Ushbu maqola hozirgi kunda dolzarb bo`lib keladigan rahbarlik, liderlik sfatlarini horij olimlari tomonidan o‘rganilishini yoritib berishga qaratilgan. Shuningdek, muvaffaqiyatli liderning oʼziga xos xususiyatlarini hamda ularning majburiyatlarini tahlil qiladi.
Mazkur maqola olimlari tomonidan koʻp bolali oilalarda shaxslararo munosabatlarning bola psixik taraqqiyotiga ta’siri haqidagi fikrlari va olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqodlarini nazariy yoritib beradi.
Maqolada yoshlar yuridik psixologiyasi, ongi, bilimi va tafakkurini yuksaltirishda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining ahamiyati ochib berilgan. O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida fikr yuritilgan. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan fuqarolarning huquqlari talqin etilgan.
Sport psixologiyasi - sport faoliyatidagi psixologik mexanizmlarning namoyon bo‘lish va shakllanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologik fan sohasi.
Hozirgi vaqtda yirik shaharlarda qurilish shartlari shundan iboratki, aholi punktlarining Markaziy qismida eng intensiv qurilish ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy shahar qurilishining o'ziga xos xususiyati yer osti makonini o'zlashtirishdir. Bu, bir tomondan, investorlar uchun muhandislik infratuzilmasi rivojlangan va
aholining keng kontsentratsiyasi bo‘lgan tumanlarda ob’ektlarni joylashtirishga jalb qilish, ikkinchidan, shaharlarning markaziy tumanlaridagi ko‘chmas mulk ob’ektlarining “nufuzli ” tarixiy psixologiyasi bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan, shaharlarning yuqoriga o'sishiavvalgi ikki asr – XIX va XX -asrlarning o'zigaxos xususiyati edi. Ammo XXI -asrda zamonaviy shahar qurilishining asosiy xususiyati er osti makonini o’zlashtirishdir.
Ushbu ekologik muammolar va ularning insoniyat hayotiga ta’siri masalalari tahlil qilingan. Ekologiya fani o‘z tarkibiga ko‘pgina fanlarni qamrab olgan bo‘lib, ular mavjud ekologik noqulayliklarning oldini olish bo‘yicha chora va tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan. Shunga ko‘ra hozirgi davrda psixologiya ilmining tarmog‘i sifatida ekologik psixologiya yuzaga kelib, “ekologik shaxs”, “ekologik psixoakustika”, “ekologik ong” “atrof-muhit psixologiyasi”, “psixologik ekologiya” va boshqa yo‘nalishlarga bo‘linib o‘rganilmoqda.
Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy bog‘liqligi yozuvchilarning hikoyalari misolida tahlil qilindi. Yozuvchilar o‘z o‘y-kechinmalarini, ijod jarayoni mashaqqatlari, ijodkor ruhiyatidagi evrilishlar, ko‘nglining tub-tubidagi dard va armonlarini asarlardagi ijodkor obrazlari orqali ifoda etishdi. Shukur Xolmirzayevning “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” (Qudrat aka), “Bulut to‘sgan oy” (Quvvatjon) kabi hikoyalarida, Erkin A’zamning “Yozuvchi” (domla) hikoyasida, ijodkor ruhiyatining goho jo‘shqin, goho tushkin, goho alamli (achchiq), goho quvonchli (shirin) kayfiyatlarini, ijtimoiy muhit va sharoitga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini ro‘y-rost
Ushbu maqola tarjimaga psixologik yondashuvga bo'lgan qiziqishni bir butun sifatida tasvirlaydi va natijada ketma-ket talqinning psixologik jihatlarini o'rganish zarurligini isbotlaydi. Ketma-ket talqin qilish sohasida ko'p yillar davomida tekshirilgan metodologiya o'rganildi va bu psixolingvistika va xotira va e'tibor psixologiyasi sohasida ishlab chiqilgan so'nggi tadqiqotlar va gipotezalarda tasdiqlandi.