В статье выделены условия формирования творческой среды обучения в начальном образовании. Рассматриваются особенности формирования креативного мышления в процессе обучения младших школьников при ознакомлении с окружающей средой. Использование группового взаимодействия в выполнении творческих заданий способствует повышению уровня креативного мышления обучающихся. Также креативное поведение учителя способствует выработке творческих идей в естественнонаучном образовании младших школьников. Изучены факторы, влияющие на связи с креативной деятельностью обучающихся.
Ushbu maqolada talabalarda ijodiy faoliyat tajribalarini tarkib toptirish va rivojlantirishda o‘quv kurslari mazmunidan o‘rin olgan Keys-stadi topshiriqlari va qiyinlik darajalari produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) testlar muhim o‘rin tutadi. Shuni qayd etish lozimki, professor-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish, nazorat tarkibiga standart va nostandart test topshiriqlari va ularning turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Nostandart testlar orqali talabalar bilimini baholash ularning egallagan bilimlarini notanish vaziyatda qo‘llashga undaydi, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog‘liqligini sezishga olib keladi. Umuman olganda hayotiy muammolarga ijodiy yondashish va uni tezkorlik bilan oqilona hal etishga o‘rgatadi.
Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchilarini fanlararo aloqadorlik asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga tayyorgarlikni takomillashtirishning kreativ modellari (qanaqa kreativ modellar) taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi taʼlim kontsepsiyasida “Taʼlim taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchli va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyat” deb e’tirof qilingan. Bu esa o‘qitish metodikasining takomillashtirish, talabalarning didaktik hamda metodik tayyorgarliklarini ilgʼor xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish, elektron axborot taʼlim resurslarini yaratish, taʼlim jarayonini kreativ modellar asosida takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqolada XXI asr fan va texnika taraqqiyotining ilm fanga bo‘lgan talabning oshishiga sabab bo‘layotganligi xususida fikrlar keltirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bilimi,mahorati , izlanuvchanligi, tashabbuskorligi rivojlanish cho‘qqisiga chiqishida kreativ ta’limning o‘ziga xos ahamiyati bor. Bundan tashqari, o‘qituvchining kreativ sifatlari, dars o‘tish ko‘nikmasi, pedagogik mahorati va darsdan tashqari faoliyatida ham o‘qituvchining ijodkorligi, shu boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha turli xil tushunchalar va mulohazalar keltirib o‘tilgan.
Ushbu maqolada kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativlik ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasi ochib berilgan va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan.
Ushbu maqolada ekologik ta’limning mukammal tizimini ishlab chiqish va ta’lim tizimiga joriy etish, tabiatga yetadigan antropogen ta’sirni kamaytirish, ekologik ta’limning asosiy negizlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishga asosiy e’tibor atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, atrof muhitni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalar, ekologik tushunchalarga asoslangan manbalar, ma’naviy qadriyatlar, madaniy meroslar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar orqali ekologik tarbiya elementlarining shakllantirilishi kabi malumotlar bayon qilingan.
Maqolada malaka oshirish ta’limi va uning o‘ziga xos xususyatlari, oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining kreativ kompetentligini takomillashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ularni qo‘llashda ta’lim jarayonini loyihalash shartlari haqida so‘z yuritiladi.
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari texnologiya fanini o‘qitishga qo‘yiladagan talablar va elektron vositalar orqali o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish masalasi yoritib berilgan.
Mazkur maqolada zamonaviy ta`lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuv ta`lim sifatining asosi ekanligi. Kompetentsiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etishi. Kompetentsiyaviy yondashuvning mazmunida ta’lim tizimida yuz berayotgan innavatsion jarayonlar haqida fikr yuritiladi.