Maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar – Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostonlari qiyoslandi. Qiyoslar natijasida dostonlarning vazni, janri, kompozitsiyasiga xos xususiyatlar, qahramonlar tasviri va voqealar ifodasidagi o‘ziga xoslik masalasi tadqiq etilib, har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi o‘xshash va farqli tomonlari aniqlangan. Layli va Majnun haqidagi afsonaning doston shaklida forsiy va turkiy adabiyotga kirib kelishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Majnunning tarixiy shaxs yoki to‘qima obraz ekanligi haqidagi olimlarning fikrlari o‘rganilib tahlil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida: «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillash- tirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda» 54 55 deb ta’kidladilar. Ma’lumki, ichki ishlar idoralarining faoliyati huquqni muhofaza qilish idoralarining mustaqil instituti sifatida huquqiy kafolatlar tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Konstitusiyasi bu borada inson huquq va erkinliklarini amalga oshirishni ta’minlashning huquqiy asosi, barchamiz uchun zarur dasturiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jinoyat- chilikka qarshi kurash olib borayotgan mansabdor shaxslar va barcha organlardan qonunchilik hamda huquq-tartibotga, inson huquqlari va O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya qilishning ta’minlanishini talab qiladi.
Mazkur maqolada o‘qituvchi faoliyatini shakllantirishda kommunikativ qobiliyatlarning roli va o‘rni yoritiladi.
Maqoladan mutaxassislarning kommunikativ qobiliyatni shakllantirishni takomillashtirish muammosi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.
Bizga ma’lumki, sud jaroayonlarida advokatlarning o‘z o‘rni bor. Bu esa, albatta qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Advokathimoyachining jinoiy sud yurituvida ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi JPKning 49-moddasi bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy talablarga ko‘ra, qamoqqa olingan yoki ayblov e’lon qilingan vaqtdan boshlab shaxs advokat (himoyachi) yordamidan foydalanish huquqiga ega. Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Ushbu maqolada individual ta’lim trayektoriyani loyihalash, nafaqat ta’lim muassasasi uchun balki bo‘lajak mutaxassisning shaxs sifatida o‘zini o‘zi anglashi va rivojlanishida hamda kasbiy faolitining keyingi bosqichlarida ham ahamiyatli hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun individual ta’lim trayektoriyasini loyihalash jarayonida belgilangan pedagogik shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga yordam berishi ko‘rsatilgan.
Neyrolingvistik dasturlash texnikasi zamonaviy chet tilini o‘qitish metodikasi uchun nisbatan yangi termin bo‘lsa-da, uning elementlaridan ta’lim sohasida, xususan, chet tillarini o‘qitishda anchadan beri foydalanib kelinmoqda. O‘z darslarida musiqa, rolli o‘yinlar, jamoaviy til o‘qitish usuli, suggestopediani qo‘llovchi o‘qituvchilar, allaqachon NLPning ahamiyatini idrok etishadi. Chunki neyrolingvistik dasturlash neyronlar hamda psixologiya bilan bog‘liq bo‘lib, har bir o‘quvchining miya faoliyati, har biri alohida shaxs sifatida o‘rganish uslubiga ega ekanligi, va shunga ko‘ra dars o‘tilsa, har birida samarali muloqot uchun imkoniyat mavjud ekanligiga asoslanadi.
Ushbu maqolada psixik holatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlarning psixologik va fiziologik taraflari haqida fikrlar, mulohaza va turli xil yondashuvlar berilgan bo‘lib, hissiy stress va hissiy zo‘riqishlar va ularning shaxs faoliyatidagi o‘rni va psixik holatlar bilan psixik jarayonlarning bir-biri bilan bog‘likligi va individual psixologik xususiyatlariga ta’siri sabablari to‘g‘risida tushunchalar berilgan.
Mazkur maqolada o‘qituvchi-pedagoglarning shaxs ma’naviy kamoloti, yosh avlodni hozirgi zamon talablarida tarbiyalash va zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishda pedagogik mahoratini o‘rni haqida fikr-mulohazalar berilgan.
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning maktabga moslashishida oilaviy munosabatlarning o‘rni va bolalarni maktabga moslashuvida nimalarga e’tibor berilishi kerakligi batafsil yoritilgan hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Adabiyot tarixi jahon xalqlari tarixi bilan bevosita aloqador bo‘lib, uning taqdiri insoniyat kamoloti va tanazzuli bilan parallel kechadi. Shunga muvofiq dunyo adabiyotining mavzular galereyasi ham xilma-xil, ular ning orasida esa jangnoma yoki shohnoma mavzusi alohida ajralib turadi. Bu mavzuning moyasi mashhur sarkarda, podshoh yoki pahlavonlar hayoti-faoliyati bo‘lib, ulardan ba’zilari dunyo adabiyotida an’ana yoki turkum asarlar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Butun dunyoda adabiy shon-sharaf qozongan ana shunday qahramonlardan biri Iskandar (Sharqda Iskandar, G‘arbda esa Alexander The Great deb ataluvchi shaxs) bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyotiga birdek ta’sir ko‘rsatgan bunday siymoni qayta uchratish mushkul. Uning nomi tillarda doston bo’ldi va amalga oshirgan ishlari ijodkorlarni ilhomlantirdi. Xususan, Iskandar mavzusi Sharqda keng yoyilib, ko’plab iskandarnomalar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ushbu maqolada xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan ana shunday dostonlar Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma” va Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlari qiyosiy tahlil etish maqsad qilingan. Har ikki adibning ijodiy originalligi “Iskandarning Chinga yurishi epi- zodi” tasviri misolida ochib berilgan. Muallif bunda ishonchli manbalarga tayangan va o’z maqsadiga erishish uchun qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy, genetik tahlil kabi usullardan foydalangan.
The article examines the linguistic personality of the translator, his knowledge, skills, and competence in the implementation of interpretation in the framework of intercultural communication, in which he is a participant and in which he takes an active position, acting as a mediator between representatives of different languages and cultures.
O'zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri "shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi"dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limningyangi modeli yaratildi.
Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda milliy tarbiyani pedagogik va psixologik rivojlanishini, shakllanib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari, barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, milliy urf-odat va an’analarimiz, boy ma’naviy merosimizga yo‘g‘rilgan o‘zbekona milliy tarbiyamizni kelajak avlod ongiga singdirib borish haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.
Maqolada kelajak ta’lim tizimi bo‘lmish STEAM ta’limi haqida so‘z yuritiladi.Bo‘lajak soha mutaxassislarini shakllantirishda tabiiy fanlar rivojiga moslashgan ta’limning rivojlanishi haqida so‘z yuritiladi. Xorijiy ta’lim rivojiga asoslangan ta’lim tizimini O‘zbekistonda shakllantirishning metodik jihatlari yoritib berilgan.