Joriy nashr

Jild 67 № 1 (2025)
Nashr qilingan: 12-08-2025

Maqolalar

3-6 20 10

ATMOSFERA IFLOSLANISHI VA UNING OQIBATLARI

Ergasheva Maftuna Shodmonqul qizi

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  atmosfera  ifloslanishining  asosiy  sabablari, 
ifloslantiruvchi manbalar, global va mintaqaviy  miqyosdagi oqibatlari chuqur tahlil 
qilinadi. Shuningdek, inson salomatligiga, ekologik muhitga va iqlim o‘zgarishlariga 
ko‘rsatadigan salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada shuningdek, ekologik 
muhofaza, qonunchilik, xalqaro hamkorlik va ifloslanishga qarshi kurashish yo‘llari 
ham ko‘rib chiqiladi. 

289-295 24 7

RATSIONAL FUNKSIYALARNI INTEGRALLASH

Axmatova Mahliyo

Annotatsiya. Ushbu maqolada ratsional funksiyalarni integrallashning bir necha 
usullari  keltilgan.  Xususan  noma’lum  koeffitsiyentlar,  Xevisayd  usuli, 
differensiallashdan  foydalanish,  Gorner  sxemasi  va  usuli  keltirilgan.  Bir  nechta 
ratsional  kasrlarni  ushbu  usullardan  foydalanib  integralini  topish  masalalari  ko‘rib 
chiqilgan. 

174-176 21 4

TASVIRIY SAN'AT TUR VA JANRLARI.

Amaliy fanlar uslub birlashma a'zolari

Annotatsiya: Tasviriy san’at insoniyat madaniyatining eng qadimiy va muhim 
shakllaridan biri bo‘lib, uning turli ko‘rinishlari va janrlari insonning dunyoni idrok 
etish, his-tuyg‘ularini ifoda etish va estetik didini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 
Tasviriy san’at atamasi keng ma’noda tasvir yaratish san’atini anglatadi, bunda asosiy 
vosita sifatida chizma, rang, shakl va kompozitsiya ishlatiladi. Bu san’at turi insonga 
o‘z  fikrlarini,  qarashlarini,  ichki  kechinmalarini,  tabiat  va  atrof-muhitga  bo‘lgan 
munosabatini  tasvir  orqali  ifoda  etish  imkonini  beradi.  Tasviriy  san’atning  tur  va 
janrlari  ko‘p,  har  biri  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega,  ular  orqali  inson  ruhiyati, 
madaniyati va tarixiy jarayonlari aks etadi. 

169-173 18 5

TABIIY FANLARDA AMALIY VA LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINI TASHKILLASH.

Tabiiy fanlar uslub birlashma a'zolari

Annotatsiya: Tabiiy fanlarda amaliy va laboratoriya  mashg‘ulotlarini tashkil 
etish  zamonaviy  ta’lim  jarayonining  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Bu 
mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, nazariyani yanada chuqurroq 
anglash  va  o‘quvchilarning  mustaqil  tadqiqot  olib  borish  ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Tabiiy fanlar – biologiya, kimyo, fizika, geologiya va 
boshqa fanlar sohalarida amaliy mashg‘ulotlarning samarasini oshirish ta’lim sifatini 
yaxshilashga katta hissa qo‘shadi. 

163-168 17 4

O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY XAVSIZLIKNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Mahmudov Asqarali G‘ayratjon og‘li.

Аннотация: В  данной  статье  анализируется  роль  Узбекистана  в 
обеспечении  региональной  безопасности  в  Центральной  Азии.  Освещается 
военно-политическая  стратегия  Узбекистана,  его  сотрудничество  с 
региональными  и  международными  организациями.  Также  рассматриваются 
процессы  военной  модернизации  страны  и  сотрудничество  с  соседними 
государствами  в  сфере  безопасности.  В  статье  обсуждаются  инициативы 
Узбекистана по укреплению региональной безопасности и их перспективы. 

158-162 21 5

BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-SIYOSIY TUZUMI VA UNING INQIROZI SABABLARI

Jaxongir Rustamaliyev Fakhriddin o‘g’li

 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqola Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy tuzilishi va uning inqirozi 
sabablarini  chuqur  tahlil  qiladi.  Amirlikning  XVIII  asr  oxiridan  XX  asr  boshlariga 
qadar boʻlgan davrdagi ichki boshqaruv tizimi, iqtisodiy asoslari, ijtimoiy qatlamlari 
va tashqi siyosiy bosimlar oʻrganiladi. Maqolada amirlik inqirozining asosiy sabablari, 
jumladan,  ichki  ziddiyatlar,  maʼmuriy  samarasizlik,  iqtisodiy  turgʻunlik  va  Chor 
Rossiyasi ekspansiyasining hal qiluvchi taʼsiri atroflicha yoritiladi. 

152-157 19 5

XORAZMSHOHLAR DAVLATI: YUKSALISH DAVRI VA MO‘G‘ULLAR ISTILOSI OQIBATLARI

Jaxongir Rustamaliyev Fakhriddin o‘g’li

 
ANNOTATSIYA 
Xorazmshohlar davlatining yuksalish davri va mo'g'ullar istilosining mintaqaga 
ta'siri  ushbu  maqolaning  asosiy  tadqiqot  mavzusidir.  Maqolada  Xorazmshohlar 
davlatining  XII  asr  oxiri  va  XIII  asr  boshlaridagi  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy 
taraqqiyoti,  uning  Movarounnahr  va  Xuroson  hududlaridagi  gegemonligi  atroflicha 
o'rganiladi. Jumladan, Alauddin Muhammad Xorazmshohning markazlashgan davlat 
barpo  etishga  qaratilgan  harakatlari,  harbiy  yurishlari  va  erishgan  yutuqlari  tahlil 
qilinadi.  
Tadqiqotda  mo'g'ullar  istilosining  uzoq  muddatli  demografik,  ijtimoiy  va 
siyosiy oqibatlari, mintaqaning keyingi rivojlanishiga ko'rsatgan ta'siri chuqur tahlil 
qilinadi. 

