Ushbu maqolada Karl Popper qarashlarining postpozitivizmga ta'siri masalasi o'rganilgan bo'lib, Popper qarashlarining pozitivizm, neopozitivizm g'oyalari bilan aloqadorligi hamda tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan yuqoridagi ta'limotlarni to'ldiruvchi g'oya sifatida shakllanganligi yoritilgan. Popper qarashlarining hozirgi zamon falsafasida tutgan o'rni va ahamiyati va o'z davrida unga bildirilgan munosabat masalasi tahlil qilingan.
Biz bugun globallashayotgan dunyoda yashayotgan ekanmiz, ushbu qaltis vaziyatlarda davlat tomonidan ichki va tashqi siyosat olib borishning bir qancha mashaqqatlari borligini anglab yetganmiz. Unda o'zining hududida oqilona siyosat yuritish, xalqning farovonligi va davlatining ravnaqi haqida qayg'urish bu hukumat va undagi rahbarlar oldidagi asosiy masala hisoblanadi. Bu kabi masalalarga to'g'ri yechim topish va unga to'g'ri yo'nalish bera olish bu biroz mushkul ishdir. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro munosabatlarda sodir bo'layotgan turli xil qarama- qarshiliklar va mintaqaviy muammolarni biz uchun dolzarb masala emas deb o'zimizni ishontirib yurishimiz ham kerak emas. Aksincha, bu kabi ahamiyatli muammolarga yanada kuchliroq e'tiborimizni qaratgan holda o'zimizni tashqi siyosatdagi o'rnimiz va rolimizni oshirib olishimiz kerakdir. Ushbu maqolada tadqiqotchi asosiy e'tiborini bugungi O'zbekistonning ichki siyosatda olib borayotgan turli xil taraqqiyot yo'llariga va keng qamrovli tashqi siyosatdagi asosiy va dolzarb bo'lgan masalalariga urg'u bergan.
Maqolada bugunda masofaviy ta’limning qanchalik imkoniyat va qulayliklar yaratib berishi ilmiy tadqiq qilinadi. Masofaviy ta’limning rivojlanish tarixi davlatlar misolida tahlil qilinadi. Jumladan, masofaviy ta’lim jarayonida tashkil etiladigan kurslar nashr etilgan materiallardan iborat bo‘lib, o‘z ichiga uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘shimcha ta’lim uchun maqolalar to‘plami, laboratoriya amaliyotlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalarni qamrab olishi xususiyatlari o‘rganiladi.
Ushbu maqolada yangi taraqqiyot bosqichida millatlararo munosabatlarning tarixiy omili yoritilgan. Sotsiologik so‘rov orqali respondentlarning millatlararo totuvlik va ahil qo‘shnichilikka bo‘lgan munosabatlari ilmiy tahlil qilingan
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amaliyotga kiritish belgilab berilganligi ta’limga e’tibordan dalolat beradi.
Maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning sensor taraqqiyoti va xususiyatlari uni yoshga bog`liq xolatlari va aqliy taraqqiyotni sensor taraqqiyotga bog`liq ekanligi sensor taraqqiyotni amalga oshirish yo`l-yo`riqlari ko`rsatib o`tilgan bo`lib sensor taraqqiyotni rivojlantiruvchi mashqlar va o`yinlar haqida malumotlar berilgan.Bundan tashqari sensor taraqqiyot bo`yicha olib borilgan ilmiy ishlar va
olimlarning fikrlari bayon etilgan
Ushbu maqolada tenglik, birlikda adolatli g‘oyalarni ilgari surgan va xalqlarni birdamlikda tutgan Amir Temur yoritib berilgan. O‘z zamonasidan ilgarilab ketgan hamda hozirgi kundagi dardlar qiroli deb atalgan COVID_19 kabi kasaliklari bilan kurashishga asrlar oldin karantin qoidalarini o‘ylab topgan Ibn Sino merosi tahlil qilingan. Shuningdek, texnika va texnalogiyasiz, ilmga boshqacha yondashuv orqali 70dan ortiq tilni mukkamal darajada rganib, dunyo falsafasiga ulkan hisasini qo‘shgan Farobiy kabi yulduzning qirralari o‘rganilgan.
Ushbu maqolada oliy ta’limda informatika va axborot texnologiyalari fanlarining aniq va tabiiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, sifatli ta’limni amalga oshirishda fanlararo bog‘liqlikning asosiy prinsiplari, fan va mavzularning integratsiyasi va oʻzaro o‘xshashlik jarayoni, turli fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir xil yondashuvni ta’minlash, bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan talablar birligini ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Ushbu maqolada ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, innovatsiyani rivojlantirishga bo’lgan harakatlar, Taraqqiyot strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish yo’llari, ta’limga ajratilgan xarajatlar va yoshlarni majburiy harbiy xizmatga jalb qilish taklifi ko’rib chiqilgan hamda tahlil qilingan.
Búgin fakultetimizde Inglis tili hám ádebiyatɪ kafedrasɪ baslamasɪ menen atqarɪlɪp atɪrǵan хalɪqaralɪq kоnferenciya til ilimi hám оnɪ оqɪtɪwdɪń innоvaciyalɪq máselelerin ulɪwma elimiz Ózbekstan hám Qaraqalpaqstannɪń Úshinshi Renessans basqɪshɪnda ilim hám bilim, jáhán tillerin teоriyalɪq hám ámeliy jaqtan tereń úyreniw, оlardɪń Jańa Ózbekstannɪń rawajlanɪwɪndaǵɪ tutqan оrnɪ, áhmiyeti hám rоli haqqɪnda keńnen sóz etpekshi.
Данная статья посвящена изучению уровня сотрудничества Республики Узбекистан с международными
финансовыми институтами в рамках развития «зеленой» экономики в стране. В ходе анализа выявлены основные направления сотрудничества Узбекистан с ключевыми иностранными партнерами. Рассмотрены нормативно-правовые аспекты целенаправленной деятельности правительства Узбекистана по повышению уровня сотрудничества с МФИ в области «зеленой» экономики.