Bachadon1 сш vositasi qo’llanilganda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlar

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
26-27
35
17
Поделиться
Кодирова, Ш., Ахмедов, И., Саматова, Ф., Нигмаджанов, Б., & Фаттаева, Ш. (2013). Bachadon1 сш vositasi qo’llanilganda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlar. Журнал вестник врача, 1(4), 26–27. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/6639
Ш Кодирова, Самаркандский государственный медицинский институт

Педиатрический факультет акушерства и кафедра гинекологии

И Ахмедов, Самаркандский государственный медицинский институт

Педиатрический факультет акушерства и кафедра гинекологии

Ф Саматова, Самаркандский государственный медицинский институт

Педиатрический факультет акушерства и кафедра гинекологии

Б Нигмаджанов, Самаркандский государственный медицинский институт

Педиатрический факультет акушерства и кафедра гинекологии

Ш Фаттаева, Самаркандский государственный медицинский институт

Педиатрический факультет акушерства и кафедра гинекологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bachadon ichi vositasi (BIV) dunyoda xirurgik sterilizatsiyadan keyingi keng tarqalgan ommabop kontrasepsiya usullaridan bin hisoblanadi. Eng so’nggi statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatdiki, kontrasepsiyaning bu usulidan foydalanishning 16,5% reproduktiv yoshdagi ayollar zimmasiga to’g’ri keladi

Похожие статьи


background image

(Doctor axfiorotnomasi, Samarqand

2013, № 4

(Вестник.врача, Самарканд

BACHADON1СШ VOSITASI QO’LLANILGANDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO’LGAN
ASORATLAR

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti (rektor - prof. A. M. Shamsiyev) Pediatriya fakulteti Akusherlik va
ginekologiya kafedrasi (mudiri - prof. B.B. Negmadjanov)

Mavzuning dolzarbligi.

Bachadon ichi vositasi (BIV)

dunyoda xirurgik sterilizatsiyadan keyingi keng tarqalgan
ommabop kontrasepsiya usullaridan bin hisoblanadi. Eng
so’nggi

statistik

ma’lumotlar

shuni

ko’rsatdiki,

kontrasepsiyaning bu usulidan foydalanishning 16,5%
reproduktiv yoshdagi ayollar zimmasiga to’g’ri keladi. Bu
usulning yuqori effektivligi bilan bir qatorda o’ziga yarasha
kamchiliklarini aytib o’tish joiz. Eng ko’p uchraydigan
asoratlari og’riq sindromi (14%), hayz siklining buzilishi (1,5-
2%), ek- spulsiyalar (0,7-30%), bachadon bo’yni patologiyalari
(20,4%), kichik chanoq organlari yallig’lanish kasalliklari
(0,43 - 9%), perforatsiya (0,2-1,2%), homiladorlik (0,5-2%),
bachadondan tashqari homiladorlik (1,9-9,25%) va h.k.
Bundan

tashqari

BlVdan

foydalanadigan

ayollaming

ko’pchiligida somatik patologiyalamig uchrash ko’rsatkichi
ham ancha yuqori. Ulardan anemiya 80,6%, oshqozon ichak
trakti kasalliklari 32,3% va siydik ajratish sistemasi kasalliklari
12,5% hol- larda uchraydi. Shu bilan bir qatorda, BIV olib
tashlangandan so’ng homiladorlik yuzaga kelgan holatlarda
homiladorlik va tug’ruqning ko’plab asoratlar bilan kechishi
ham diqqatga sazovordir: qusish sindromi (74,1±2,7), bola
tashlash xavfi (42,6±3,0), ko’psuvlilik (5,3±1,4), platsentaning
oldinda yotishi (4,1±1,2), homila rivojlanishining orqada
qolish sindromi (17,8±2,4), tug’ruq kuchlari anomaliyalari
(8,4±1,7), tug’ruqning uchinchi davrida qon ketishlar
(6,4±1,5), chaqaloqlar asfiksiyasi (36,9±3,0), perinatal o’lim
shular jumlasidandir. BIV ta’sirida yuqorida aytib o’tilgan
asoratlaming ko’plab uchrashi bizni bu mavzu bo’yicha ilmiy
izlanish olib borishga undadi.

Loyihaning maqsadi:

Bachadon ichi vositasining

asoratlarini o’rganish.