146-151 23 13

AMIR TEMUR DAVLATCHILIGI: HARBIY ISLОHОTLAR VA TASHQI SIYОSAT

Jaxоngir Rustamaliyev Fakhriddin о‘g’li

 
ANNОTATSIYA 
Ushbu maqоla Sоhibqirоn Amir Temur shaxsini va uning davlat bоshqaruvi, 
harbiy  yurishlari  hamda  madaniy-ilmiy  rivоjlanishga  qо‘shgan  hissasini  tarixchi 
оlimlarning turli qarashlari asоsida tahlil qiladi. Maqоlada G‘arb va Sharq tarixchilari, 
xususan, Ibn Arabshоh, Sharafuddin Ali Yazdiy, Ruy Gоnsales de Klavixо, Gyustav 
Le  Bоn,  Rene  Grоussest,  va  О‘zbekistоnlik  оlimlar  Ibrоhim  Mо‘minоv,  Ahmad 
Aliyev, Gaybulla Bоbоyоrоv kabi mutaxassislarning Temurga bergan bahоlari qiyоsiy 
о‘rganiladi.  
Tadqiqоt Temurning  shafqatsiz istilоchilik faоliyati bilan bir qatоrda, uning 
ma’rifatparvarligi,  bunyоdkоrlik  ishlari,  adоlatli  qоnunlari  ("Temur  tuzuklari")  va 
diplоmatik alоqalariga e’tibоr qaratadi. Maqоla bibliоgrafik tahlil, kоmparativ metоd 
va  tarixiy-sistemali  yоndashuv  asоsida  yоzilgan  bо‘lib,  Temur  shaxsining 
murakkabligi va kо‘p qirraliligini оchib berishni maqsad qilgan.  

137-145 20 3

DOCTORAL STUDENT OF THE KARAKALPAK INSTITUTE OF AGRICULTURE AND AGROTECHNOLOGIES

ORAZIMBETOV EDILBEK KAYPBEKOVICH

ABSTRACT 
The  cultivation  of  pumpkin  (Cucurbita  L)  in  the  agro-climatic  conditions  of 
Karakalpakstan  holds  significant  potential  due  to  the  crop's  adaptability,  drought 
resistance, and economic value. This study investigates the optimal agrotechnological 
practices  for  growing  pumpkin  in  arid  and  semi-arid  regions  of  Karakalpakstan, 
focusing  on  soil  preparation,  irrigation  regimes,  planting  densities,  fertilization 
systems, and disease resistance. Field trials were conducted over two growing seasons 
to  evaluate  the  yield,  fruit  quality,  and  resistance  to  abiotic  stress  factors  such  as 
salinity and high temperatures. The results demonstrate that the use of drip irrigation, 
organic  mulching,  and  biofertilizers  significantly  enhances  productivity  and  fruit 
quality. Furthermore, locally adapted pumpkin varieties showed better resilience to 
environmental  stressors  compared  to  introduced  cultivars.  The  findings  provide  a 
scientific basis for developing sustainable pumpkin production systems in resource-
limited regions, contributing to food security and the diversification of agricultural 
production in Karakalpakstan. 

133-136 18 4

KAM TA'MINLANGAN OILALARNI KAMBAG'ALLIKDAN CHIQISHI UCHUN PSIXOLOGIK KO'MAKNING O'RNI

Normamatova Gulzinur Abdig’ofor, Yo’lchiyev Davronbek Rustamjon o’g’li

Annotatsiya:  Ushbu  maqola  kam  ta'minlangan  oilalarni  kambag'allikdan 
chiqishi uchun psixologik ko'makning o'rnini o'rganadi. Kambag'allikning psixologik 
ta'siri, jumladan stress, depressiya, past o'zini-o'zi baholash va ijtimoiy izolyatsiya kabi 
omillar ko'rib chiqiladi. Psixologik ko'makning ahamiyati, uning stressni kamaytirish, 
o'zini-o'zi  baholashni  oshirish,  ijtimoiy  ko'nikmalarni  rivojlantirish  va  resurslardan 
foydalanishga  yordam  berish va ichki  resurslardan  foydalanish   kabi  jihatlari tahlil 
qilinadi.  Maqolada  psixologik  ko'makning  turli  shakllari,  jumladan  individual 
maslahat, guruhli terapiya, oilaviy terapiya, treninglar va online resurslar muhokama 
qilinadi. Shuningdek, psixologik ko'mak dasturlarini samarali amalga oshirish uchun 
amaliy tavsiyalar beriladi, madaniy sezgirlik, qulaylik, stressni baholash, maxfiylik va 
malakali mutaxassislar bilan ta'minlash kabi omillarga e'tibor qaratiladi. Maqola kam 
ta'minlangan  oilalar  uchun  psixologik  ko'mak  dasturlarini  kengaytirish  va  ularning 
mavjudligini oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Kambag'allik 

125-132 21 4

SEMVOL VA SEMIOTIKANING PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYADA ÒRNI HAMDA AHAMIYATI

Ostonov Bahodir Gʻafurovich

 
Annotasiya:Semvol va semiotika til, belgilar (semvol va belgilar tizimi) orqali 
inson ruhiyatini o‘rganish bilan bog‘liq muhim ilmiy yo‘nalishdir. 

118-124 22 8

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALARNING OʻRNI HAMDA MUHIM PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Hurifarxon Axmedova Abdusattorovna

Annotatsiya:  Tarbiya  bizdan  koʻp  narsalarni  talab  qiladi.   Masalan,  oila 
muqaddasligini  chuqur anglash kerak. Avlodlar oʻzgarishi mumkin, yillar bir-biriga 
oʻxshamasligi mumkin. Ammo yurakdagi mehr-muhabbat hech qachon oʻzgarmaydi. 
Muhabbat bu-  avvalo inson oʻziga ishonishi, oʻzini hurmat qilish uchun ham jasorat 
talab qiladi. Farzandlar oʻzidan oʻzi katta boʻlib qolmaydi ularga kiyim, oziq-ovqat, 
uy-joy zarur. Shuningdek, albatta  taʼlim olishi uchun sharoit kerak. 

114-117 24 5

ZO‘RAVON OTA-ONALARNING FARZANDLARIGA TA’SIRI: KRIMINOGEN MUHIT SIFATIDA OILA

ALLAMBERGENOV ISLAMBEK SADATDINOVICH

 
ANNOTATSIYA 
  Mazkur maqolada oila doirasida sodir etilayotgan zo‘ravonlik holatlari, xususan, 
ota-onalarning  farzandlarga  nisbatan  ko‘rsatayotgan  jismoniy  va  ruhiy  bosimlari 
kriminologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Farzandlarning ruhiy holati, ijtimoiy xulqi 
va  kelajakdagi  jinoyatchilikka  moyilligi  aynan  oiladagi  zo‘ravonlik  muhiti  bilan 
chambarchas  bog‘liq  ekani  ilmiy  dalillar  asosida  ko‘rsatib  o‘tiladi.  Shuningdek, 
zo‘ravon  oilaning  bolada  qanday  ijtimoiy-psixologik  oqibatlar  qoldirishi,  uning 
jamiyatdagi integratsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham yoritilgan. Maqolada ushbu 
muammoning  oldini  olishda  huquqiy,  pedagogik  va  psixologik  yondashuvlar  taklif 
etiladi. 

