Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida yaratilgan badiiy asarlarda o’rin holini ifodalovchi lokavtiv so’z yoki so’z birikmalarining qo’llanishi, lokativ sintaksemalar va ularning yasalishi, qo’llanilishi va ularning har bir til uchun o’ziga xos xususiyatlari o’rganish asosiy maqsad qilingan
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakili Usmon Nosir tarjimayi holi, ijodiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilgan.
Jahon xalqlari matnshunosligida milliy adabiy merosni birlamchi manbalar asosida o‘rganishga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham kuchayib bormoqda. Qo‘lyozma manbalar tadqiqi, qaysi davrda yashagan bo‘lishidan qat’i nazar, shoir
yoki adib asarlarining asliyatga muvofiq (hech bo‘lmaganda unga yaqin) matnlarini tiklash imkonini beradi. Ishonchli matnni tiklamay turib, shoir ijodini adabiyotshunoslikning nazariy muammolari kesimida tahlil etib bo‘lmaydi.
Dunyo matnshunosligida qo‘lyozma manbalarni qiyosiy tahlil etish, ijodkor ilmiy biografiyasini yaratish, badiiy asar matni tarixini o‘rganish kabi ilmiy muammolar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular sirasidan dunyo kutubxonalari bo‘ylab tarqalgan Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, turkiy adabiyotning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Bobur asarlari manbalarini o‘rganish doirasida katta tajriba, bilim hamda material to‘plandi. Olib borilgan keng tadqiqotlar matnshunoslikning nazariy asoslari yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbek matnshunosligi mavjud ilmiy tajribalar negizida taraqqiy etib, mumtoz adabiy manbalarni o‘rganish borasida muayyan natijalarga erishdi va erishmoqda. Milliy adabiyot tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar adabiy merosini asliyat
asosida tadqiq qilish, qo‘lyozma va toshbosma manbalarni ilmdagi so‘nggi yutuqlarga tayanib o‘rganish manbashunoslik va matnshunoslikning ustuvor vazifalaridandir. Negaki, “...o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega…” 1 . Shunga ko‘ra, Xorazm adabiy muhiti namoyandasi Mutrib Xonaxarob (1853–1923) lirik devoni manbalarining ilmiy-monografik tadqiqini amalga oshirish, shoir asarlari matn tarixini o‘rganib, ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash tamoyillarini ishlab chiqish dolzarb ekani ayon bo‘ladi.
Mutrib ijodini o‘rganish shoir hayotligidayoq boshlangan. Tabibiy “Majmuat ush-shuaroyi payravi Feruzshohiy” hamda “Majmuatu muxammasot ush-shuaroyi Feruzshohiy” majmualarida shoirning she’riyat va musiqadagi
yutuqlarini e’tirof etadi. Hasanmurod Laffasiyning “Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollari”, Bobojon Tarrohning “Xorazm shoir va
navozandalari”, Po‘latjon Qayyumiyning “Tazkirayi Qayyumiy” asarlarida ham shoir ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ijodkor adabiy merosi yuzasidan O. Sharafiddinov, M. Yunusov, N.M. Mallayev, Yu. Yusupov, M. Pirnazarov,
A. Abdug‘afurov kabi olimlar maqolalar e’lon qilgan. Ushbu maqolalarda shoir tarjimayi holi, asarlarining g‘oyaviy qamrovi va badiiyati, adabiy merosining mavzu va janr xususiyatlari yoritilgan. Lekin ularning aksarida shoir asarlari kommunistik
mafkura ta’sirida talqin etilgan. M. Pirnazarov Mutrib lirik merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari, mavzu ko‘lami, janr xususiyatlari, badiiy mahorati masalalarini o‘rgangan. Ushbu
tadqiqot o‘z davri uchun qimmatli ma’lumotlar bergan bo‘lsa-da, shoir ilmiy biografiyasini yaratish, ijodkor asarlarini matnshunoslikning nazariy muammolari kesimida tadqiq qilish, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish kabi muammolar hanuz yechimini kutib turibdi. Shoir adabiy merosini o‘rganishda “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)” kitobi e’tiborga molik. Biroq bu she’rlar
matni to‘liq emasligidan tashqari, so‘zlarning o‘qilishida ham xatoliklar uchraydi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada Muhammad Hasan Mutrib devonining O‘zR FA ShI asosiy hamda H. Sulaymon fondlarida saqlanayotgan 906/VII, 903/IV, 2679/II raqamli qo‘lyozmalari, shuningdek, qo‘lyozma bayoz, majmua va tazkiralardagi
turkiy she’rlari, Xiva Ichonqal’a Muhammad Rahimxon Feruz II muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozma bayozlardagi she’rlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Pedagogik faoliyatda kasbiy motivlarning barqarorligi muhim ahamiyat kasb etib, uni rivojlantirish faoliyat turi bilan bog‘liq ko‘plab muvaffaqqiyatlarni ta’minlashi ehtimoldan holi emas. Xizmat faoliyatida motivlar rolini oshirish xuddi, tashkilotlarnikidek ma’lum bir qonuniyatga bo‘ysunadi.
Ushbu ilmiy maqolada hozirgi kunda qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarilishi jihatdan yuksak o’rin kasb etayotgan asfaltbeton va uning yo’l qurilish sohasidagi o’rni hamda qo’llanilishiga doir qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan.
Tish kasalliklari orasida og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining patologiyasi alohida o’rin tutadi, chunki uning paydo bo’lishi va klinik ko’rinishi ko’pincha ko’plab mahalliy va umumiy omillarning ta’siri bilan bog’liq. Metotreksatni qabul qilgan tug’ish yoshidagi ayollarda aftoz stomatitning o’ziga xos xususiyatlari aniq og’riq belgilarining mavjudligi, sust, asta-sekin progressiv kurs, tiklanish jarayonlarining uzoq davom etishi, mintaqaviy limfa tugunlarining ko’payishi va og’rig’i edi.
Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish
va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi yoritilgan.
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsiyalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqti- sodiy o’sishning yukori sur‘atlarini ta‘minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy investisiyalar muhim o’rin tutadi. Investisiyalarga e‘tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi.
Bu atama inglizcha atamadan kelib chiqadi - lotincha terminus, cheklangan, chegara, chegara belgisi degan ma’noni anglatadi. Atama-fan-texnika, xususan anatomiya terminologiyasiga
oid tushunchalarning aniq, konkret, aniq bo’lmagan ifodasi bo’lgan so’z yoki ibora. Bu butun dunyo tilshunoslari tomonidan e’tirof etilgan ta’rif va tavsifdir. Buni ingliz terminologlari ham tan olishadi. Binobarin, leksika sohasida atama ilmiy tushunchalarni aniq ifodalash bilan alohida o’rin tutadi.