Maqola talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyoti samaradorligini oshirish muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muallif bo‘lajak pedagogning kompetensiyalarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan strukturaviy va mazmunli modelga asoslangan pedagogik universitetning zamonaviy ta’lim muhitida talabalarning o‘quv amaliyotini tashkil etishga innovatsion yondashuvni taklif qiladi. Uzluksiz pedagogik amaliyotni 4+2 tartibida tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, uni tashkil etish tamoyillari o‘rganiladi. Bo‘lajak o‘qituvchining rivojlanishini samarali boshqarish uchun pedagogik amaliyot davridagi talabalar faoliyati turlarining maxsus texnologik xaritalari ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan o‘tkazilgan izlanish pedagogik amaliyotning joriy etilgan innovatsion modeli samaradorligini tasdiqlash imkonini berdi.
Ushbu maqolada har bir pedagog-tarbiyachi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi, o‘z faoliyatida pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘zining kasbiy odobi va bilimi bilan tarbiyalanuvchilar, ota-onalar va hamkasblarining hurmatiga sazovor bo‘lishi, pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati, pedagog-tarbiyachi faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bog‘liqligi masalalari asoslab berilgan.
“Elcktron ta’lim” ta’lim jarayoniga tczlik bilan kirib kclmoqda. Ushbu maqolada uning yutug’i bilan birga elektron ta’limni joriy etishdagi muammolar taxlil qilinadi. Elektron ta’limni joriy etilishda “yangi pedagogik texnologiya”ni ishlab chiqish zarurati tug’iladi. Quyida “yangi pedagogic texnologiya” ta’rifi va kafolatli pedagogik jarayon loyixasi keltiriladi.
Tibbiyot oliygohi o‘qituvchisi faoliyatida pedagogik mahorat asosiy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada mualliflar pedagogik mahoratning ta’rifini, uning tarkibiy qismlarini, shuningdek, tibbiyot oliygohlarida o‘quv jarayonini rivojlantirishda pedagogik mahoratning rolini ko‘rib chiqadilar. Shuningdek, ular tibbiyot oliygohi o‘qituvchilariga o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirishga va talabalarni o‘qitish sifatini oshirishga yordam beradigan usullarni tavsiflaydi. Maqolada mualliflar pedagogik mahorat tibbiyot oliygohi o‘qituvchisining muvaffaqiyatli faoliyatining zaruriy sharti bo‘lib, kasbiy faoliyat jarayonida rivojlanishi va qo‘llab quvvatlanishi kerak degan xulosaga kelishgan.
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda texnologiya fanining dolzarbligi aniqlandi, Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xotirasini, nutqini, diqqatini, tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish uchun amaliy mashg’ulotlar muhimligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning shaxsiy bilim faollik darajasi yetarli emas va uni oshirish uchun o‘qituvchi ta’lim faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan vositalardan foydalanishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning motivatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar qiziqarli ma’lumotlarni aniqladi. Ma’’lum bo‘lishicha, muvaffaqiyatli o‘qish uchun motivatsiyaning qiymati o‘quvchining aql-zakovatidan yuqoriroqdir. O‘quvchining qobiliyatlari yetarli darajada yuqori bo‘lmagan taqdirda yuqori ijobiy motivatsiya kompensatsiya qiluvchi omil rolini o‘ynashi mumkin, ammo bu tamoyil teskari yo‘nalishda ishlamaydi - hech qanday qobiliyat o‘quv motivining yo‘qligini yoki uning past jiddiyligini qoplay olmaydi va muhim akademik ta’sirni ta’minlay olmasligi tavsiflandi hamda imkoniyati cheklangan bolalarga texnologiya fanini o‘qitish jarayonida ta’limning, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilishning muhim ahamiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, ularning zamirida biz tanlagan va butun dunyo e’tirof etgan, “O‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘li turibdi. Ana shu yo‘lning ajralmas qismi bo‘lgan, yoshlarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgan ta’lim-tarbiya sohasi rivoji, har tomonlama etuk avlodni tarbiyalash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu maqola talabalarning til kompetensiyasini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning rolini o'rganishga bag'ishlangan. Muallif ta’lim jarayonida til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan turli metod va yondashuvlarni tahlil qiladi. Interfaol doska, veb-resurslar, onlayn ta’lim va boshqalar kabi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ularning til kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni va talabalar uchun mumkin bo‘lgan afzalliklariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada til kompetensiyasini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini tasdiqlovchi tadqiqot natijalari ham keltirilgan. Tadqiqot to'g'ri tanlangan va qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar o'quvchilarning til ko'nikmalarini faollashtirishga va umumiy til kompetentsiyasini oshirishga yordam beradi degan xulosaga kelishimizga imkon beradi.
