Ushbu maqola pedagogik OTMning bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan. Talabalar kreativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida metodik takomillashtirishda taʼlimning innovatsion tashkiliy-didaktik shakllarini qoʻllashning pedagogik shart-sharoitlari va sifat koʻrsatgichlari, axborot-didaktik taʼminoti tavsiflangan. Talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish metodikasi, innovatsion yondashuv asosida yoritilgan.
Maqolada aholi bandligi tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida tahlil qilingan. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda bandlik va mehnat bozorini tartibga solishning modellari o‘rganib chiqilgan. Mazkur davlatlar tajribalaridan mamlakatimizda ishsizlikni qisqartirish va aholining ijtimoiy zarur mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida mehnat bozorini takomillashtirish, ishchi kuchiga amalda haqiqiy talab va taklif asosida bandlikni ta’minlash va unga ta’sir qiluvchi omillar statistik usullarda tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada aholini o‘sish dinamikasi va unga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlar tizimi statistik jadval va grafiklar, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, ekspert baholash, ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, dinamik qatorlar va iqtisodiy indekslar kabi turli statistik tahlil usullarida tahlil qilinib, olingan natijalar asosida ilmiy taklif va tavsiyalar keltirib o‘tilgan..
Chingizxon asos solgan mo’g’ullar tarixi jahon tarixshunosligida ham muhim ahamiyatga ega. Ulug’ qoon o’limidan keyingi uluslar orasida Chig’atoy ulusi tarixi kam o’rganilgan davlat hisoblanadi. Chig’atoy ulusi tarixini shartli ravishda to’rt davrga bo’lib o’rganish mumkin. Bular: 1. Chig’atoy ulusining tashkil topishi va qaramlik davri (1224-1260 yy); 2. Istiqlol uchun dastlabki kurashlar va mustaqillik davri (1261-1326); 3. So’nggi Chig’atoylar va ulusning parchalanish davri (1326-1345); 4. Soxta xonlar va sharqiy Chig’atoy ulusi davri (1345-1678). Mazkur maqolada uchunchi davrni manbalar va tadqiqotlar asosida tahlil qilib tarixiy rekonstruksiyasini amalga oshirmoqchimiz.
Ushbu maqola pedagogik OTMning bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari hamda pedagogik OTM professor o‘qituvchilari, uchun mo‘ljallangan. Bolalar bog‘chasida matematikani erta o‘qitishning ahamiyatini ta’kidlasa-da, amaliyotchilar hali ham ijodiy va samarali pedagogik strategiyalarni talab qiladi. Differensial ta’sir tendentsiyalari yuqori malakaga ega bo‘lgan bolalar mashg‘ulotlardan ko‘ra ko‘proq o‘yinga asoslangan yondashuvdan ko‘proq foyda ko‘radilar, zaif kompetentsiyalarga ega bo‘lgan bolalar esa, odatda, hech qanday aralashmaslik bilan solishtirganda, o‘quv dasturlari asosida raqamli ta’lim texnologiyalaridan ko‘proq foyda oladi.
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar asosida umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha kasb hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida kasblar mehnat bozorining istiqbolli rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tadbirlar o‘tkazilishini keng miqyosda tashkil etish kerakligi haqida bayon etilgan.
Zamonaviy texnologiyalar asosida boʻlajak muhandislarning grafik kompetentsiyasini 3D modellashtrishlar asosida rivojlantirishning asosiy pedagogik shartlari muhokama qilinadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda uch o‘lchovli modellashtirish asosida kasbiy faoliyat ob’ektlarini loyihalash texnologiyalari alohida o‘rin tutadi. Shunday qilib, grafik kompetentlik kasbiy kompetentlikning muhim tarkibiy qismiga aylanadi, uning shakllanish darajasi maxsus fanlarga tayyorgarlik jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishning muvaffaqiyatini va muhandislik sohasidagi mutaxassislarning grafik kompetentligini rivojlantirish va texnik universitetlarida grafik kompetensiyalar boʻlajak mutaxassislarning fundamental va kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarini maqsadli shakllantirishning uslubiy tizimi taklif qilindi.
В статье рассмотрены вопросы правового регулирования равенства мужчин и женщин во всех сферах жизни в Республике Узбекистан на основе норм международного и национального законодательства, которые осуществлялись на основе анализа документов и исследовании международных организаций, а также трудов отечественных и зарубежных ученых, с использованием совокупности методов: исторического, сравнительного и других. Рассмотрены вопросы существующего неравенства мужчин и женщин на основе социально-конструктивистского подхода: во взаимодействиях людей в публичном пространстве: при рассмотрении практических проблем, в частности гендерное разделение труда, представительство женщин в структурах власти. Высказаны теоретические предложения по совершенствованию правового регулирования гендерного равенства в Республике Узбекистан на основе международных и национальных законодательных актов.
В данной статье изложено содержание теории аль-Хакима ат-Термизи, анализ его изучения за рубежом. На основе теории аль-Хакима ат-Термизи в зарубежных странах формировались у учащихся теоретические и методологические навыки, знания наследия мыслителя, сравнительний анализ его трудов. Были изучены и сравнительно проанализированы научные исследования по теорию учения аль-Хакима ат-Термизи за рубежом. На основе результатов анализа представлена классификация мыслителя по направлениям толкования Корана, хадисов, теологии, философии права, истории суфизма, суфийского учения.
Temir yo‘l transportida shahar atrof yo’lovchi poyezdlarining harakatlanish zonalari soni va ulardan foydalanish tartiblari bir nechta modellashtirilgan formulalar asosida asosida tahlil qilindi. Shahar atrof yo’lovchi poyezdlarning zonalar bo’yicha tuzilishi va zonalardagi yo‘lovchilar oqimlari inobatga olinib, matematik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Shahar atrof yo’lovchi poyezdlar harakatlanish zonalari soniga shahar atrof yo‘lovchi poyezdlar tuzish rejasi va zonalardagi yo’lovchilar oqimi zichliklar asosida aniqlik kiritildi. Ishlab chiqilgan formulalar asosida texnik zonalar soni, shahar atrof yo’lovchi poyezdlari harakatlanish zonalari o’tkazuvchanlik qobiliyatiga aniqlik kiritildi.
Zamonaviy innovatsion rivojlanish jarayonida ijtimoiy kompetentlik talabalarda oliy ma’lumot olish bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda.Talabalar jamoasi yosh avlod hayotidagi eng muhim davrdir. Oliy ta’lim samaradorligini oshirish,kasbiy va ijtimoiy kompetentlikni takomillashtirish uchun strategik resurslarni o‘z ichiga olgan yosh mutaxassislarni tayyorlash, sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular ijtimoiy sohada samarali hamkorlikni, kasbiy va ijtimoiy sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanishni belgilaydi.
Ushbu tezisda innovatsion hamkorlik asosida talabalarning boshqaruv pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish va uning usullari,yo‘nalishlari haqida ma`lumotlar berib o‘tilgan.
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida matematikani erta o‘qitishning ijodiy va samarali pedagogik strategiyalari, o‘yinga asoslangan yondashuvning ahamiyati, raqamli texnologiyalar va mental arifmetikani o‘rganish jarayonidagi muammolar, o‘quv dasturlarining didaktik ta’minotida raqamli ta’lim texnologiyalarining muhimligi yoritilgan.
O`zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishning o`ziga xos yo`nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda va tashqi
iqtisodiy faoliyatni yanada jadallashtirishda milliy va xorijiy investitsiyalarning o`rni
beqiyosdir.
O`zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to`g`risida”gi
qonunida “investitsiyalar - investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha,
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob`ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo`lgan huquqlar, shu jumladan
intellektual mulk ob`ektlariga bo`lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar” deb keltirilgan.
Mazkur maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida buyurtmachi korxonalar talab va ehtiyojlari asosida fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar olib borishda kasbiy yo’naltirilgan masalalardan foydalanish samaradorligi aniq misollar orqali ko‘rsatilgan. Shuningdek, bevosita kon-metallurgiya sanoati tizimiga oid kasbiy yo‘naltirilgan masalalarni ishlab chiqish va amalda foydalanishda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini oshirishdagi ahamiyati o‘rganilgan.
Ma’naviyat inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy , huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida ,,ma’no’’so’zi yotadi.
Mazkur maqolada o‘qitishning milliy, ustoz-shogird uslubini, yangi zamonaviy uslublarini yaratishda ta’lim texnologiyalarining muhim o‘rni va vazifalari qiziqarli ma’lumotlar asosida yoritildi. O‘zbek xalq musiqa ijodi fanidan yaratilgan ushbu maqolada zamon talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, o‘quv reja asosida ma’ruza va amaliy tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda o‘zbek xalq musiqa ijodining hududlarga xos murakkab ijro uslublari, mohir ijrochilar, cholg‘u sozlari, katta ashula, dostonchilik, xalfachilik, folklor va baxshichilikka oid ma’lumotlarkeltirilgan.
Malakali voleybolchilar bilan o‘tkaziladigan an’anaviy mashg‘ulotlarda TFR va to‘p kiritish aniqligini shakllantirish tajribasi va pedagogik kuzatuv hamda so‘rovnoma asosida o‘rganilgan ayrim muammolar yoritilgan.
Ushbu maqolada hozirgi raqamlashtirish davrida ta’lim tizimida yosh avlodni tarbiyalashda yuzaga keladigan muammolar va shu muammolarga to‘g‘ri yondashuv asosida beriladigan yechimlar keltirilgan.
Filologik ta’limda talabalarning mustaqil o‘quv topshiriqlarini rivojlantirishda kredit-modul tizimiga o'tishning amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida kredit-modul tizimining tamoyillari, ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta'lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o‘qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada tarjimada janr - bоsh masala ekanligini Navoiy asarlarining nemischa tarjimalari misolida
ko’rsatib berishga harakat qilindi. Tarjimonlar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchillik va yutuqlar misollar
asosida tahlil qilindi va tegishli xulosalar chiqarildi.
В данной статье говорится об управлении образовательным процессом в общеобразовательной школе на основе компетентностного подхода. Особое внимание уделено управлению школой в системе непрерывного образования. Обсуждалось, что управление общеобразовательными школами является актуальной проблемой современности, требующей разработки стратегии путем совершенствования их характеристик и направлений, которые можно развивать. Описан анализ данных о педагогических основах непрерывного образования, практическая интерпретация социально-экономических, педагогических основ и влияющих на нее аспектов.
maqolada ona tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Unda 5-9-sinf ona tili darslari misolida o‘quv topshiriqlaridan foydalanishning joriy holati va kelajakda yaratilajak o‘quv topshiriqlariga namuna va mezonlar tavsiya etilgan. Xulosa qismida o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bayon qilingan.
Maqolada to`liq funksiyalar sistemasiga ta’rif va Post teoremasi yordamida funksiyalar sistemasini to`liqlikka tekshirishning chinlik jadvali asosida yaratilgan yangi algoritmlari qo`llanilgan. Murakkablik darajasi o`rtacha bo`lgan misol shu algoritmlar asosida yechilgan va natijalari olingan.
Filologik ta'limda talabalarning mustaqil oquv topshiriqlarini rivojlantirishda kredit-modul` tizimiga o'tishning amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida tizimining tamoyillari, ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta’lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o'qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada o‘zbeklarning shomoniylik tasavvurlari, shomon mifologiasining tarixiy asoslari tahlil etiladi. O‘zbek xalq mifologiyasida shomoniy e’tiqodning o‘rni, shomoniylik bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar asosida ochib berilgan. «Sarmishsoy» qoyalaridagi petrogliflarning Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi shomonlar bitiklari ekanli suratlarning Oltoy turkiy qavmlari shomonlari childirmasiga chizilgan suratlar va Oltoy shomonligiga doir materiallar bilan qiyoslash opqali asoslangan.
Maqolada Milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faol boʻlgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini moliyalashtirish, davlat tomonidan qoʻllab quvatlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, moliyaviy mablagʻlarni jamlash, bank kreditlari, oʻz mablagʻlarini koʻpaytirish, yangi turdagi maxsulotlarini ishlab chiqish, innovasion faoliyatini venchur asosida moliyalashtirish, bank kreditlari orqali haqida taklif va xulasalar keltirilgan.