302-309 22 14

STRATEGIK BOSHQARUV MODELLARINING IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB TA’LIMI TIZIMIDA QO‘LLASHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Ashirov Said Anorboyevich

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  strategik  boshqaruv  modellarining 
ixtisoslashtirilgan  maktab  ta’limi  tizimidagi  o‘rni,  ularni  samarali  joriy  etishning 
mexanizmlari va ta’sir omillari yoritilgan. Shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida 
milliy tizimda qo‘llash mumkin bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada 
SWOT  tahlil,  Balanced  Scorecard  (muvozanatli  ko‘rsatkichlar  tizimi),  hamda 
zamonaviy strategik rejalashtirish yondashuvlari tahlil qilinadi. 

296-301 24 5

DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI

Axmatova Mahliyo Akmal qizi

Annotatsiya. Ushbu maqola differensial tenglamalarning matematik asoslari va 
ularning  turli  sohalardagi  keng  koʻlamli  amaliy  qoʻllanilishiga  bagʻishlangan. 
Maqolada  differensial  tenglamalarning  asosiy  turlari,  yechish  usullari  va  ularning 
tabiiy  fanlar,  muhandislik,  iqtisodiyot  va  boshqa  sohalardagi  muhimligi  koʻrib 
chiqiladi.  

177-179 23 5

KOMPRESSOR KONSTRUKSIYASI TURLARI VA ULARNI SANOATDA QO`LLANILISHI

Hayitov Shuxrat Shokir o`g`li

 Annotatsiya: Kompressorlarni ishlash prinsipi, vazifasi, bosimi, sovutish usuli, 
yuritma dvigateli bo`yicha ma`lumotlar berish.  

283-288 18 3

BOLALARDA DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI

M.U.Xamidova, Usmonova Azizabonu Obidjon qizi

Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi 
eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish 
fanining  rivojlanishi  va  mualliflarning  bunday  nutq  buzilishlariga  qanday  nuqtai 
nazardan yondashganliklari va yondoshayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir. 
XVII-XVIII  asrlar  arafasida  duduqlanishni  tashqi  nutq  apparatining 
yetilmaganligi  oqibati  sifatida  talqin  etishga  urinishgandi.  Masalan,  Santorimining 
ta’kidlashicha,  duduqlanish  qattiq  tanglayning  yorilgan  paytida  vujudga  keladi  va 
go‘yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi hamda nutqni qiyinlashtiradi. Vutser esa 
buni  pastki  jag‘ning  noto‘g‘ri  chuqurlashuvi  va  unda  kichik  tilcha  borligi  bilan; 
Ervede-Sheguan  –  til  uzunligi  va  og‘iz  bo‘shlig‘ining  hajmi  orasidagi  o‘zaro 
munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‘liq 
holda tushuntirdi. Nutqiy qiyinchiliklar nutqiy rivojlanishdan to‘xtab qolish, boshqa 
tilga  o‘tish,  shaxsning  erkin  hissiy-irodaviy  sifatlarning  noto‘kis  yetilishiga  bog‘liq 
ravishdagi patologik rivojlanish hodisalari, murakkab fikrni izhor etish va shu kabilar 
oqibatida yuzaga kelishi mumkin 1 . 

278-282 19 3

MAXSUS EHTIYOJLI BOLALAR UCHUN MAKTABGACHA TA’LIM MUHITINI MOSLASHTIRISH YO‘LLARI

Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna, Madaminova Feruzaxon Ahmadullaxanovna

 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli bolalar uchun maktabgacha ta’lim muhitini 
moslashtirish  masalalari  yoritilgan.  Tadqiqotning  maqsadi  –  maktabgacha  ta’lim 
muassasalarida  inklyuziv  muhit  yaratishning  samarali  strategiyalarini  aniqlash  va 
amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Maqolada pedagogik va psixologik yondashuvlar, 
maxsus ehtiyojli bolalarning individual rivojlanish xususiyatlari, ta’lim muassasalarida 
moddiy-texnik  sharoitlarni  yaxshilash,  tarbiyachilarning  kasbiy  kompetensiyasini 
oshirish  yo‘llari  tahlil  qilingan.  Shuningdek,  mahalliy  va  xorijiy  tajribalar  qiyosiy 
o‘rganilib, amaliyotda qo‘llash uchun tavsiyalar berilgan.  

272-277 23 6

BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Xamidullayev Oybek Ulug'bek o'g'li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  boshqaruv  kompetensiyasini  shakllantirishda 
zamonaviy  yondashuvlarning  ahamiyati  va  ularni  amaliyotda  qo‘llash  yo‘llari 
yoritiladi.  Global  mehnat  bozoridagi  o‘zgarishlar,  raqamli  transformatsiya  va 
innovatsion fikrlash rahbarlardan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Maqolada 
kompetensiyalar  modeli,  liderlik  ko‘nikmalari,  hamda  samarali  boshqaruvning 
zamonaviy tamoyillari tahlil qilinadi. 

268-271 23 3

O’ZBEK VA ARAB TILLARINING GRAMMATIK STRUKTURALARIDAGI O’XSHASHLIK VA FARQLAR

Nuriddinova Chexroza Shuxrat qizi,, Baxtiyorova Fotima Sodiqovna

 
ANNOTATSIYA:Ushbu  maqolada  o‘zbek  va  arab  tillarining  grammatik 
strukturalari  solishtirilib,  ular  orasidagi  o‘xshashliklar  va  farqlar  tahlil  qilingan. 
Maqolada fe’l yasalishi, zamonlarning ifodalanishi, gap tuzilishi, ko‘plik va egalik 
shakllari, shuningdek, so‘z tartibi kabi grammatik jihatlar asosiy tahlil obyekti sifatida 
ko‘rib  chiqiladi.  O‘zbek  tili  agglutinativ  til  sifatida  qo‘shimchalar  yordamida 
grammatik ma’no ifodalasa, arab tili flektiv til bo‘lib, so‘z ildizlari va maxsus vaznlar 
orqali yangi shakllar yaratadi. Tadqiqot natijasida ikki til orasida tuzilma va o‘xshash 
jihatlarini  shakllantirganiga  e’tibor  qaratiladi.  Ushbu  maqola  tilshunoslik,  tarjima 
nazariyasi va chet tillarini o‘qitish metodikasi bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali 
bo‘lishi mumkin. 

266-267 25 5

KVANT O’RALAR TUZILISHI

To'xtaboyev Ozodbek Dilshod oʻgʻli

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  kvant  o‘ralar  (quantum  wells)  tushunchasi, 
ularning  yaratilish  usullari  va  zamonaviy  texnologiyalardagi  ahamiyati  yoritilgan. 
Kvant o‘ralar — bu yarimo‘tkazgichli strukturalarda elektronlar harakatining bir yoki 
bir  nechta  yo‘nalishda  cheklanishi  natijasida  hosil  bo‘ladigan  kvant  tizimlaridir. 
Maqolada kvant o‘ralarni modellashtirish usullari, energiya sathlarining hosil bo‘lishi 
va amaliy natijalar muhokama qilingan.. 

