Хомиладор аёлларда гeпатит «с» касаллигининг кeчиш хусусиятлари

CC BY f
8-9
97
10
Поделиться
Рустамова, Ш., Одилова, Г., & Орзикулов, А. (2014). Хомиладор аёлларда гeпатит «с» касаллигининг кeчиш хусусиятлари. Журнал вестник врача, 1(1), 8–9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/4510
Ш Рустамова, Самаркандский государственный медицинский институт

Кафедра инфекционных болезней и эпидемиологии

Г Одилова, Самаркандский государственный медицинский институт

Кафедра инфекционных болезней и эпидемиологии

А Орзикулов, Самаркандский государственный медицинский институт

Кафедра инфекционных болезней и эпидемиологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Гспатит С касалли- ги ер юзида кснг тарқалган касалликлар гурухига кириб, дунё ахолисининг 3% га яқини гспатит С (ҲСВ) касаллигига чалинган. Гспатит С касаллиги кўп ҳолларда симптомсиз ксчиб, сурункали турга ўтиши, жигар сиррози ва карсиномаси билан асо- ратланиши мумкин [1].

Похожие статьи


background image

<Вестницврача, Самарканд

2014, № 1

(Doctor axtiorotnomasi, Samarqand

8

XOMILADOR AYOLLARDA GEPATIT «С» KASALLIGINING KECHISH
XUSUSIYATLARI

Samarqand Davlat tinbbiyot instituti Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi

Muammoning dolzarbligi:

Gepatit C kasalli- gi yer yuzida keng tarqalgan kasalliklar
guruxiga kirib, dunyo axolisining 3% ga yaqini gepatit C
(HCV) kasalligiga chalingan. Gepatit C kasalligi ko’p
hollarda simptomsiz kechib, surunkali turga o’tishi, jigar
cirrozi va karcinomasi bilan aso- ratlanishi mumkin [1].

Bu kasallikda, taxminan 17-25% hollarda «Gepatit

С» kasalligining o’tkir shakli bilan kasallangan
bemorlarda spontan sog’ayish kuza- tiladi, qolgan
bemorlarda kasallik o’z vaqtida tashxislanmasligi va
davolanmasligi bois, jigar hujayralarining surunkali
yallig’lanishi rivojlanib, og’ir asoratlarga olib keladi [2].

Virusli gepatit C kasalligining homilador ayol- larda

homilaga vertikal у o’l orqali uzatilishi sog’likni saqlash
tizimining dolzarb muammosi bo’lib kelmoqda. Onadan
bolaga HCV in- feksiyasining yuqishi vertikal yo’l ya’ni,
homila- dorlik vaqtida onadan homilaga, tug’ish jarayon-
ida, tug’ruq vaqtida va postnatal davrda yuqishi mumkin.
Agar xomilador ayollar doimiy ravishda shifokor kuzatuvi
ostida bo’lishsa, xomiladorlik gepatit C kasalligining
kechishiga, kasallik esa ona va bola umumiy axvoliga
ta’sir qilmaydi. Kasallikning surunkali shakllarida homila
rivojlanishining ortda qolishi va chala tug’ilish hollari
uchraydi. Homiladorlik davrida gepatit C virusiga
nisbatan ishlab chiqarilgan antitelolar homilaga yo’ldosh
orqali o’tishi mumkin. Odatda antitelolar qonda 12-15
(ayrim hollarda 18) oy davomida aylanib yuradi.

Ish maqsadi:

Homilador ayollarda gepatit C

kasalligining kechish xususiyatlarini o’rganishdan iborat.
Shu maqsadda biz Samarqand shaxridagi viloyat yuqumli
kasalliklar klinik shifoxonasida «Gepatit С» kasalligi
bilan davolanib chiqgan 40 ta homilador ayollaming
kasallik tarixlarini retro- spektiv taxlil etdik.

Tekshirish materillari va usullari:

Samarkand

shaxridagi yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida
davolangan homilador ayollarda

klinik

laborator

tekshirishlar o’tkazildi. Ulaming 40 tasida gepatit C
kasalligi virusiga qarshi antitelo IFA usuli yordamida
aniqlangan. Shuningdek be- morlar tashxisi PZR va UTT
natijalariga asoslangan holda tasdiqlangan. 2009-2013
yillar davomida VYuKKSh (Viloyat yukumli kasalliklar
klinik shifoxonasi) ga «Gepatit С» kasalligi tashxisi bilan
40 ta homilador ayol murojaat etishgan. Homilador
ayollar shifoxonaga asosan kasallikning boshlang’ich
davrida murojaat etishgan. Ulaming 72% da kasallikning
surunkali shakllari aniqlangan. Homilador ayollaming
17% birinchi homiladorlik, 83% takroriy homiladorlik
aniqlangan.