Tadqiqot

material!

va

uslublari:

Tadqiqot

Samarqand shahar №3 sonli tug’ruqxonasining ginekologiya
va tug’ruq bo’limi bazasida olib borildi. Shunday qilib, 2003-
2013 yil davomida jami 50 nafar BIV qo’yilgan ayollar kuzatuv
ostiga olindi. Kuzatuv eng kamida 6 oy mobaynida olib borildi.
Barcha BIV qo’yilgan ayollar maxsus ishlab chiqilgan kuzatuv
kartasi asosida har tomonlama va chuqur o’rganildi. Kuzatuv
kartasi 26 ta parametrdan iborat. Umumiy klinik, ginekologik,
laborator va instrumental tekshirish usullari bajarildi. BIVning
qancha vaqtdan beri mavjudligi, avval o’tkazilgan davolash
muolajalari va ulaming natijalari, boshqa ginekologik
kasalliklar bilan bog’Iiqligiga e’tibor qaratildi. BIV
qo’yilgandan keyin hech qanday asoratlar kuzatilmagan
bemorlar asosiy (prospektiv) guruhini tashkil etdi. Bu bemorlar
faqat prospektiv kuzatuv asosida 2011 yil martdan 2013 yil
martgacha bo’lgan vaqt mobaynida to’plandi. Bu bemorlarda
BIV qo’yilishdan oldin va keyin barcha kerakli tekshirish
usullari o’tkazilgan, qarshi ko’rsatmalar va ko’rsatmalar qat’iy
hisobga olindi.

Shunday qilib, retrospektiv guruhiga jami 25 nafar,

prospektiv guruhiga 25 nafar bemor kiritiidi. Mazkur

guruhlarda BIV qo’yilgandan keying salomatlik holati, ro’y
bergan asoratlar va ulaming sabablari tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari.

Kuzatuvimizdagi bemorlaming

kasallik tarixlari izchillik bilan tahlil qilinib, BIV asoratlariga
sabab bo’lgan omillar chuqur o’rganildi. Asoratlar qishloq
aholisida - 80%, shahar aholisida - 20% ni tashkil qildi.

Nazorat guruhdagi, ya’ni BIV asoratlari bilan murojaat

qilganlar paritet bo’yicha tahlil qilinganda birinchi tug’uvchilar
9 (26%) nafami, qayta tug’uvchilar esa 16 (74%) nafami tashkil
qildi.

Ushbu

guruhdagilar

yashash

manzili

bo’yicha

o’rganilganda asoratlaming asosiy ulushi Urgut tumanida
yashovchilarga to’g’ri keldi, ya’ni 6 nafar (24%) ni tashkil
qildi.

Bizga ma’lumki, BIV asosan fertil yoshdagi barcha

ayollarga qo’yiladi. Nazorat guruhidagi bemorlar kasallik
tarixlari yoshi bo’yicha tahlil qilindi: 20 yosh va undan
kichiklar - 6 nafar bemorda (24%), 20-35 yosh lar orasi - 11
nafar bemorda (44%), 35 yoshdan kattalar - 8 nafar bemorda
(32%) kuzatilgan. Bunda 20-35 yoshlar orasida asoratlar ko’p
uchraganligi aniqlandi.

Bizga murojaat qilgan asosiy va nazorat guruhdagi

bemorlar subyektiv so’rab surishtirilganda ulaming asosiy
shikoyatlari qorin pasti sohasidagi og’riq, menorragiya, oraliq
sohasidagi noxushlikka bo’ldi. Bunda biz asosiy guruh va
nazorat guruhni bir-biri bilan sclishtirib tahlil qildik. Qorin
pastidagi og’riq asosiy va nazorat guruhlarida tegishli ravishda
15 (60%) va 23 nafar bemorda (92%) kuzatilgan bo’lsa,
menorragiya esa 6 (24%) va 20 nafar bemorda (80%) kuzatildi.

BIV asoratlarini shartli ravishda 2 guruhga bo’lish

mumkin:

Kodirova Sh.A.
Axmedov I. M.
Samatova F. J.
Negmadjanov B.B.
Fattayeva Sh.M.


background image

(Doctor a.x6orotnomasi, Samarqand

2013,

As

4

(Веспниг^врача, Самарканд

1.

BIV qo’yish vaqtidagi erta asoratiar- erta asoratlar

2.

BIV qo’yilgandan so’ng, ya’ni kontrasepsiya

vaqtidagi asoratlar - kechki asoratlar.

BIVning erta asoratlari sifatida shartii ravishda bachadon

devoir perforatsiyasi, kichik chanoq bo’shlig’i organlaridan
qon ketishlar va kichik chanoq bo’shlig’i organlari o’tkir
yallig’Ianish kasalliklari va hokazolami ko’rsatishimiz
mumkin. Bu asoratlaming nisbati nazorat guruhida: bachadon
devori perforatsiyasi
-

6 nafar (40%) bemorda, va kichik chanoq organlari

yallig’Ianish kasalliklari - 2 nafar (8%) bemorda kuzatildi.