263-266 24 5

XONADA AJRALIB CHIQAYOTGAN NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH.

Nuriddinov Sardor Boboyarovich, Abduqodirov Azizbek Abdulaziz o’g’li

Annotatsiya 
Ushbu  maqolada  xonada  ajralib  chiqayotgan  namlik  miqdorini  aniqlash 
masalalari ko‘rib chiqildi. Maqolada namlik tushunchasi, xonadagi namlik manbalari 
va  uning  inson  salomatligi  hamda  qurilish  materiallariga  ta’siri  haqida  ma’lumot 
berildi. Shuningdek, namlikni o‘lchash usullari, xonada ajralib chiqayotgan namlikni 
hisoblash  formulalari  tahlil  qilindi.  Odamlar  faoliyatidan  kelib  chiqadigan  namlik 
miqdorini  aniq  hisoblash  orqali  ichki  mikroiqlimni  boshqarish  va  sog‘lom  yashash 
muhiti  yaratish  yo‘llari  ko‘rsatildi.  Maqola  nafas  chiqarish,  ter  ajratish  va  boshqa 
kundalik  jarayonlar  orqali  ajralib  chiqayotgan  namlikni  o‘lchashga  oid  nazariy  va 
amaliy bilimlarni jamlagan. 

256-262 24 5

O‘QUVCHILARNING O‘RGANISH USLUBLARI (VIZUAL, AUDIAL, KINESTETIK) VA ULARGA MOS METODIKALARNI QO‘LLASH YO‘LLARI

Qobilova Dilfuza Asatjanovna

Annotatsiya 
Zamonaviy  ta’lim  jarayonida  o‘quvchilarning  bilim  olishdagi  individual 
farqlari, ayniqsa, ularning o‘rganish uslublari muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. 
Ushbu annotatsiya “O‘quvchilarning o‘rganish uslublari (vizual, audial, kinestetik) va 
ularga  mos  metodikalarni  qo‘llash  yo‘llari”  mavzusini  yoritadi.  Asosiy  e’tibor 
o‘quvchilarning  bilimni  qanday  qabul  qilishi,  eslab  qolishi  va  qay  tarzda  samarali 
o‘rganishini ta’minlashga qaratilgan. 

252-255 16 7

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA EFFEKTIV METODLAR

Munisa Muxammadiyeva Shuhrat qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli 
o‘tqazishda  pedagogik  metodlarning  o‘rni  yoritib  berilgan  va  ularga  misollar  ham 
berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil 
o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim 
maktab,  bolalarga  chet  til  o‘qitish  metodikasidan  amaliy  bilimlarni  egallash  talab 
qilinadi. 

247-251 18 6

STRATEGIK MENEJMENT YONDASHUVLARI ASOSIDA OLIY TA`LIM TIZIMINI BOSHQARUVINI SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Sadikova Zilola Botir qizi

Annotatsiya 
Maqolada  strategik  menejment  asosida  oliy  ta`limni  boshqarish  masalalari 
muhokama  etiladi.  Shuningdek  mintaqaviy  klasterlar  tizimida  oliy  ta’lim  alohida 
o‘ringa egaligi xususidagi fikrlar bayon etilgan. 

243-246 23 8

TA’LIM TIZIMINING STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMI

Sadikova Zilola Botir qizi

Annotatsiya.  Ta'lim  tizimini  strategik  boshqarish  zamonaviy  ta'lim 
muassasalarining samaradorligini oshirish uchun muhim omildir. Ushbu maqola ta'lim 
tizimini  strategik  boshqarishning  nazariy  asoslari,  jarayonlari  va  amaliy 
yondashuvlarini tahlil qiladi. Strategik boshqaruvning asosiy tamoyillari va metodlari, 
shuningdek, ta'lim tizimida samaradorlikka erishish uchun zarur bo'lgan boshqaruv 
vositalari  ko'rib  chiqiladi.  Maqolaning  maqsadi  —  ta'lim  tizimini  strategik 
boshqarishning  ahamiyatini  yoritish  va  bu  sohada  samarali  boshqaruv 
yondashuvlarini tavsiya etishdir. 

236-242 25 6

INGLIZ TILINI MUSTAQIL O'RGANISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Ko'palova Maftuna

Annotatsiya:  Ingliz  tilini  mustaqil  o‘rganishda  uchraydigan  muammolar  va 
ularning  yechimlari  haqida  so‘z  borganda,  bu  jarayon  murakkab  va  ko‘p  qirrali 
ekanligini  tan  olish  lozim.  Ingliz  tili,  dunyo  miqyosida  eng  ko‘p  tarqalgan  va 
qo‘llaniladigan  tillardan  biri  bo‘lib,  uni  o‘rganish  ko‘plab  insonlar  uchun  muhim 
maqsad  hisoblanadi.  Mustaqil  o‘rganish  esa  o‘z-o‘zini  boshqarish,  motivatsiya  va 
samarali  o‘rganish  strategiyalarini  talab  etadi.  Shu  bois,  til  o‘rganishda  duch 
kelinadigan  qiyinchiliklarga  to‘xtalib,  ularni  yengish  yo‘llarini  ko‘rib  chiqish 
muhimdir. 

231-235 28 7

YANGI BAHOLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH: O‘QUVCHI NATIJALARINI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TAHLIL QILISH YONDASHUVI

Davlatov Akrom Olimovich

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  raqamlashtirilgan  baholash  tizimi  doirasida 
sun’iy intellekt (SI) yordamida o‘quvchi natijalarini samarali tahlil qilishning nazariy 
va  amaliy  jihatlari  yoritilgan.  Raqamli  texnologiyalar  va  SI  algoritmlaridan 
foydalanish  orqali  an’anaviy  baholash  tizimidagi  subyektivlikni  kamaytirish, 
o‘quvchilarning  individual  yutuqlari  va  ehtiyojlarini  aniqlash  imkoniyatlari 
o‘rganiladi.  Maqolada  ilg‘or  xorijiy  tajribalar,  mavjud  tahliliy  vositalar,  ularning 
afzalliklari  va  cheklovlari,  shuningdek,  O‘zbekiston  ta’lim  tizimiga  moslashtirish 
imkoniyatlari  ko‘rib  chiqiladi.  Tadqiqot  natijalari  asosida  raqamli  baholashni  joriy 
etish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi. 

