Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilib, unda eng sara asarlarning keyingi davr ijodkorlari she’riyatiga ta’siri xususida fikr bildiriladi. Аynan XX asr boshlaridagi o‘zgarishlar keyingi davr adabiy jarayonining shakllanishiga xizmat qilganligi hamda ularning ijodi keyingi davr uchun etalon vazifasini o‘taganligi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda, Hamid Olimjon va Zulfiya kabi ijodkorlarning she’riyati, ma’lum bir xususiyatlari yangi davr adabiyoti uchun an’ana vazifasini o‘taydi. Bu kabi xususiyat Аbdulla Oripov ijodi misolida aniqlanadi. Аbdulla Oripov she’riyatiga ta’sir etgan omillar sifatida XX asr ijodkorlari va ularning asarlari o‘zaro qiyosiy tahlil etiladi. Аyniqsa, shoirning bahor fasliga bag‘ishlangan she’rlari xususida fikr yuritilib, undagi shoir mahorati aniqlangan.
Maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning sensor taraqqiyoti va xususiyatlari uni yoshga bog`liq xolatlari va aqliy taraqqiyotni sensor taraqqiyotga bog`liq ekanligi sensor taraqqiyotni amalga oshirish yo`l-yo`riqlari ko`rsatib o`tilgan bo`lib sensor taraqqiyotni rivojlantiruvchi mashqlar va o`yinlar haqida malumotlar berilgan.Bundan tashqari sensor taraqqiyot bo`yicha olib borilgan ilmiy ishlar va
olimlarning fikrlari bayon etilgan
Tarbiya mohiyati va uning qonun-qoidalari ,metod va vositalarini ilmiy asoslash tarbiya nazariyasi hamda pedagogika fanining bir qismi sanaladi. Tarbiya jarayo nining mazmuni, metodi va tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Ushbu maqolada shaxsning kamol topishi haqidagi ilmiy ta’limotlarni,shaxs sifatida kamol topishning xususiyatlarini farqlashda pedagogik antropologiya, shaxs haqida tushuncha, shaxsning rivojlanish jarayoni, shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tavsifi, biologik ijtimoiy omillarning o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan.
Maqolada internetning oliy ta'lim muassalari talabalari hayotiga ta'siri, internetga qaramlikning xususiyatlari, shuningdek, iternetga qaramlik bo'yicha olib borilgan ba'zi tadqiqotlar va xulosalar berilgan.
O‘zbek adabiy tili tarixi shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyati va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Ammo tilning barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O‘z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz beradigan o‘zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog‘langan emas.
Феномен социо-эмоциональной дисфункции у больных параноидной шизофренией является одним из ведущих детерминантов ранней инвалидизации больных с эндогенным процессом. Нарушения социального функционирования больных этой группы приводят как к негативным клиническим последствиям, так и к значительному снижению качества жизни пациентов.