Shaxsning qadriyatlar va emotsional intellektining o‘zaro aloqadorligi muammosi mamlakat va jamiyatning asosiy tayanchi hamda rivojlantiruvchi kuchi bo‘lgan yoshlarda zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish, mutaxassis sifatida professional mehnat faoliyatini olib borish, shaxslararo munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishiga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi yillar davomida emotsional intellekt va qadriyatlar bog‘liqligi borasida zamonaviy psixologik tadqiqotlarni amalga oshirish zaruriyatini hanuz saqlab qolmoqda. Maqolada emotsioanl intellekt va qadriyatlar o‘zaro aloqadorligini tadqiq etishga doir empirik natijalar tahlil qilinadi
Ushbu maqolada emotsional intellekt, emotsional intellektning oilaviy munosabatlardagi o‘rni, emotsional savodxonlik
Ushbu maqolada bugungi global texnik o‘zgarishlar jarayoni texnika imkoniyatlari, ayniqsa sun’iy intellektning algoritmlarni modellashtirish (nazariyalarni isbotlash, qaror qabul qilish), tabiiy tilni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish (neyron tarmoqlar, bioalgoritmlar), tasvirni aniqlash, aqlli robotlar, mashina yaratish va xizmat ko‘rsatish sohalarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlari jamiyat rivojlanishining ajralmas qismiga aylanib borayotganligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek ilm-fan rivojlanishining hozirgi bosqichigacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarishlar va ilmiy yutuqlar o‘zaro taqqoslangan va sun’iy intellekt imkoniyatlarining sanoat, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tibbiyot hizmatlar ko‘rsatish va boshqa bir qator sohalaridagi yutuq va kamchiliklari tahlil qilindi.
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri o‘rganildi, kasbiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilindi, kelgusi kasbiy faoliyatga ta’siri baholandi va sun’iy intellektni maktabda o‘qitish bo‘yicha yondashuvlar o‘rganildi. Hamda o‘rgatish jarayonini amaliy masalalar yechish orqali samarali tashkil etish aniqlandi.
Maqolada axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektning muvaffaqiyati natijasida yuzaga keladigan jarayonlar, jumladan, mehnat, aqlli mashinalarning inson mehnatini yengillashtirish bilan birga, insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qaytadan ko‘rib chiqish, mehnatning intellektuallashuvining ishlab chiqarish sifati va samaradorligiga ta’siri, axborotlashgan jamiyat muammolari ijtimoiy-falsafiy aspektda ochib berilgan.
Sun'iy intellekt turli sohalarda inqilob qildi va kommunikatsiya bundan mustasno emas. Katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish, axborot na’munalarini tahlil qilish orqali va odamlarga o'xshash o'zaro ta'sirlarni taqlid qilish qobiliyati bilan sun’iy intellekt aloqa jarayonlarini yaxshilashda ajralmas vositaga aylandi. Ushbu maqolada biz sun'iy intellektning turli domenlar bo'ylab kommunikatsiyani o'zgartirish va yaxshilashdagi muhim rolini ko'rib chiqamiz.
Ushbu tesizda hissiy intellektning rivojlanishning psixologik omillari, insonlardagi tuyg‘ularni boshqarish, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish va bu xususiyatlarni insonlarda o‘rganilishi yoritib berilgan.
Ushbu maqolada banklarni raqamli transformatsiya qilishda biometrik texnologiyalar, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt, raqamli kreditlash, regulatory technology va pul o‘tkazmalarining imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning natijalari bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatish tizimlarini moliyaviy texnologiyalar imkoniyatlari asosida rivojlantirishga xizmat qiladi