227-230 20 6

INTEGRATING AI WRITING ASSISTANTS INTO THE ESL CURRICULUM: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES FOR TEACHERS

Muratova Khurshida Ne’matullo qizi

Abstract 
The  rise  of  AI-powered  writing  assistants  like  Grammarly,  QuillBot,  and 
ChatGPT  is  transforming  the  landscape  of  English  as  a  Second  Language  (ESL) 
instruction. While students increasingly rely on these tools for writing tasks, teachers 
are often left navigating the opportunities and risks of integrating AI into classroom 
practice.  This  study  explores  ESL  teachers’  perceptions,  practices,  and  challenges 
when incorporating AI writing tools into the curriculum. Through a mixed-methods 
approach  involving  a  teacher  survey  and  follow-up  interviews,  the  study  identifies 
pedagogical benefits such as personalized feedback, learner autonomy, and classroom 
efficiency, alongside challenges including ethical concerns, student overreliance, and 
insufficient professional development. The article argues that thoughtful integration of 
AI tools, supported by clear institutional policies and teacher training, is essential for 
maximizing their benefits in ESL writing instruction. Practical recommendations and 
implications for future research are also provided. 

25-28 20 4

QISQA KO’PAYTIRISH FORMULALARINI GEOMETRIK METOD ASOSIDA TUSHUNTIRISH

Rizayeva Bahoroy Jahongir qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada qisqa ko’paytirish formulalari  geometrik metod 
asosida tushuntiriladi. Bu metod maktab o’quvchilariga qisqa kopaytirish formulalarini 
yodda  saqlashda  va  bu  formulalarning  qiziqarli  bo’lishida  dars  jarayoniga  barcha 
o’quvchilarni  jalb  qilishda  muhim  ro’l  o’ynaydi  .  Maqola  o‘qituvchilar  uchun 
mo‘ljallangan  bo‘lib,  matematika  darslarida  geometrik  metodlardan    samarali  
foydalanishga yo‘naltirilgan. 
Annotation:  This  article  explains  the  formulas  of  special  products  (short 
multiplication formulas) using a geometric method. This method plays an important 
role in helping school students memorize these formulas and making the lesson more 
engaging, thereby involving all students in the learning process. The article is intended 
for  teachers  and  is  aimed  at  promoting  the  effective  use  of  geometric  methods  in 
mathematics lessons. 
Аннотация:  В  данной  статье  формулы  сокращённого  умножения 
объясняются на основе геометрического метода. Этот метод играет важную роль 
в  запоминании  формул  учащимися  и  делает  процесс  обучения  более 
увлекательным,  привлекая  всех  учеников  к  уроку.  Статья  предназначена  для 
учителей и направлена на эффективное использование геометрических методов 
на уроках математики. 

102-105 22 3

YOSHLARDA XULQ-ATVORNI OʻRGANISH MASALALARI HAMDA PSIXOKORREKSIYASI

Boymirzayeva Sevara Saytqulovna

 
Annotatsiya:  Maxsus  tashkil  etilgan  muloqot-suhbat  davomida  psixolog 
yordamida  shaxs  o‘zidagi  bor  kuchlarni  safarbar  qilaolishi  mumkin.  Aynan,  shu 
qo‘shimcha ruhiy kuch-quvvat va qobiliyat, insonning qiyin muammoli holatlardan 
chiqishga yordam beradi 

96-101 16 5

PARRANDALAR GO‘SHTI VA TUXUMINING VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI

O‘rinova Moxira Baxromjon qizi

Annotatsiya:  Mazkur  maqola  parrandalar  go‘shti  va  tuxumini  veterinariya 
sanitariya  ekspertizasiga  qo‘yiladigan  talablar  bo‘yicha  keng  tarzdagi  ma’lumotlar 
tahlilidan  niborat.  Shuningdek,  tuxumni  tovarliligi  bo‘yicha  klassifikatsiyasigab 
tegishli barcha talablar maqolada o‘z aksini topgan. 

88-95 25 9

O‘TKIR QORIN SINDROMIDA DIFFERENSIAL TASHXIS VA SHOSHILINCH JARROHLIK TAKTIKASINING AMALIY JIHATLARI

Shonazarov Samandar Oybek oʻgʻli, Jo‘rayev Jasur Nurali o‘g‘li, Jabbarova Risolat Baxtiyor qizi

Annotatsiya: O‘tkir qorin sindromi zamonaviy tibbiyotda muhim va murakkab 
klinik holatlardan biridir. Bu sindrom ko‘plab kasalliklarning umumiy belgisi bo‘lib, 
qorin bo‘shlig‘ida keskin og‘riq va boshqa simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. O‘tkir 
qorin  sindromining  asosiy  muammosi  uning  sabablarini  tez  va  aniq  aniqlash 
qiyinligidir,  chunki  bu  sindrom  turli  tizimlarning  kasalliklarida  yuzaga  kelishi 
mumkin.  Shu  sababli,  differensial  tashxis  jarayoni  va  shoshilinch  jarrohlik 
taktikasining  amaliy  jihatlari  stomatologiya,  terapiya  va  jarrohlik  sohasida  katta 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘tkir qorin sindromida tashxis qo‘yish 
va davolashning amaliy jihatlari haqida ma'lumotlar berilgan. 

81-87 22 5

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING O`RNI VA VAZIFASI.

Sotvoldiev Azamat Abdilxaevich

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarga  psixologik 
xizmat  ko‘rsatishning  zamonaviy  jamiyatdagi  o‘rni,  ijtimoiy  va  psixologik 
moslashuvdagi  roli,  ruhiy  salomatlikni  saqlashdagi  ahamiyati  keng  yoritiladi. 
Tadqiqotda ushbu toifadagi insonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilinib, mavjud 
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Psixologik xizmat turlari, 
yondashuvlar va amaliy natijalar asosida xulosalar chiqarilib, ilmiy asoslangan takliflar 
bildirilgan. 

77-80 17 3

МЕЖКОНТИНЕНТАЛЬНЫЕ ХИРУРГИЧЕСКИЕ МИССИИ: КАК ВРАЧИ УПРАВЛЯЮТ ОПЕРАЦИЯМИ ЗА ТЫСЯЧИ КИЛОМЕТРОВ

КАМАЛОВА НАСИБА БАХТИЁРОВНА, Б.А. Умаров.

 
АННОТАЦИЯ 
  В  данной  статье  рассматривается  стремительное  развитие 
роботизированной  хирургии,  позволяющей  врачам  проводить  операции  на 
огромных расстояниях от пациентов. Технологии телехирургии, основанные на 
высокоскоростной  передаче  данных  и  робототехнике,  открывают  новые 
возможности для оказания неотложной медицинской помощи в отдалённых и 
труднодоступных  регионах.  Через  реальные  примеры  межконтинентальных 
операций анализируются практические преимущества, технические сложности и 
роль таких миссий в спасении человеческих жизней. Особое внимание уделяется 
вопросам  точности,  безопасности  и  быстроты  медицинских  вмешательств  в 
условиях, когда время решает всё. 

70-76 27 5

QO’QON XONLIGINI ROSSIYA IMPERYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI

Nо‘mоnоv Kаmrоnbеk Kоzimjоn о‘g’li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Qo‘qon  xonligining  XIX  asrda  Rossiya 
imperiyasi  tomonidan  bosib  olinishi  jarayoni  tarixiy  manbalar  asosida  o‘rganildi. 
Asosiy  e’tibor  xonlikdagi  ichki  siyosiy  beqarorlik,  xalq  noroziligi,  harbiy  jihatdan 
zaiflik  kabi  omillarning  bosqinchilikni  osonlashtirishdagi  roliga  qaratildi.  Tadqiqot 
davomida Rossiya imperiyasining strategik harakatlari, diplomatik vositalar va kuch 
ishlatish orqali xonlikni bosib olgani yoritildi. Shuningdek, istilo natijasida Farg‘ona 
vodiysida  tashkil  etilgan  mustamlaka  boshqaruv  tizimining  xususiyatlari  va  xalq 
hayotiga ta’siri tahlil qilindi. 

60-69 19 6

YER SAYYORASIDAGI CHUCHUK SUV TANQISLIGI VA UNI KIMYOVIY USULLAR ORQALI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Ziyotova Gulisa Rajamatovna

Annotatsiya. Suv tabiatda keng tarqalgan bo’lib, u tiriklikning asosi bo’lgan 
bebaho boylikdir. Suv  butun jahon  davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va 
atrofmuhitni muxofaza qilishning asosiy omillaridan biridir. 

54-59 23 4

“BOQUVCHISINI YO‘QOTGAN AYOLLAR VA ULARNING VOYAGA YETMAGAN FARZANDLARIDA QAYG‘U VA MOSLASHUV JARAYONLARI: OILAVIY PSIXOLOGIK YORDAM ZARURATI”

Munojat Qo’ldosheva Bekmuratovna

Annotatsiya 
Ushbu maqolada boquvchisini yo‘qotgan ayollar va ularning voyaga yetmagan 
farzandlari ruhiyatida  yuzaga  keladigan  psixologik  holatlar tahlil qilinadi.  Amaliy 
tajriba  amaliyotchi  psixolog  tomonidan  individual  ishlash  tajribasiga  asoslangan 
bo‘lib,  Kognitiv-harakat  terapiyasi  (CBT)  va  “Hozir  va  shu  yerda  bo‘lish” 
(mindfulness)  texnikalari asosida  olib  borilgan. Mijozlarda  salbiy fikrlashni  ijobiy 
ruhiy  holatga  o‘zgartirish,  shukronalik  hissini  shakllantirish,  jamiyatga  ijobiy 
munosabatni  qayta  tiklash  maqsad  qilingan.  Keyslar  tahlili  asosida  ayollarning 
psixologik barqarorligi tiklangani, hayotga bo‘lgan qiziqishi ortgani va farzandlarga 
ijobiy  ta’sir  o‘tkazgani  kuzatildi.  Maqolada  amaliy  tavsiyalar  orqali  ijtimoiy-
psixologik yordam ko‘rsatishning samarali yondashuvlari bayon etiladi. 

52-53 15 5

ИНВЕСТИЦИОН МУҲИТНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИЛҒОР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАРИ

Тиркашев Фаррухжон Холйигитович

     Мавзунинг  долзарблиги. Жаҳон  иқтисодиёти  глобаллашув  ва  рақобат 
кучайиб бораётган шароитда мамлакатларнинг иқтисодий ўсиши кўп жиҳатдан 
инвестицион  жозибадорликка  боғлиқ.  Инвестицияларни  жалб  қилишда  илғор 
хорижий  давлатларнинг  тажрибасини  ўрганиш,  уларнинг  муваффақиятли 
молиявий механизмларини таҳлил қилиш Ўзбекистон учун муҳим аҳамиятга эга. 
Кўплаб  ривожланган  ва  ривожланаётган  давлатлар  инвестиция  оқимини 
кўпайтириш  мақсадида  молиявий  бозорларни  диверсификация  қилиш, 
инвесторлар  учун  имтиёз  ва  кафолатларни  тақдим  этиш,  давлат-хусусий 
шерикликни  кенгайтириш  каби  чораларни  муваффақиятли  қўлламоқда.  Ушбу 
тажрибаларни  Ўзбекистон  шароитига  мослаштириш  миллий  иқтисодиётнинг 
барқарор ўсишига хизмат қилади. 

41-51 19 3

ПОСЛЕОПЕРАЦИОННЫЕ ОСЛОЖНЕНИЯ ПОСЛЕ ЦИРКУЛЯРНОЙ РЕЗЕКЦИИ ТРАХЕИ ПРИ СТЕНОЗЕ: СТРУКТУРИРОВАННЫЙ ОБЗОР СОВРЕМЕННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Исматов Ж.К, Акрамов М.М, Усмонов А.У

Аннотация:  Стеноз  трахеи  —  сужение  просвета  дыхательных  путей  — 
может  быть  врождённым  или  приобретённым  (вследствие  травм,  инфекций, 
интубации).  Хирургическое  лечение  стеноза  с  помощью  круговой  резекции  и 
анастомоза  сопряжено  с  рядом  осложнений.  В  статье  рассматриваются  как 
ранние,  так  и  поздние  осложнения  (обструкция,  кровотечение,  рестеноз), 
анализируется  эффективность  установки  стентов,  минимально  инвазивных 
техник  и  значимость  мультидисциплинарного  подхода.  Подчёркивается 
необходимость стандартизации подходов и учёт качества жизни пациентов после 
операции. 

38-40 14 6

BOLALARDA ATOPIK DERMATIT:SABABLARI, KLINIKASI VA DAVOLASH USULLARI.

Ergesheva Farangiz Ravshan qizi

Annotatsiya-Ushbu maqolada bolalarda keng tarqalgan surunkali allergik teri 
kasalliklaridan biri- Atopik dermatitning sabablari, etiologiyasi, patogenezi, laborator 
tekshiruvlar,klinik ko‘rinishlari va davolash usullari yoritib berilgan.Maqolada Atopik 
dermatitni erta aniqlash va kasallikning zamonaviy davolash yondashuvlariga alohida 
e’tibor qaratilgan. 

33-37 18 3

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNI DARS JARAYONIDA QO‘LLASH MEXANIZMLARI

Axmedova Kamuna Muxammadxodjayevna

Annotatsiya. Mazkur maqolada pedagogik texnologiya tushunchasi va uni dars 
jarayonida  qo‘llash  mexanizmlari  hususida  ayrim  fikr-mulohazalar  bayon  etilgan. 
Shuningdek  maqolada  pedagogik  texnologiya  tushunchasining  tarixiy  ildizlari, 
mualliflarning unga bergan ta’riflari keltirilgan bo‘lib, ushbu fikrlar asosida yakuniy 
mulohazalar yoritilgan.  

