Hozirgi kunda Facebook, Twitter va LinkedIn kabi ijtimoiy media platformalari juda keng tarqalgan. Odamlar shunchaki shaxsiy profillarni va ulardan onlayn va oflayn ulanishlarning virtual tarmoqlarini yaratish uchun foydalanishlari mumkin. Facebook bugungi kunda 890 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega, Twitter va LinkedIn esa mos ravishda 284 million va 300 millionga yaqin. Garchi odamlar orasida ijtimoiy mediadan foydalanish Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgan boʻlsa-da, ijtimoiy media foydalanuvchilarining 80 %dan ortig’i hozirda Qoʻshma Shtatlarning norezidentlari boʻlib, ijtimoiy medianing global jozibadorligini va uning biznes va servis sohasidagi hayotiy ahamiyatini namoyish etadi. Ushbu loyiha akademiklar, tadqiqotchilar, turizm sanoatidagi tadbirkorlarga va hukumat amaldorlariga ijtimoiy media marketingning ahamiyati ko‘rsatishdan iborat.
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalning rivojlanish bosqichlari va etnosotsial hususiyatlari haqida ayrim mulohazalar berilgan. Shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy kapitalning tarkibiy qismlari va rivojlantirish omillari tadqiq etilgan.
Maqolada inson potentsialini tavsiflashning "faol" yondoshuvi hamda shaxs va jamoalarning ehtiyoj va qobiliyat kabi ijtimoiy rol va funksiyalarni bajarishga tayyorlik tizimi tahlil qilinadi. Inson salohiyati “qobiliyat”ga, qobiliyat esa “ehtiyojlar”ga asoslansa, kapital kategoriyasi “tanlash”, ya’ni ehtiyoj va qobiliyatlarni boshqaruvchi mexanizm sifatida mujassamlanadi. Shuningdek, inson va jamoaviy xususiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini sharhlashda hozirgi vaqtda ularning kapitalga bo'lgan ehtiyojining asosi bo'lgan "sotib olish" funktsiyasi (moddiy boylik, bilim, ijtimoiy munosabatlar, ta'sir) qo'llaniladi, shuningdek, iqtisodiy resurslar , ya'ni ko'chmas mulk, qimmatli qog'ozlar, biznesning jihatlari va boshqalar hozirgi tendentsiyalarni o'zida mujassam etgan sotsiologik tasniflar yordamida o'rganildi.
Maqolada muallif tomonidan insonlar ijtimoiy siyosatga davlatda kuchli ijtimoiy imkoniyatlar berilgan sharoitdagina erisha olishi haqida oʻz fikrlarini bayon etgan.
Ushbu tesizda deviant xulq-atvorni shakllanishdagi ijtimoiy ta‘sirlar, oila dinamikasi, ijtimoiy normalarning o‘rni, ommaviy axborot vositalarining deviant xulq shakllanishiga ta‘siri.
Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlarda inson kapitalini sotsiologik tadqiq etish hamda o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tezisda ijtimoiy rivojlanish jarayonlarda birinchidan, inson kapitali tushunchasining sotsiologik genezisini aniqlash, uning ijtimoiy hodisa sifatida innovatsion rivojlanish jihatlarini kuzatish va ikkinchidan, inson kapitali muammosini ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida tadqiq etildi
Oila va nikoh taqdiridan qat’i nazar, ular ijtimoiy tuzilma, undagi ishlab chiqarish munosabatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy o‘zgarishlar oila va nikohning xarakteriga ta’sir qilishi va yangilanishi ochib berilgan. Bu oila va nikoh mustahkamligi katta ijtimoiy masala ekanligini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan o‘zbek etnosining nikoh va oilaviy munosabatlar tizimini, zamonaviy o‘zbek oilasining qadriyatlari va an’analarini psixologik fan nuqtai nazaridan tadqiq etishning ahamiyati va dolzarbligiga ilmiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil etilgan.
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy kompetensiyalar, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari tayanch kompetensiyalari, o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishda vitagen ta’lim texnologiyalardan foydalanish, vitagen ta’lim texnologiyalarning mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyatining pedagogik psixologik shart-sharoitlari yoritib berilgan.
Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy jihatlari yoritilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqotga kirishish, ularni ham sog‘lom insonlar qatorida imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijtimoiy ish va sotsiologiya mutaxasislariga zaruriy va ilmiy tavsiyalar berilgan. Bu maqolada bugungi kunda ijtimoiy hayotda dolzarb hisoblangan imkoniyati cheklangan bolalar hayotini yaxshilashga, ularning jamiyatda faol o‘zini namoyon qilish borasidagi asosiy echimlar ko‘rsatib berilgan. Ilmiy maqolada qayd etib o‘tganki, imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom hayotga qaytarish, ular bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari vasamarali yo‘nalishlari ochib berilgan. Ayniqsa, bu turdagi bolalar xuquqlarini himoya qilish ular bilan muomala qilish jarayonlari hususida zaruriy tavsiyalar berib o‘tgan.
Ushbu maqolada ijtimoiy sohani modernizatsiyalash orqali ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarni rivojlantirish va bu orqali jamiyat va inson farovonligi, istiqboldagi taraqqiyotiga erishish, ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashuvini ta’minlash masalalari tahlil etilgan.
Inson salohiyatini tavsiflashda “faol” yondashuv hamda shaxs va jamoalarning ehtiyoj va qobiliyat kabi ijtimoiy rol va funksiyalarni bajarishga tayyorlik tizimi tahlil qilinadi.