Ushbu maqolada tabiatda uchraydigan jarayonlar: issiqlik tarqalishi, tor tebranishi, sterjen tebranishi, mayatnik tebranishi, magnit maydoni impulsi va hakazolar. Har qanday tabiiy protsess o’lchanganligi sababli uni modellashtirishdan hosil bo’lgan masala taqribiy yechiladi. Biz yechimni protsessni kuzatish (bir nuqtada o’lchash) yordamida hisoblashga harakat qildik. Bunda masala uchun qo’shma operator tuzilib, nokorrekt masala (boshlang’ich qiymat yo’q holat) shartli korrekt xolatga o’tkaziladi. Natijada matematik fizika masalasi ekstremum masalasiga keltirib yechim chekli sondagi algebraik tenglamalar sistemasiga keltiriladi
Biz bugun globallashayotgan dunyoda yashayotgan ekanmiz, ushbu qaltis vaziyatlarda davlat tomonidan ichki va tashqi siyosat olib borishning bir qancha mashaqqatlari borligini anglab yetganmiz. Unda o'zining hududida oqilona siyosat yuritish, xalqning farovonligi va davlatining ravnaqi haqida qayg'urish bu hukumat va undagi rahbarlar oldidagi asosiy masala hisoblanadi. Bu kabi masalalarga to'g'ri yechim topish va unga to'g'ri yo'nalish bera olish bu biroz mushkul ishdir. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro munosabatlarda sodir bo'layotgan turli xil qarama- qarshiliklar va mintaqaviy muammolarni biz uchun dolzarb masala emas deb o'zimizni ishontirib yurishimiz ham kerak emas. Aksincha, bu kabi ahamiyatli muammolarga yanada kuchliroq e'tiborimizni qaratgan holda o'zimizni tashqi siyosatdagi o'rnimiz va rolimizni oshirib olishimiz kerakdir. Ushbu maqolada tadqiqotchi asosiy e'tiborini bugungi O'zbekistonning ichki siyosatda olib borayotgan turli xil taraqqiyot yo'llariga va keng qamrovli tashqi siyosatdagi asosiy va dolzarb bo'lgan masalalariga urg'u bergan.
Maqolada buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan kasr tartibli aralash tipdagi tenglama uchun qo‘yilgan Frankl shartli lokal chegaraviy masalaning bir qiymatli yechilishi isbotlangan.
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining umumiy ta'rifini tahlil qilingan zamonaviy ehtiyojlardan va ilm-fanda taraqiyotidan kelib chiqib ushbu hodisaning mohiyatini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini va hatto tadbirkor atamasining o‘zi aniq va umuman qabul qilingan ta'rifini tushunishda hali ham birdamlikning yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yoritilgan Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishdagi qiyinchiliklardan biri bu shaxslararo munosabatlar tizimidir. Ushbu niqtai nazardan kelib chiqib har bir tadbirkor ijtimoiy psixologik xodisalarni amalda qo‘llay olishi dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan.
Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikrmulohazalar keltirilgan.
Maqola bo’lajak matematika o’qituvchilarining geometrik tayyorgarligini rivojlantirishga bag’ishlangan. Talabalarnink grafiklar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida yasashga doir geometrik masalalarni geometrik almashtirishlar yordamida yechishga doir masalalar keltirilgan. Masalalarni yechishda analiz va sintez bir vaqtda qo’llanilgan. Masalalarni yechish jarayonida prognoz qilish qobiliyatini shakllantirish, natijalarni oldindan ko’ra olish talabalarning geometrik tayyorgarligini rivojlantirish omillari ekanligi asoslangan
Maqolada yangi sho‘roso‘ngi makonining shakllanishi bilan yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni o‘rganishda etnik jamiyatdagi asosiy nazariy yondashuvlar muhokama qilinadi. Bu yondashuvlarning qanday konseptu- al zaif tomonlari yoki, aksincha, evristik imkoniyatlari keskinlikning o‘ziga xos holatlarini o‘rganishda, ba’zida kuch tahdidi yoki zo‘ravonlikdan ochiq foydalanish natijasida etno-siyosiy mojarolar deb nomlanishda o‘z aksini topadi. Bu masala, xususan, etnik kamsitish va yuzaga kelayotgan nizolarni tartibga solish kabi hodisalarni o‘rganish uchun katta metodik ahamiyatga ega. Ekspert tadqiqot usuli esa sud ekspertizasi predmetiga tegishli faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun uning obyektlarini o‘rganishda qo‘llanadigan mantiqiy yoki instrumental operatsiyalar tizimidir. Ekspert tadqiqotlari metodikasi – sud ekspertizasi predmetiga tegishli faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun uning obyektlarini o‘rganishda qo‘llanadigan usullar tizimi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyotida transport-logistika xizmatlari tashkil etilishi, uning rivojlanishi va rivojlantirish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar bayon etilgan. Va yana maqolada 2021 yilda qo‘shni davlatlar bilan transport-logistika masalalari bo‘yicha hamkorliklar, yangi tuzilgan bitim va shartnomalar haqida ma’lumot va fikrlar keltirib o‘tilgan. Maqolada ushbu masala bo‘yicha muallif tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ham o‘rin olgan.