29-32 22 8

MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY DASTURLARDAN FOYDALANISH

Rizayeva Bahoroy Jahongir qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  matematika  darslarida  zamonaviy  raqamli 
texnologiyalar  va  interaktiv  dasturlardan  –  xususan  GeoGebra,  WolframAlpha  va 
asosan Desmos dasturlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Ushbu vositalar 
orqali  darslar  samaradorligi  ortadi,  o‘quvchilar  mavzuni  chuqurroq  tushunadi  va 
matematikani  vizual,  interaktiv  tarzda  o‘rganish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Maqola 
o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni raqamli vositalardan foydalanishga 
rag‘batlantirishga qaratilgan. 

106-113 31 4

ANALYZING THE IMPACT OF LEADERSHIP STYLES ON EMPLOYEE ENGAGEMENT AND PRODUCTIVITY IN TASHKENT UZBEK SMES

Yusupova Yulduz

   Annotation: This study investigates the profound influence of various leadership 
styles  on  employee  engagement  and  productivity  within  Small  and  Medium-sized 
Enterprises (SMEs) in Tashkent, Uzbekistan. Utilizing a mixed-methods approach, the 
research explores how leadership behaviors, such as transformational, transactional, 
and laissez-faire styles, correlate with levels of employee commitment, motivation, and 
overall output. The findings aim to provide valuable insights for Uzbek SME leaders 
to cultivate environments that foster higher engagement and productivity, ultimately 
contributing to sustainable organizational growth and economic development in the 
region. 

20-24 17 4

YUQORI TALABALARDA SOG‘LIQNI SAQLASHGA BO‘LGAN MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH TAJRIBASI

G‘afurova Nafisa

ANNOTATSIYA:  Ushbu  maqolada  o‘smir  yoshdagi  barcha  o‘zgarishlar 
jumladan sog‘lik holatida yuz beradigan o‘zgarishlarga munosabati va ushbu sog‘lik 
holati  shaxs  sifatida  shakllanishga  ta’siri  tahlil  qilingan.  Ular  jamiyat  jamiyatini 
rivojlantirish  uchun  zarur  bo‘lgan  ijtimoiy  va  aqliy  resursni  tashkil  etadigan 
o‘zgarishlar va jamiyatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar va innovatsiyalarning nozik 
ko‘rsatkichi  sifatida  asosiy  o‘rin  tutadi.  Shu  sababli  ushbu  davrda  sodir  bo‘adigan 
holatlarni atroflicha tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

17-19 16 3

TEZKOR VA TO‘G‘RI AXBOROT — JURNALISTNING ENG MUHIM VAZIFASI

Abdiyeva Sarvinoz Shoyimovna

 
  Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  jurnalistikaning  asosiy  prinsiplaridan  biri  — 
axborotning to‘g‘riligi va tezkorligi masalasi chuqur tahlil qilinadi. Bugungi axborot 
jamiyatida tezlik va aniqlik omillari o‘zaro bog‘liq holda jurnalist kasbining asosiy 
mezonlariga  aylangan.  Maqolada  to‘g‘ri  axborot  yetkazish  bilan  birga  tezkorlikka 
intilish  o‘rtasidagi  muvozanat,  bu  ikki  omilning  zamonaviy  ommaviy  axborot 
vositalaridagi aks etishi, shuningdek, noto‘g‘ri va tekshirilmagan xabarlarning ijtimoiy 
ongga  salbiy  ta’siri tahlil  qilinadi.  Tadqiqotda  jurnalist kasbining  axloqiy-me’yoriy 
mezonlari,  faktni  tekshirish  tamoyillari,  feyk  axborot  tahdidi  va  axborot 
madaniyatining ahamiyati haqida ham fikr yuritiladi. Maqola so‘ngida tezlikka emas, 
haqiqatga asoslangan jurnalistika muhimligi asoslab beriladi. 

12-16 20 6

STRATEGIES FOR REDUCING POVERTY THROUGH TOURISM: A CASE STUDY OF RURAL AREAS

Olimjoova Sehriyo Muzaffar qizi

 
Abstract. This article explores the role of tourism as an effective tool for poverty 
alleviation  in  rural  areas.  It  analyzes  how  the  development  of  rural  tourism 
infrastructure,  community-based  tourism  models,  and  employment  opportunities 
contribute to improving the income and living standards of the local population. Using 
case  studies  from  selected  regions  of  Uzbekistan,  the  article  highlights  practical 
strategies such as agrotourism, homestay programs, and cultural tourism to empower 
local communities economically and socially. The research emphasizes the importance 
of government support, training, and sustainable planning to maximize the benefits of 
tourism in underdeveloped regions. 

7-11 24 7

BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERAKTIV USULLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Yashinova Shahzoda To’lqin qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf ona tili darslarida interaktiv 
usullardan  foydalanishning  samaradorligi  yoritilgan.  Interaktiv  metodlar 
oʻquvchilarning  dars  jarayonida  faol  ishtirok  etishini  taʼminlab,  ularning  mustaqil 
fikrlashi,  muloqotga  kirishish  qobiliyati  va  til  madaniyatini  shakllantirishga  xizmat 
qiladi.  Maqolada  “Aqliy  hujum”,  “Klaster”,  “Insert”,  “Savol-javob”,  “Juftlikda 
ishlash”  kabi  usullarning  amaliy  qo‘llanishi  misollar  asosida  ko‘rsatib  beriladi. 
Tadqiqot  davomida  interaktiv  usullarning  dars  sifati  va  oʻquvchilarning  bilim 
samaradorligiga ijobiy taʼsiri tahlil qilinadi hamda metodik tavsiyalar beriladi. 

223-226 20 4

FROM SCROLLING TO STRUCTURING: THE ROLE OF MOBILE AI TOOLS IN IDEA GENERATION FOR ESL WRITING AMONG GENERATION Z LEARNERS

Muratova Khurshida Ne’matullo qizi

Abstract 
The  shift  to  mobile-assisted  learning  has  dramatically  influenced  writing 
instruction  in  English  as  a  Second  Language  (ESL)  classrooms,  especially  among 
Generation Z learners. This paper explores how mobile-based AI tools, specifically 
ChatGPT, serve as catalysts for idea generation in ESL writing instruction. Grounded 
in digital learning theories and constructivist pedagogy, the study examines practical 
classroom  applications  of  ChatGPT  on  mobile  devices  and  surveys  learners' 
perceptions. The findings suggest that mobile AI tools help ESL students overcome 
idea-generation  blocks,  promote  learner  autonomy,  and  enhance  cognitive 
engagement. Pedagogical implications and ethical considerations are discussed. 

218-222 16 6

ENVIRONMENTAL ISSUES. ECOTECHNOLOGIES

NARMANOV OTABEK ABDIGAPPAROVICH

Аннотация.  Для  регулирования  экологических  проблем  необходимо 
стимулировать  развитие  области  экотехнологий,  основанной  на 
биотехнологиях. С помощью биотехнологий и экотехнологий разрабатывается 
интегральный индекс. Это определяет устойчивое развитие эффективности 
экологической безопасности. 
Экотехнологии выполняют уникальные задачи, такие как регулирование 
устойчивого  развития.  Контролируют  использование  биотехнологий  для 
создания экологически безопасных решений, одновременно управляя отходами, 
которые различными способами попадают в окружающую среду. 

