Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili oʻqitishning zarurat ekanligini asoslanib, chet tilini oʻqitish maktabgacha taʼlim yoshidan boshlab amalga oshirishning afzalliklari haqida fikr yuritilgan boʻlib, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tili oʻqitishning eng zamonaviy va samarali usullari sifatida oʻyin texnologiyasi, axborot kommunikatsiya vositalari va multfilmlardan foydalanish imkonyatlari haqidagi mulohazalar keltirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan tashqari ushbu maqolada maktab oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrgatish usullari, ularni darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish haqida soʻz boradi. Dars jarayonida oʻquvchilar diqqatini jamlash, yangi soʻzlarni yodlatish usullari, turli xil shunga oʻxshash oʻqitish metodikalari ifodalangan.
Ayol – buyuk so‘z. Unda bahor musaffoligi, do‘stga xos fidoyilik, ona jasorati mujassam. Ular borki, o‘tmish, bugun va kelajakda farovon hayotga ishonch bor. Ayol qalbidagi mehrga to‘la samimiylik hayotimiz bezagi bo‘lsa, undagi fidoyilik esa takrorlanmas bir jasoratdir. Uning mehri ila oila gullab-yashnaydi, farzandlar kamol topadi. Musaffo osmondek tiniq orzular ilinjida dunyoni olishga zehni etadigan zabardast bo‘lgan zot ayoldir. Ayol – erkakning ko‘ngil xotirjamligi, dunyoning tebratuvchi beshigidir. Ularning sha’niga qancha so‘z aytmaylik, minglab doston va satrlar bitmaylik, qarzimizni ado etolmaymiz.Chunki ayol - bu onadir.
Shaxsning kamoloti uning inson sifatida uning kelajakka,hayotga,turmush va mehnatga, kelajakda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan munosabati asosan vatan ichidagi
kichik vatan bo‘lmish oilada shakllanadi. Oila jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Har bir insonda vatan tushunchasi ilk bor o‘sib kelayotgan yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri hayotiy faoliyati davomida rivojlanadi
Ushbu tesizda bolalarda ijodkorlikni tarbiyalashning psixologik jihatlari yoritib berilgan, bolalarda ushbu xususiyatlarning shakllanishida oila va atrof muhitning ijtimoiy ta‘sirlari haqida fikrlar keltirilgan.
Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashda oilaning ahamiyati va o’rni haqida batafsil yoritilgan. Farzand tarbiyasida qo’llash zarur bo’lgan usul va tarbiya vositalaridan foydalanish yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.
Maqolada oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning rivojlanishidagi ta’siri, oilalar mustahkamligidagi kamchiliklar, mamlakat miqyosida amalga oshirilgan chor- tadbirlar ilmiy tadqiq etilgan.
Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan.
Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz davomchisi – oila ma’naviyatini yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili ekanligi yoritib berilgan.
Ushbu maqolada jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, o‘zbek millatining o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, oilaning, oilada esa ayolning o‘rni, gender tenglik va oila masalalari yoritilgan bo‘lib, ularning oilaga bo‘lgan munosabatlari, ijtimoiy hayotdagi roli ko‘rsatib berilgan.
Mamlakatimizda ayollar o‘z iqtidorlarini namoyon qilish qobiliyatiga yarasha ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ana shu imkoniyatlardan foydalanish darajasi esa ayollarga bog‘liq. Agar ayol o‘zini nafaqat ayol sifatida, jamiyatdagi o‘z o‘rni va mavqeyini anglasa, unga tabiat ato etgan qobiliyatni to‘g‘ri yo‘naltira olsa, faqat oila qurishni emas, balki halol mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi lozimligini hayotining maqsadi deb bilsa, bu ayol, albatta, o‘z hayotidan qanoatlana oladi.
Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish
va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi yoritilgan.
As English as a Second Language (ESL) educators navigate the dynamic landscape of language instruction, the significance of cultural competence becomes increasingly evident. This article, presented by an EFL teacher at Karakalpak State University, delves into the transformative role of cultural competence in ESL classrooms.
The exploration begins with a conceptual understanding of cultural competence, followed by a spotlight on practical strategies for integration. Drawing on real-world experiences, the article illuminates the pivotal role of teachers in fostering cross-cultural understanding and creating inclusive learning environments. Case studies from the unique context of Karakalpak State University offer insights into successful implementations, accompanied by reflections on challenges faced and overcome. The article concludes by examining methods to measure the impact of cultural competence initiatives, emphasizing the ongoing journey towards creating culturally enriched ESL learning experiences.
Монография посвящена выявлению теоретико-методологических основ дидактической подготовки будущих врачей на занятиях по английскому языку. Рассмотрено влияние на учебную дисциплину «дидактическая подготовка» (в частности, на технологический компонент) порядка и логики развития науки, а также процесс интенсификации, с позиций которого представлено научно-педагогическое знание (наукоориентированный и социоориентированный; антропологический и культурологический; феноменологический и деонтологический). Осуществлено обоснование профессионального изучения английского языка как самостоятельной отрасли в области медицинского образования, выявлено его место в системе педагогических наук, а также определена диалектическая связь лингвистического образования и медицины на современном этапе развития общества. Адресована преподавателям английского языка медицинских вузов и студентам системы медицинского образования.
Biologiya ta’limi o‘quvchilarning tabiiy dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishda va ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola biologiya ta'limida kognitiv faollikni oshirish strategiyalarini o'rganadi, o'qituvchilarni o'quvchilarni o'quv jarayoniga jalb qilish uchun amaliy vositalar bilan ta'minlaydi. Muhokama qilingan asosiy yondashuvlar orasida interfaol ta'lim, ko'rgazmali qurollar, so'rovga asoslangan ta'lim, kontseptsiyani xaritalash, real dunyo ilovalari, formativ baholash va texnologiya integratsiyasi kiradi. Ushbu strategiyalarni amalga oshirish orqali o'qituvchilar biologiyaga chuqurroq munosabatda bo'lishlari mumkin, bu esa akademik mukammallikni va fanga umrbod qiziqishni rivojlantirishi mumkin.