BIV qo’yilgandan so’ng uchrovchi asoratlar - kechki

asoratlar sifatida menorragiya, bepushtlik, bachadondan
tashqari homiladorlik, bachadon bo’ynidagi o’zgarishlar,
anemiya, jinsiy organlar yallig’Ianish kasalliklari va h.k ni
ko’rsatishimiz mumkin. Og’riq sindromini ham erta, ham
kechki asorat sifatida aytishimiz mumkin. Guruhlarda tegishli
ravishda (asosiy va nazorat) menorragiya
-

12 va 19 nafar bemorda, bachadondan tashqari homiladorlik

- 1 va 2 nafar bemorda, bachadon bo’ynidagi o’zgarishlar - 6
va 10 nafar bemorda, anemiya 15 va 20 nafar bemorda
kuzatildi.

Prospektiv guruhda menorragiya bilan asoratlangan

holatlarda asosan BIV qo’yilgandan so’ng birinchi 6 oylikda
kuchayganliga aniqlandi (17 nafar - 68%), 6 oydan so’ng esa
bu asoratlami birmuncha kamayganligini ko’rishimiz
mumkin.(7 nafar - 28%).

Bundan tashqari retrospektiv (nazorat) guruhdagi jami 12

nafar bemorda BIVning atipik joylashuvi, ya’ni bachadondan
tashqarida joylashgan: 7 nafar (58%) bemorda qorin
bo’shlig’ida, 3 nafarida (25%) - siydik pufagida, 2 nafarida esa
(17%) - tuxumdonda joylashgan.

BIVning tipiga ko’ra asoratlar uchrashi retrospektiv

guruhda quyidagicha tus oldi: Copper-T - 13 ta bemorda
(52%), Multi loud- 7 ta (28%) bemorda, Lipps qovuzlog’i - 5
ta (20%) bemorda asoratlarga sabab bo’lgan.

BIV asoratlarining uchrash darajasi kontraseptivning

qo’llanish muddatiga ham bog'Iiqligi retrospektiv guruhda
quyidagicha aks etdi: 3 nafar bemorda bir yil mobaynida, 8
nafar bemorda 1-3 yillar mobaynida, 4 nafar bemorda
3-

5 mobaynida, 10 nafar bemorda esa 5 yildan uzoq

bo’lgan muddatlarda qo’llanilganda asoratlarga sabab bo’lgan.

Asoratlaming yuzaga kelishida BIVning qaysi vaqtda

qo’yilishi

ham

katta

ahamiyatga

ega.

Bizning

tadqiqotlarimizda ham bu o’z aksini topdi. Asosiy guruhda 3IV
menstruatsiyaning 4-5 kunlarida qo’yilgan (16 nafar bemorda),
tug’ruqdan so’ng va operativ aralashuvlardan so’ng birorta
ham ayolga qo’yilmagan.Nazorat guruhida esa aksincha,
operativ aralashuvlardan so’ng 8 nafar bemorga qo’yilgan,
tug’ruqdan so’ng 40 kun ichida 7 nafar bemorga qo’yilgan,
menstruatsiyaning 4-5 kunlarida 6 nafar bemorga va laktatsiya
vaqtida eng kam, ya’ni 4 nafar bemorga qo’yilgan va
asoratlarga sabab bo’lgan. Prospektiv guruhdagi bemorlar
murojaat qilganda ularda reproduktiv salomatlik haqida
ma’lumot beruvchi asosiy tekshiruvlar: UTT, qin tozalik
darajasi, qon umumiy tahlili va ko’zgularda ko’rik o’tkazildi.
Bu tekshiruvlar natijasiga qarab BIVni qo’yish mumkin yoki
mumkin emasligi haqida xulosa qilindi. UTT xulosasi
patologiyasiz, qinning I va II tozalik darajalarida, ko’zgularda
ko’rganda hech qanday patologiyalar bo’lmagan holatda BIV
qo’yildi va 7 kun, 15 kun, 1 oy va har 6 oyda yuqoridagi
tekshiruvlar takroran o’tkazildi. Har tekshirganda biror
o’zgarish kuzatilganda BIV olib tashlandi.

Xulosa qilib aytganda, BIV har bir ayolda reproduktiv

salomatlik haqida ma’lumot beruvchi asosiy tekshiruvlar
o’tkazilib qo’llanilganda va BIV qo’yilgandan so’ng 7 kun, 15
kun, 1 oy va har 6 oyda yuqoridagi tekshiruvlar takroran
o’tkazilganda BIV asoratlari o’z vaqtida aniqlanib, asoratlarni
oldini olish yoki ulami bartaraf qilish mumkin.