213-217 18 6

EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRIDA ORGAN TO’QIMALARNING FUNKSIONAL HOLATI

Berdimurodova Shaxzoda Yodgor qizi

Annotastiya. Mazkur maqola ekologik omillarni tirik organizmning funsional 
xolatiga ta’siri to’q’risida ma’lumotlar beradi. Atrof muxitda maqsadli ishlatildagan 
insektisidlar  tirik  organizmning  ximoya  to’siq’iga  o’ziga  xos  ta’sir  qiladi. 
Zaiflashagan immun tizimi bunday xujumlarga javob bera olmasligi natijasida turli 
kasalliklarning  rivojlanishi  kuzatiladi.  Chunki  barcha  abiotik  omillar  toksikologik 
ta'sir usullariga ega. Shunday ta’sirotlarni bartaraf etish uchun sanitariya gigiena 
tekshiruvlarni muntazam yo’lga qo’yish kerak. 

207-212 19 4

IMMUN TIZIMIGA INFEKSIYA VA INSEKTISIDLARNING SINERGETIK TA’SIRI

Maksudova Pokiza Nosirovna

Аннотация.  В  статье  рассматривается  воздействие  различных 
микроорганизмов и инсектицидов на иммунную систему живого организма и его 
результаты.  Инфекции  считаются  патогенами,  а  инсектициды  -  это 
химические вещества, используемые для уничтожения чужеродных организмов. 
Их  воздействие  на  живой  организм  может  практически  полностью 
блокировать  функции  органов,  тканей,  клеток,  иммунной  системы  или 
естественных защитных систем. 

198-206 19 3

МЎҒУЛ ХОНЛИКЛАРИДА ДАВЛАТ БОШҚАРУВИ

Қаҳрамон Усманович Умидуллаев, Чўтбоев Муҳаммад Чориевич

   
Аннотация:  Мазкур  мақолада мўғул  хонликларининг давлат  бошқаруви 
тизимига  оид  манбалар  ўрганилиб,  таҳлил  қилинган.  Мўғул 
хонликларининг марказлашган  давлат  ташкил  этиш  ва  уни  бошқариш 
борасидаги  ёндашувлари,  хусусан  давлат  бошқарувида  ҳарбий  тартиб  ва  Ясо 
қонунларининг  ўрни  ёритиб  берилган.  Эгаллаб  олинган  ҳудудларда  Мўғил 
хонлари  томонидан  жорий  этилган  бошқарув  тизими,  маҳаллий  анъаналар, 
қадриятлар ва диний эътиқодга бўлган муносабат (ислом, буддизм ва бошқа) ва 
мўғилларнинг давлат бошқарувига хос тартиб ҳақида фикр юритилган.    

193-197 16 10

BRENDING STRATEGIYASI VA YUZ YARATISHDA RAQAMLI MARKETING NAZARIYALARINING SAMARADORLIGI

JASMINA AVAZBEKOVA

  Ushbu  maqolada  zamonaviy  biznes  muhitida  brend  yaratish  va  uni 
mustahkamlash  strategiyalarining  o‘rni,  ayniqsa,  raqamli  marketing  vositalari 
yordamida  imidj  shakllantirish  jarayoni  tahlil  qilinadi.  Brending  bu  mahsulot  yoki 
xizmatni  boshqa  raqobatchilardan  ajratib  turuvchi  qadriyatlar  majmuasi  bo‘lib, 
iste’molchilarda  muayyan  tasavvur  va  ishonch  uyg‘otadi.  Raqamli  marketing  esa 
internet,  ijtimoiy  tarmoqlar,  mobil  ilovalar,  SEO  va  boshqa  texnologiyalar  orqali 
brendni targ‘ib qilishning zamonaviy vositasidir. Maqolada brending strategiyasining 
asosiy  turlari,  vizual  imidj  yaratish  tamoyillari  va  mijozlar  bilan  ishonchli 
munosabatlar o‘rnatishda kontent marketingi, email marketing, influencer marketing 
kabi vositalarning samaradorligi amaliy misollar bilan yoritilgan. Shuningdek, raqamli 
muhitda brend sodiqligini oshirish yo‘llari, brend monitoringi va tahlil usullari ko‘rib 
chiqiladi. 

187-192 20 7

OPTIKA BO’LIMIGA OID MASALALARNI YECHISH USULLARI

Xolliyev Diyor Navruz o'g'li

Annotatsiya 
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan 
keng  ko‘lamli  e’tibor  yosh  avlodni  har  tomonlama  yetuk,  mustaqil  fikrlovchi  va 
zamonaviy bilimlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda 
fizika  fanini  samarali  o‘qitish,  xususan,  o‘quvchi  va  talabalar  amaliy 
kompetensiyalarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg‘ulotlar 
va  masala  yechish  darslari  mazkur  kompetensiyalarni  rivojlantirishning  muhim 
vositasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday darslarda, ayniqsa murakkab masalalarni 
yechishda,  talabalarning  ayrim  qiyinchiliklarga  duch  kelishi  kuzatiladi.  Ushbu 
maqolada optika bo‘limiga oid bir nechta masalaning yechimlari ko‘rib chiqilib, ular 
orqali  talabalarni  ushbu  mavzudagi  murakkabliklarni  yengib  o‘tishga  tayyorlash 
maqsad qilingan. Ishonamizki, keltirilgan usullar va izohlar optikaga oid masalalarni 
chuqurroq tushunishga va ularni mustaqil hal qilishga ko‘mak beradi. 

180-186 25 7

DATA SCIENCE VA IQTISODIYOT, MENEJMENT HAMDA MARKETING: O’ZARO BOG’LIQLIK VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Hasanova Bonu Furqatovna

Annotatsiya. Ushbu maqolada Data Science ning zamonaviy biznesning uch 
muhim  yo’nalishi  –  iqtisodiyot,  menejment  va  marketing  sohalari  bilan  o’zaro 
chambarchas  bog’liqligini  ko’rib  chiqiladi.   Maqolada  ma’lumotlarga  asoslangan 
yondashuv iqtisodiy o’sishni bashorat qilish, boshqaruvda to’g’ri qarorlar qabul qilish 
hamda  marketingda har bir  mijozning  ehtiyojini  aniqlashda qanday  yordam  berishi 
hayotiy misollar bilan tushuntiriladi. Shuningdek, bu sohalarning birgalikda ishlashi 
qanday  yangi  imkoniyatlar  yaratishi  va  kelajakda,  xususan,  O’zbekistonda  qanday 
istiqbollar mavjudligi haqida so’z yuritiladi.