ta bemorda an'anaviy davodan so’ng MRT
sur’atda. orqa miya kanalining miya to’qimasi atrofiyasi
evaziga kengayishi kuzatildi (8-rasm).


background image

%ес1пниқврача, Самарканд

.2012, № 4

'Dol{tof a^borotnomasi, Samarqand

10

5-

rasm. Kasallikning 210-kunida. Bosh tniya

chakka-ensa

sohasidagi

mass-effekt alomatlari

6-

rasm. Kasallikning erta asorati. Okklyuzion

gidrosetaliya. Miya qorinchalarining diffuz kengayish

alomatlari









7-rasin. Kasallikning kechki 180-kuni. Bosh miyada

kam rivojlangan shish alomati mavjud

8-rasm. Kasallikning kechki 30-kuni. Orqa miya

to’qimasi atrofisi evaziga,

orqa miya kanalining kengayishi










Orqa miyato’qimasi shishi evaziga, orqa miya

kanalining torayishi

9-rasm. Kasallikning ertadavri

Orqa miya to’qimasida va kanalda patologik jarayon

kuzatilmaydi

10-rasm. Davodan so’ng


background image

(Вестниқ^врача, Самарканд

2012, LN» 4

(Doctor aj(6orotnoinasi, Samarqand

11

Xulosa

Shunday qilib, tekshiruvlar natijasi EMPRN, MPRN va

PRN ning har xil yoshli va jinsli bolalar o’rtasida uchrashini
ko’rsatdi. EMPRN, MPRN va PRN eng ko’p 7-14 yoshli
bolalar o’rtasida va qizlarga nisbatan o’g'il bolalar o’rtasida

ko’p uchrashi ma’lum bo’ldi. Jins va yoshga nisbatan taqqoslash
tahlili barcha guruh bemorlarida qizlarga nisbatan o’g’il bolalarda
ko’proq uchrashi aniqlandi.

Adabiyotlar

1.

Балмасова И.П., Тимченко О.Л., Морозова H.A., Гультяев М.М.,Юшик N.D. Иммунологические аспекты

патогенеза синдрома Гийен-Барре. Иммунология. 2010. №1. С - 38 - 42.

2.

Бембеева Р.С. Острый диссеменированный энцефаломиелит. Лечащий врач. - М.: 2008. - № I.- с.37-41

3.

Гусев Е.И., Бойко А.Н. Демиелинизирующие заболевания центральной нервной системы. - Consilium-

Medicum, 2009. - Т.2.-№2. - с. 96-120

4.

Жаббарова А.Т. Давлетина Р.И., Михайлов А.И., Богданов Ш.Е. Гидромиелия при димиелинизирующих и

дизиммунных миелопатиях // Неврологический вестник. - Москва, 2010. - №1 - с.115-120.

5.

Яхно Н.Н., Шмитд Т.Е., Дамулин И.В.. Герасимова А.Е., Казанцев К.1О. Мультифазный острый рассеянный

энцефаломиелит // Неврологический журнал. - 2010. - №6., с - 40 - 46.

6.

Aquil N, Khan IA, Soomro В. Guillain Barre syndrome in a family: a case report of four siblings. J Coll Physicians

Surg Pak. 2011 Mar;21 (3): 179-81.

7.

Benedetti L, Briani C, Franciotta D, Fazio R, Paolasso I, Comi C, LuigettiM,Sabalelli M, Giannini F, Mancardi GL,

Schenone A, Nobile-Orazio E, Cocito D. Rituximab in patients with chronic inflammatory' demyelinating
polyradiculoneuropathy: a report of 13 cases and review of the literature. . J NeurolNeurosurg Psychiatry. 2011 Mar;82
(3):306-8. Epub 2010 Jul 16.

8.

Niimi N., Kohyama K., Kamei S., Matsumoto Y. Intra venous immunoglobulin therapy prevents development of

autoimmune encephalomyelitis and suppresses activation of matrix metalloproteinases // MultScler. - 2011.-№17(4). -
P.441-448.

SURUNKALI YIRINGLI O RTA OTIT BILAN KASALLANGAN BOLALARDA,

QULOQ AJRALMASIDAGI MIKROFLORANING VIRULENTLIGIGA NISBATAN,
QONDAG1 NEYTROFILLAR MIQDORINING O’ZGARISHINl BAXOLASH

Samarqand Davlat Tibbyot Instituti (rektori - prof. Shamsiev A.M.) Otorinolaringologiya

kafedrasi

Hozirgi vaqtda bolalar o’rtasida surunkali yiringli o’rta

otit kasalligining ko’payib borishi pediatriya va
otorinolaringologiya sohasining dol- zarb muammolaridan
biri bo’lib kelmoqda.

Bu kasallik ko’pincha ikkilamchi bo’lib 81,7% hollarda

yiringli sinusitlar sababli yuzaga keladi. Yosh bolalarda
yiringli mezotim-panitlam- ing ko’p uchrash sabablaridan
asosiysi, ulardagi LOR a’zolarining o’ziga xos anatomik
xususiyatlari, ko’p uchraydigan infeksion kasalli- klar
natijasida orttirilgan immunitet zaifligi hisoblanadi [5].

LOR kasalliklari ichida surunkali yiringli o’rta otit

Rossiyada 4-5%, O’zbekistonda esa bu kasallik 6.4 - 7%
bemorlarga to’g’ri keladi. Quloq kasalliklari ichida surunkali
yiringli o’rta otit 36.4% ni tashkil qiladi. Shulardan surunkali
yiringli o’rta otit - inezotimpanit 55% ni egallaydi.

Oxirgi paytlarda surunkali yiringli o’rta otitlar kattalar va

yosh bolalar o’rtasida bir muncha oshi- shi kuzatilmoqda. Bu
organizmning immun reakti- vligi pasayishi, antibiotiklarga
chidamli mikroor- ganizmlar, endo va ekzo allergenlar
ta’siriga or- ganizm sensibilizatsiyasi, o’tkir yiringli o’rta
otitlarning noeffektiv davolanishiga bog’liqdir.

Surunkali yiringli o’rta otit ijtimoiy ahamiyatga ega

bo’lib, asorati sifatida neyrosen- sor qattiqquloqlilik
kasalligini keltirib chiqarishi bo’yicha ikkinchi o’rinda
turadi.

Surunkali yiringli o’rta otitlarda quyidagicha

bakteriologik ekish natijalarini qayd etishgan: Pseudomonos
aeruginoza (42,1%), Staphylo-coc- cus aureus (39,8%),
Proteus vulgaris (33,2%), Eschericha coli (8,3%), Clebsiella
pneumonia. Anaerob floradan esa Bacterioides fragile,

Pepto-

streptococcus

intermedius,

Clostridium

lar

bakteriologik tckshirishlar natijasida aniqlangan.

Surunkali yiringli o’rta otit bilan kasallangan

bemorlardan 31,6% da quloq zamburug’li infeksiyalari,
ayniqsa Aspergillus, Candida, Mu- cor, Monosporium lar
ko’p uchrashi kuzatilgan. Zamburug’lar rivojlanishi uchun
namlik. 37°C li harorat va ekssudat yig’ilishi qulay sharoit
hisoblanadi.

O’rta

quloqda

surunkali

jarayonning

tez-tez

takrorlanishi natijasida, o’rta quloq shilliq qavatining qon
bilan ta’minlanishi buziladi, bu esa maxalliy immun.
fagositar va fermentativ akti- vlikning kamayib ketishiga olib
keladi [2]. Shu bilan bir qatorda chakka suyagining
pnevmatik aktivligi ham pasayishiga sababchi bo’ladi, na

Matniyazov G’. A.,
Nasretdinova M. T.,
Aslanov E.A.

Библиографические ссылки

Балмасова И.П., Тимченко О.Л., Морозова Н.А., Гультяев М.М.,Юшик N.D. Иммунологические аспекты патогенеза синдрома Гийен-Барре. Иммунология. 2010. №1. С - 38 - 42.

Бембеева Р.С. Острый диссеменированный энцефаломиелит. Лечащий врач. - М.: 2008. - № I.- с.37-41

Гусев Е.И., Бойко А.Н. Демиелинизирующие заболевания центральной нервной системы. - Consilium-Medicum, 2009. - Т.2.-№2. - с. 96-120

Жаббарова А.Т. Давлетина Р.И., Михайлов А.И., Богданов Ш.Е. Гидромиелия при димиелинизирующих и дизиммунных миелопатиях// Неврологический вестник. - Москва, 2010. - №1 - с. 115-120.

Яхно Н.Н., Шмитд Т.Е., Дамулин И.В.. Герасимова А.Е., Казанцев К. Ю. Мультифазный острый рассеянный энцефаломиелит // Неврологический журнал. - 2010. - №6., с - 40 - 46.

Aqui 1 N, Khan IA, Soomro В. Guillain Barre syndrome in a family: a case report of four siblings. J Coll Physicians Surg Pak. 2011 Mar;21 (3): 179-81.

Benedetti L, Briani C, Franciotta D, Fazio R, Paolasso I, Comi C, LuigettiM,Sabalelli M, Giannini F, Mancardi GL, Schenone A, Nobile-Orazio E, Cocito D. Rituximab in patients with chronic inflammatory' demyelinating polyradiculoneuropathy: a report of 13 cases and review of the literature. . J NeurolNeurosurg Psychiatry. 2011 Mar;82 (3):306-8. Epub 2010 Jul 16.

Niimi N., Kohyama K., Kamei S., Matsumoto Y. Intra venous immunoglobulin therapy prevents development of autoimmune encephalomyelitis and suppresses activation of matrix metalloproteinases // MultScler. - 2011.-№17(4). -p.441-448.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов