Ilmiy yо‘nalishlari: pedagogika nazariyasi va tarixi, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bо‘yicha), о‘qitish metodikasi, ta’lim amaliyotiga nomoddiy madaniy meros elementlarini tatbiq etish masalalari. 2017 yildan hozirgacha 4 ta ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash, Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar hamda bir martalik Ilmiy kengash va Ilmiy seminar a’zosi. 2018-2023 yilning mart oyigacha 40 nafardar ortiq pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori, 8 nafar pedagogika fanlari doktori talabgorlarga rasmiy opponent va Ilmiy seminarda taqrizchi shakllarida ishtirok etgan. 2020-2022 yillarda О‘zDSMIda izlanuvchilarni monitoringdan о‘tkazish jarayonida komissiya a’zosi, TDPUda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bо‘yicha) ixtisoslik bо‘yicha tayanch doktoranturaga qabul komissiyasi a’zosi. Ilmiy daraja olgan oliy malakali 4 nafar pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktorini tayyorlagan (Mamatqosimov Jahongir Abirqulovich, Raxmanov Azizxon Bositovich, Toshmatova Kamola Abdurashudovna, Yuldasheva Dildora Maxvudjanovna). 2021-2022 yillarga mо‘ljallangan AL-412104512-raqamli “О‘zbekistonning geografik obyektlari uchun kо‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” amaliy loyiha a’zosi. 2 ta “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik moduli bo‘yicha keyslardan foydalanishning nazariy asoslari” (2022 yil), “Geografik obektlarga oid terminlarni o‘qitish metodikasi” (2022) mavzularda monografiya, 2 ta о‘quv qо‘llanma, 5 ta darslik, OAK rо‘yxatidan ilmiy jurnallarda, “Web of Science” yoki “Scopus” ma’lumotlar bazasida indekslangan nashrlarda, respublika konferensiyalarda, xalqaro konferensiyalarda ilmiy ishlar chop etilgan.