Adabiyotlar

1. Акилова C.K. Особенности течения и исходы гестационного процесса у женщин, применявших различные методы регулирования
рождаемости. Душанбе 2007. 2. Акишин А.Г. Случай ультразвуковой диагностики инородного тела матки (виутриматочная спираль),
перфорирующего ее переднюю стенку и проникающего в мочевой пузырь

И

Эхография. 2001. - Т. 2, №1. -С. 109-111. 3. Влияние

различных видов внутриматочной контрацепции на органы репродуктивной системы и метаболизм эстрогенов Микова В.Н., Пермь,
2010. 4. Виутриматочная контрацепция. Под ред. В.Н. Прилепской. М.: 5. Галота .

Я.,

Бенюк В.А. «Гинекология», Москва, стр. 388-

390. 6. Курбанова М.Х. Послеродовая контрацепция родильниц с экстрагенитальной патологией: Автореф. дис. д-ра мед наук,
Душанбе, 1999 30 с. 7. Линева О.И., Михайлова Г.А., Чернова Н.К. и др. Планирование семьи. 1998; 1: 35-7. 8. Олимова О Т. Влияние
внутриматочной контрацепции на репродуктивное здоровье женщин. Душанбе. 2005. 9. П. Уилсон «Гинекологические заболевания»,
Москва 2002, стр. 150. 10. Прилепская В.Н., Межевитинова Е.А., Тагиева А.В. Виутриматочная контрацепция. Медпресс. М., 2000 г.
11. Прилепская В.Н, Острейкова Л.И. Клинические аспекты применения внутриматочной левоноргестрел-рилизичг системы у
женщин в пременопаузе // Материалы 4-го Российского форума «Мать и дитя». -Москва, 2002. -№ 2. С. 313-315. 12. Прилепская В.Н.
Внутримагочная контрацепция. — М.: МЕДпресс, 2000. С. 45-67. 13. Прилепская В.Н. Возрастные особенности шейки матки.
Современные методы диагностики патологии шейки матки

И

Акушерство и гинекология. 1998. - №6. - С. 51-54. 14. Прилепская В.Н.

Гормональная контрацепция. М.: МЕДпресс, 1998. -215 с. 15. Прилепская В.Н. Контрацепция в различные возрастные периоды жизни
женщины // Гормональная контрацепция / под ред. В.Н. Прилепской. -М.: МЕДпресс, 1998. С. 30-53.16. Прилепская В.Н.
Контрацепция у женщин переходного возраста

И

РМЖ. 1998. - Т.6, №5. - С. 320-326.

Библиографические ссылки

I. Акилова С.К. Особенности течения и исходы гестационного процесса у женщин, применявших различные методы регулирования рождаемости. Душанбе 2007.

Акишин А.Г. Случай ультразвуковой диагностики инородного тела матки (виутриматочная спираль), перфорирующего ее переднюю стенку и проникающего в мочевой пузырь И Эхография. 2001. - Т. 2, №1. -С. 109-111.

Влияние различных видов внутриматочной контрацепции на органы репродуктивной системы и метаболизм эстрогенов Микова В.Н., Пермь, 2010.

Виутриматочная контрацепция. Под ред. В.Н. Прилепской. М.:

Галота . Я., Бенюк В.А. «Гинекология», Москва, стр. 388-390.

Курбанова М.Х. Послеродовая контрацепция родильниц с экстрагенитальной патологией: Автореф. дис. д-ра мед наук, Душанбе, 1999 30 с.

Линева О.И., Михайлова Г.А., Чернова Н.К. и др. Планирование семьи. 1998; 1: 35-7.

Олимова О Т. Влияние внутриматочной контрацепции на репродуктивное здоровье женщин. Душанбе. 2005.

П. Уилсон «Гинекологические заболевания», Москва 2002, стр. 150.

Прилепская В.Н., Межевитинова Е.А., Тагиева А.В. Виутриматочная контрацепция. Медпресс. М., 2000 г.

II. Прилепская В.Н, Острейкова Л.И. Клинические аспекты применения внутриматочной левоноргестрел-рилизичг системы у женщин в пременопаузе // Материалы 4-го Российского форума «Мать и дитя». -Москва, 2002. -№ 2. С. 313-315.

Прилепская В.Н. Внутримагочная контрацепция. — М.: МЕДпресс, 2000. С. 45-67.

Прилепская В.Н. Возрастные особенности шейки матки. Современные методы диагностики патологии шейки матки И Акушерство и гинекология. 1998. - №6. - С. 51-54.

Прилепская В.Н. Гормональная контрацепция. М.: МЕДпресс, 1998. -215 с.

Прилепская В.Н. Контрацепция в различные возрастные периоды жизни женщины // Гормональная контрацепция / под ред. В.Н. Прилепской. -М.: МЕДпресс, 1998. С. 30-53.

Прилепская В.Н. Контрацепция у женщин переходного возраста И РМЖ. 1998. - Т.6, №5. - С. 320-326.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов