Ushbu maqolada insonlar o‘z sog‘ligini muhofaza qilishi, psixologik savodxonligini asrashi uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb masalalari haqidagi fikrlar yoritiladi. Shuningdek talaba yoshlar bilan psixologlar o‘rtasida ish hamkorligi yetarli darajada emasligi, yoshlarimizning psixologik bilimlarga ega bo‘lishiga ishtiyoqining pastli haqidagi muammolar o‘rganiladi. Mazkur yo‘nalishda Psixolog V.V.Boykoning amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilinadi. “Psixologik yonish” rivojlanishining sabablari, “Psixologik bilimlar” shaxsiy xususiyatlarning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi hisoblanmish, maktab ta'limni ri|vojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo’lib kclmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda maktab ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo ctish, ulami yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta’minlash, maktab ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalami joriy etishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlari amalga oshirilmoqda
Mazkur ilmiy maqolada dastlab ta’lim jarayonida yuzaga keluvchi nizolarning umumiy qonuniyatlari va ularga yechim sifatida taklif etilayotgan himoya meхanizmlarining jahon afkor ommasida dolzarblik ahamiyati aks ettirilib o‘tilgan. Shuningdek, turli-xil sohaga aloqador bo‘lgan ilmiy adabiyotlar va maqolalarda psixologik himoya mexanizmlari mazmun mohiyati bo‘yicha olimlarning nazariyalari bayon etilgan. Psixologik himoya mexanizmlari ong osti faoliyati mahsuli bo‘lganligi uchun ham ong va onsizlik holatlarining psixoanalizda tutgan o‘rni, ta’lim jarayonida talabalar psixologik himoya mexanizmlari, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va ularning mazmun hamda mohiyatlari yoritilgan. Qolaversa, empirik tadqiqot ishidan olingan natijalarni matematik statistik usullar yordamida mezonlarning bir-birlariga bog‘liqlik jihatlari, faktorli va diskriminant tahlillari keltirilgan. Olingan natijalar asosida ta’lim jarayonida shaxs psixologik himoya mexanizmlari nizolarni bartaraf etish usuli sifatida pedagogik faoliyatga salbiy yoki ijobiy ta’siri jihatlari borasida ham xulosalar berib o‘tilgan.
Talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonidagi mavjud psixologo–pedagogik muammolar (ijodkorlikka o‘rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish, talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, inson omilini faollashtirish, Shaxs shakllanishi jarayonining psixologik xususiyatlarini tahlil qilish) ularning faolligini oshirish va maqsad sari yo‘naltirish, undan esa ijodkorlik faoliyatga boshqarish borasida tahliliy xulosalar keltirilgan.
Sport psixologiyasi - sport faoliyatidagi psixologik mexanizmlarning namoyon bo‘lish va shakllanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologik fan sohasi.
Maqolada globallashuv jarayonida shaxsning o‘z-o‘zini psixologik himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, axboriy tahdidlardan psixologik himoyalanish yo‘l va usullari haqida fikr yuritiladi.
Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi borasida mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik psixologik yondoshuvlari tahlil qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda kechadigan hissiy xolatlar, oilaviy tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan xatolar mazmuni yoritilgan.
Ushbu maqolada psixik holatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlarning psixologik va fiziologik taraflari haqida fikrlar, mulohaza va turli xil yondashuvlar berilgan bo‘lib, hissiy stress va hissiy zo‘riqishlar va ularning shaxs faoliyatidagi o‘rni va psixik holatlar bilan psixik jarayonlarning bir-biri bilan bog‘likligi va individual psixologik xususiyatlariga ta’siri sabablari to‘g‘risida tushunchalar berilgan.
Ushbu maqola tarjimaga psixologik yondashuvga bo'lgan qiziqishni bir butun sifatida tasvirlaydi va natijada ketma-ket talqinning psixologik jihatlarini o'rganish zarurligini isbotlaydi. Ketma-ket talqin qilish sohasida ko'p yillar davomida tekshirilgan metodologiya o'rganildi va bu psixolingvistika va xotira va e'tibor psixologiyasi sohasida ishlab chiqilgan so'nggi tadqiqotlar va gipotezalarda tasdiqlandi.