“Hogen monogatari” asarida” harbiy dunyoqarashning aksi
Yaponiya adabiy an’analari boy va uzoq tarixga ega bo‘lib,yapon adabiyoti uzoq vaqt xitoy adabiyoti ta’siri ostida bo‘lgan va ko‘p asarlar aynan eski xitoy yozuvida yozilgan. IX asr o‘rtalarida bo‘g‘inli yozuv –kana ning kashf qilinishi Xitoy tili o‘rniga yapon tilida ijod qilish imkonini berdi. Yozuvning kashf qilinishi erta o‘rta asr (IX-XII) larga borib taqaladi.
Heyan davridan so‘ng Kamakura davri boshlanadi va bu davr ijtimoiy hayoti va madaniyati ham Heyan davriga nisbatan keskin farqlanib, adabiyotda yangi janrlar paydo bo‘ladi. Qat'iy maqsadlilik, kuchli iroda kuchi ularni Kamakura davrining barcha davrlarida ularga xos xususiyat bo‘lib saqlanib qolingan. Ular Kantoda janglar va harbiy janglar orasida ko‘rsatgan jasorat va еrkaklik qahramonliklari, o‘z dushmanlariga qarshi vahshiyona jasorati va qat'iy afqatsizlik, o‘z rahbarlariga еrgaщgan burcch tuyg‘usi, vassal fidoyiliklari ularni asosiy dunyo qarashi sifatida o‘z aksini topdi. Bir tomondan, buddizm g‘oyalari, ikkinchi tomondan, fidoyi jangchi g‘ururi bilan mustahkamlangan bu xususiyatlarning barchasi ular tomonidan madaniyatga singib bordi. Xeyanning turg’un atmosferasida haqiqatan ham Kanto tog‘laridan toza sog‘lom havo nafasi bor еdi. Sezuvchanlikka tushib qolgan Heyan еmotsionalizmi, Heyan nafisligi o‘rniga Kamakuraning o‘ta еrkakona va san'atsiz soddaligi hukm surdi.