Ulaming

yashash

manzilgoxlari tek-

shirilganda 66% tuman axolisi, 34% shaxar axoli- si
ekanligi aniqlandi. Epidemiologik anamnezi taxlil
etilganda, 3,8% boshidan turli operactiya- lami
o’tkazganligi, 22,5% turmush o’rtog’i o’z ishi yuzasidan

xorij davlatlarida bo’lganligi, 15,6% birinchi tug’ruq
kesar-kesish operaciyasi orqali amalga oshirilganligi,
21% bemorlar tishla- rini davolatganligi, 25,7% doimiy
ravishda pedi- kyur va manikyur xizmatidan foydalanishi
aniqlandi. Bemorlarning 11,4% kasallik saba- blarini
aniqlash imkoni bo’lmadi.

Bemorlarda

kasallikning

quyidagi

shakllari

aniqlandi: bemorlarning 27,5% kasallikning o’tkir shakli,
72,5%

kasallikning

surunkali

shakli

aniqlandi.

Kasallikning o’tkir shakli 11,7% holda yengil, 68,3%
holda o’rta og’ir, 20,4% holda og’ir shaklda o’tdi. Ayrim
bemorlarda kasallikning atipik shakllari kuzatildi: 9,8%
bemorlarda sariqsiz shaklda, 23,7% holda kasallikning
bilinar bilinmas shakli aniqlandi.

«Surunkali gepatit С» tashxisi bo’yicha bemorlar

quyidagi og’irlik darajalari bo’yicha taqsimlandi:
«Minimal faollik darajasi»-6 bemor- da, «Past faollik
darajasi»-! 1, «O’rtacha faollik darajasi»-7, «Yuqori
faollik darajasi»-5 bemorda aniqlandi.

Kuzatuv davomida ayollardan 13,3% homilan- ing

«Gepatit С» kasalligi bilan zararlanishi kuza- tilgan. 20%
bemorlarda homiladorlik davrida uyquchanlik, holsizlik,
ishkobiliyatining pa- sayishi, ko’ngil aynishi, ishtaxaning
pasayishi, tana vaznining kamayishi, o’ng qovurg’a
ravog’i ostida discomfort hissi kuzatilgan. 23,7% bemor-
larda klinik belgilar kuzatilmagani holda qondagi
fermentlar miqdorining o’zgarishi va gestozlar
aniqlangan. 3,7% bemorlarda kasallik teridagi toshmalar
va bo’g’im og’riklari belgilari ku- zatilishi bilan namoyon
bo’lgan. 33,6% bemorlarda qusish, ko’ngil aynishi, o’ng
qovurg’a ravog’i ostida og’riq, siydik rangining
o’zgarishi, teri qoplamlari va skleraning sargayishi, jigar
va taloq o’lchamlarining kattalashishi aniqlangan. Biroq
tug’ruq o’z vaqtida boshlanib, xomilaning sog’lom
dunyoga kelishi qayd etilgan. 17% bemorlarda kasallik
og’ir kechganligi bois, homila- dorlikning erta
muddatlarida homilaning muddati- dan oldin tug’ilishi (2
ayolda), o’lik homila

Rustamova Sh.A.,
Odilova G.M.,
Orzikulov A.O.


background image

<Вестницврача, Самарканд

2014, № 1

(Doctor axtiorotnomasi, Samarqand

9

tug’ilishi (3 ayolda), homiladorlikning erta davr- larida
bola tashlash (2 ayolda) xolati yuz bergan.

Laborator tekshiruvlardan bemorlarga umumiy qon

taxlili, umumiy siydik taxlili, umumiy axlat taxlili, qon
bioximiyasi, PZR (po- limeraz zanjirli reakstiya)
tekshiruvi o’tkazilgan. Bemorlaming barchasida HCV
antitela musbat topilgan. Qon bioximiyasida bilirubin
miqdorin- ing 29,9 dan 320 mm/lgacha oshganligi, timol
sinamasining oshganligi (8,9 mmol/1 gacha), sulema
sinamasining 2,2 dan 1,48 gacha pa- sayganligi
aniqlanadi. Qonda umumiy oqsil mi- qdori 4,5 g/1 gacha
kainayganligi qayd etilgan. Umumiy qon taxlilida
bemorlaming

100%

da

kamqonlik

aniqlanilgan.

Shulardan o’rta darajali kamqonlik (70-90g/l) 67,7%
bemorlarda, og’ir darajadagi kamqonlik (70-55 g/1)
kamqonlik 33,3% bemorlarda aniqlandi.

Taxlillarga ko’ra, ayrim homilador ayollarda qon

zardobida transaminazalar miqdori kamayishi (32,8%),
qondagi aylanib yurgan virus miqdori ham pasayishi
aniqlangan (24,6%). Bu holat homilador ayollar immmun
tizimining o’zgarishi va qonda jinsiy gormonlar

esterogenlar miqdorin- ing ortishibilan bog’lik.

Biroq shuni aloxida ta’kidlash lozimki, gepatit C

virusi ona sutida qon zardobiga nisbatan kam miqdorda
bo’ladi. Shu bois ham ona suti bilan bolani emizish bola
sog’ligiga xavf tug’dirishi to’g’risidagi faktlar o’z
tasdig’ini topgani yo’q. Biroq ona ko’kragidagi
shilinishlar bolaga kasal- lik o’tish xavfming ortishiga olib
keladi.

Xulosa

Xomilador ayollaming 28% da o’tkir gepatit C, 72%

da surunkali gepatit C kasalligi aniqlanilgan. 88,6%
bemorlarda parenteral aralashuv an- amnezida borligi
tasdiqlangan. Virusli gepatit C kasalligida homilador
ayollar doimiy ravishda akusherginekolog, terapevt va
infeksionist kuza- tiuvi ostida bo’lishlari lozim. 23,7%
bemorlarda kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan.
Ularda tug’ruq jarayoni va tug’ruq usuli kasallikning
kechishiga

qarab

aniqlanishi

lozim.

Gepatit

C

kasalligining ona suti orqali berilmasligini e’tiborga olgan
holda ko’krak suti bilan emizishni to’xtatmagan ma’qul.

4.

Сологуб Т.В., Погромская М.Н., Васюкова С.С., Кунина Т.А. Влияние инфекции на характер течения беременности, родов
и потомство // Тез.докл.юбил.научн.Конф. «Инфектология. Достижения и перспективы». — СПб., 1996. —с. 194.

5.

Сологуб Т.В., Васюкова С.С., Погромская М.Н. Характеристика вирусной инфекции у беременных

И

Российский журнал

гастроэнтерологии, гепатологии и колопрокгологии. — 1996. — т.4. — №4. — с. 696.

6.

Сологуб Т.В., Погромская М.Н. Влияние вирусной инфекции на беременность и развитие новорожденного

И

РМЖ - 1998.

— т. 1. — с.56—59.

7.

Соринсон С.Н. Вирусные гепатиты. — СПб: 1998., — с. 325.

8.

Фарбер Н.А., Мартынов К.А., Гуртовой Б.Л. Вирусные гепатиты у беременных. — М.: Медицина, 1990. — 208 с.

Adabiyotlar

1. ЗнойкоО. О. Острый вирусный гепатит С (клиника, диагностика, исходы) Автореф.дисс.канд.мед.наук - М., 1994.

2.

Майер К.П. Гепатит и последствия гепатита - М.: ГЕОТАР, Медицина, 1999. — 432 с.

3.

Мартынюк Г.А., Шахгильдян И.В., Крамарев С.А., Кузьмин С.Н., Муляр И.С., Самохвалов Е.И. и др. Гепатит С на
территории северо-западной Украины

И

Эпидемиология и инфекционные болезни. — 1998. — №4. — с. 25—28.

Библиографические ссылки

ЗнойкоО. О. Острый вирусный гепатит С (клиника, диагностика, исходы) Автореф.дисс.канд.мед.наук - М., 1994.

Майер К.П. Гепатит и последствия гепатита - М.: ГЕОТАР, Медицина, 1999. —432 с.

Мартынюк Г.А., Шахгильдян И.В., Крамарев С.А., Кузьмин С.Н., Муляр И.С., Самохвалов Е.И. и др. Гепатит С на территории северо-западной Украины И Эпидемиология и инфекционные болезни. — 1998. — №4. — с. 25—28.

Сологуб Т.В., Васюкова С.С., Погромская М.Н. Характеристика вирусной инфекции у беременных // Российский журнал гастроэнтерологии, гепатологии и колопрокгологии. — 1996. — т.4. — №4. — с. 696.

Сологуб Т.В., Погромская М.Н. Влияние вирусной инфекции на беременность и развитие новорожденного IIРМЖ - 1998. — т. 1. —с.56—59.

Соринсон С.Н. Вирусные гепатиты. — СПб: 1998., — с. 325.

Фарбер Н.А., Мартынов К.А., Гуртовой Б.Л. Вирусные гепатиты у беременных. — М.: Медицина, 1990. — 208 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов