Maqolada badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Badiiy asar yozib bo‘lingach, kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish, ma’nolar mahzanini idrok aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni taqozo etadi. U aqlu zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini kashf etib boradi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi.
Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Ijodkor shaxsiga, badiiy adabiyotga estetik tuyg‘u nuqtai nazaridan yondashish kuzatiladi. Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go‘zallik, ezgulik singari qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma xilligi hamda uslubiy yo‘nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o‘zlashtirish, xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.
Maqola badiiy asarlarda shevalarni tarjima qilish muammosiga bag‘ishlangan. Dialektlar tilning ajralmas qismi boʻlib, koʻpincha badiiy adabiyotda qoʻllaniladi va ular turli vazifalarni bajaradi. Shuning uchun ham badiiy asarlarni tarjima qilishda shevalarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. O'rganilayotgan tilda dialektlarni qanday ko'rsatish kerak degan savol tug'iladi. Turli tadqiqotchilar bu masalaga turlicha yondashgan. Biroq, aniq fikrlar yo'q. Shuning uchun badiiy asarlarda shevalarni tarjima qilish strategiyalarini tahlil qilish qiziq tuyuladi.
Maqolada Yunus Emro turkiy she’riyatda Xoja Ahmad Yassaviy ijodiy an’analarini munosib davom ettirgani ikki shoir asarlari qiyosiy tahlili asosida dalillangan. Ikki buyuk shoir asarlari uch yo‘nalishda qiyoslangan: 1) irfoniy mazmunning badiiy talqini; 2) badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik; 3) badiiy asar tili va ifoda usuli. Qiyosiy tahlil natijasida, birinchidan, Yunus Emroning ulug‘ bir irfon shoiri ekani, ikkinchidan, badiiy ijodda hazrat Xoja Ahmad Yassaviy an’analarini munosib davom ettirgani, uchinchidan, turkiy xalqlar adabiy-estetik tafakkuri yuksalishiga katta hissa qo‘shgani haqidagi xulosaga kelingan.
Buyuk so‘z san’atkorlari badiiy asarlarining mazmunan rangbarang bo‘lishi uchun turli poetik san’atlardan unumli va mohirona foyda- langanlar. Bu esa asarning badiiy jihatdan tiniq, uslubiy ravon va shaklan jozibador bo‘lishida olib kelgan.
Ushbu maqola Namangan adabiy muhiti vakili, Naqshbandiya tariqati namayondalaridan biri Abdulaziz Majzub Namangoniy ijodida badiiy san’atlarning o‘rni haqida yozilgan. Ijodkor asarlarida badiiy san’atlarning ikki turi: lafziy va ma’naviy san’atlardan foydalanganligi, ularga chiroyli dalillar berilganligi haqida.
Ma’naviy san’atlar baytdagi ayrim so‘z yoki butun baytning ma’nosi bilan aloqador badiiy vositalar bo‘lib, ularning miqdori, Atoulloh Husayniyning "Badoyi’u-s-sanoyi’" asarida keltirilishicha, ellikdan ortiq. Mubolag‘a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orifona, tashxis, talmih, laff va nashr, ruju’, istiora, kinoya, irsoli masal, tazod, tanosub va boshqalar ma’naviy san’atlarning eng mashhurlaridir.
Lafziy san’atlar bayt yoki undagi ayrim so‘zlarning shakli - talaffuz va yozilishiga asoslangan bo‘lib, «Badoyi’u-s-sanoyi’»da tarsi’, tajnis, ishtiqoq, raddul ajz, radd ul-matla’, tardu aks, takrir, mukarrar, kitobat, talmi’, tarix kabi ellikdan ortiq lafziy san’at namunalari keltirilgan.
Maqolaning maqsadi - Viktor Pelevinning "Blur dunyo" va "Vera Pavlovnaning to'qqizinchi orzusi" hikoyalarida adabiy strategiyaning bir qismi sifatida badiiy voqelikni yaratish jarayonida "begona so'z" funktsiyalarini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, V.Pelevinning 1990-yillardagi ijodi postmodernizm kontekstida badiiy voqelikni qurish nuqtai nazaridan ilmiy adabiyotlarda amalda aks ettirilmagan. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, V. Pelevinning dastlabki hikoyalarida qahramon ongining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda "obyektiv" va "sub'ektiv" realliklarning sintezidan iborat badiiy haqiqat funktsiyalarini qurishga noan'anaviy yondashuv, yoki bu voqeliklarni rus adabiyoti uchun yangi bo‘lgan noreal darajasiga qo‘yuvchi qandaydir tashqi kuch tomonidan.
Maqolada ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma’rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, uning Qur’oni karim va sunnatni puxta o‘rgangani, mana shu ikki qudratli manbaga og‘ishmay amal qilganligi ko‘rib chiqiladi. buyuk islom mutafakkirlari, so‘fiylik bilimdoni va ularning g‘oyalarini tinimsiz rivojlantirib borganligi, o‘z asarlarida yuksak badiiy talqinlar berganligi, uchinchidan, o‘zi mansub bo‘lgan turkiy xalqlar tarixini mukammal bilganligi, o‘z tarixini mukammal bilganligi, tasavvuf ilmining mutafakkirlari asarlarini o‘qiganligi, o‘z asarlarida yuksak badiiy talqinlar berganligi, xalq sha’ni va sha’nini himoya qilish va yuksaltirish uchun butun ijodiy va ilmiy salohiyatini safarbar etish. Unda Alisher Navoiyning iymon va shariat tamoyillariga qanday amal qilganligi, buyuk mutafakkir o‘qigan tafsir va hadislar, so‘fiy allomalarning asarlari haqida so‘z boradi. Uning diniy-ma’rifiy va falsafiy-tasavvufiy g‘oyalarni yuksak saviyada badiiy talqin qilgani ijodi tahlili bilan ham tasdiqlanadi. “Xamsa”ning “hamd” (Allohga hamd), “munojot” (Allohga iltijo) va “nat” (payg‘ambarga hamd) kabi qismlarining mohiyati o‘rganilmoqda. Islomiylik va millatchilikning bir-birini to‘ldirishi, buyuk shoirning islom ma’rifatiga bag‘ishlangan ijodi kontseptsiyasini qo‘llab-quvvatlash, uning asarlarida milliy ruhni ifodalashga to‘sqinlik qilmaganligi haqida tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlil natijasida nazariy umumlashtirishlar amalga oshiriladi.
Ushbu maqolada yoshlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassisi sifatida yetishishida madaniyatlararo muloqot qilish muhim ahamiyati o‘rganilgan. Bu til o‘rganishni kommunikativ yondashuvni talab qiladi. Tadqiqotimizning maqsadini ingliz badiiy adabiyotini mutolaa qilish jarayonida talabalarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish qanday ahamiyat kasb etishini o‘rganish va baholash edi. Tadqiqotning vazifalarini quyidagi mavzular tashkil etadi: 1) ingliz badiiy adabiyotining talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyasini rivojlantirishdagi ahamiyatini nazariy tekshirish; 2) ijtimoiy-madaniy nutq tahlilining vazifasi va ahamiyatini asoslash; 3) ingliz badiiy adabiyotini ijtimoiy- madaniy kompetentsiya rivojlanishida qo‘llash samaradorligini tahlil qilish.; 4) ingliz badiiy adabiyotini mutolaa qilish orqali talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyasini rivojlantirishga yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ushbu maqolada o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ularda o‘smir ruhiyati ifodasi, shuningdek, bola ruhiyatini tasvirlar ekan, unda yozuvchi biografiyasining qay darajada ishtirok etishi masalasiga ham batafsil to‘xtab o‘tilgan. Aslida, Har qanday badiiy asarda qaysidir darajada yozuvchining biografiyasi aks etishi tabiiy. Zero, yozuvchi asar yozar ekan, uning hayoti davomida duch kelgan voqealari hamda kechirgan his-tuyg‘ulari o‘sha asarda muhrlanib boradi. Biz yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari tahliliga to‘xtalar ekanmiz, ularda, avvalo, yozuvchining hayot yo‘li, xarakteri (tabiati) aks etishini ko‘ramiz.
Shuningdek, maqolada bugungi o‘zbek bolalar adabiyotidagi bosh muammo – bola tarbiyasida uning ruhiyati birlamchi ekanini badiiy asarlar misolida yoritib berildi. Bolalar uchun yozigan badiiy asar bola ruhiyatining in’ikosi ekani ta’kidlangan.
Ushbu maqolada mualliflar N. Gumilyov asarlarining tojik tiliga badiiy tarjimasining stilistik xususiyatlarini ko‘rib chiqadilar. Dunyo xalqlari adabiyotida juda koʻp badiiy asarlar yaratgan N. S. Gumilyov nasri alohida oʻrin tutadi. Bular zamonaviy rus adabiyotida markaziy o'rinni egallagan "Qora general", "Katta hikoyalar" romanlari. Uning asarlari shaklan milliy va mazmunan chuqur bo‘lib, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham keng tarqalgan.
Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida yaratilgan badiiy asarlarda o’rin holini ifodalovchi lokavtiv so’z yoki so’z birikmalarining qo’llanishi, lokativ sintaksemalar va ularning yasalishi, qo’llanilishi va ularning har bir til uchun o’ziga xos xususiyatlari o’rganish asosiy maqsad qilingan
Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma’rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, Qur’on va Sunnatni mukammal o‘rganib, butun hayoti davomida islom shariatining bu ikki mo‘tabar manbasiga og‘ishmay amal qilgani, ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini mutolaa qilgani hamda ulardagi g‘oyalarni muttasil rivojlantirib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o‘zi mansub turkiy xalq tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo‘liga safarbar eta olganida namoyon bo‘lishi tadqiq qilingan.
Alisher Navoiyning e’tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani, buyuk mutafakkir o‘qib o‘rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf allomalarining asarlari haqida so‘z yuritiladi. Diniy-ma’rifiy va falsafiyirfoniy g‘oyalarni yuksak darajada badiiy talqin etgani asarlarining tahlili orqali dalillanadi. “Xamsa” asarining hamd, munojot va na’t qismlari mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi islom ma’rifatiga tayanishi asarlarining milliy ruhni ifodalashiga monelik qilmasligi aksincha, islomiylik va milliylik bir-birini to‘ldirishiga doir tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashmalar chiqariladi.