Tadqiqotning ob’ekti: maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarida tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi: katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvilarida tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishning pedagogik tizimini ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari: manbalarni tahlil qilish, umumiy, yakka tartibda yozma va og'zaki suhbatlar uioshtirish, anketa so‘rovlarini o'tkazish, pedagogik eksperiment, zamonaviy pedagogik texnologiya va interfaol metodlar, matematik-statistik jihatdan qayta ishlash va umumlashtirish.
Olingan natijalar va ularning yangiligi shundan iboratki, unda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish muammosi O‘zbekiston sharoitida uning o’ziga xos jihatlari va qirralarini yoritgani holda maxsus tadqiq etildi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari, ular asosida bu jarayonni ta’minlovchi pedagogik tizim hamda unga kiruvchi topshiriqlar tizimi, ularni amalga oshirishning ilmiy asoslangan metodikasi ishlab chiqildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: tadqiqot muammosining mohiyati va uning natijasida ishlab chiqilgan metodik tavsiya, qo'llanma, maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari, jumladan, tarbiyachi, tasviriy faoliyat bo’yicha to'garak rahbarlariga bolalarda tasviriy faoliyat bo'yicha savodxonlikning dastlabki elementlarini shakllantirish jarayonida qo‘l keladi. Tadqiqot jarayonida paydo bo'lgan g'oyalar asosida pedagogika bilim lortlari va pedagogika oliy o‘quv lortlarida tasviriy faoliyat metodikasi bo’yicha beriladigan ma’ruza mashg’ulotlarini mazmun jihatidan boyitadi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan metodik tavsiyalar maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirishga, tasviriy faoliyat mashgTilotlarini tashkil etishga, yo’naltirilgan faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotning asosiy g’iyalari, xulosalari Respublikamizning bir qator viloyatlarida o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida amaliyotga tatbiq etildi. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan qo’llanma, metodik ishlanmalar maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish jarayonini samarali kechishini ta’minlaydi.
QoMlanish sohasi: tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalardan pedagogika oliy o‘quv lortlari va kollejlarida “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” kursini o’qitishda, maktabgacha ta’lim muassasalari katta va tayyorlov guruhlarida tasviriy faoliyat turkumiga kiruvchi mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning ob’ekti: maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarida tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi: katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvilarida tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishning pedagogik tizimini ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari: manbalami tahlil qilish, umumiy, yakka tartibda yozma va og‘zaki suhbatlar woshtirish, anketa so‘rovlarini o‘tkazish, pedagogik eksperiment, zamonaviy pedagogik texnologiya va interfaol metodlar, matematik-statistik jihatdan qayta ishlash va umumlashtirish.
Olingan natijalar va ularning yangiligi shundan iboratki, unda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish muammosi O‘zbekiston sharoitida uning o‘ziga xos jihatlari va qirralarini yoritgani holda maxsus tadqiq etildi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari, ular asosida bu jarayonni ta’minlovchi pedagogik tizim hamda unga kiruvchi topshiriqlar tizimi, ulami amalga oshirishning ilmiy asoslangan metodikasi ishlab chiqildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: tadqiqot muammosining mohiyati va uning natijasida ishlab chiqilgan metodik tavsiya, qo‘llanma, maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari, jumladan, tarbiyachi, tasviriy faoliyat bo‘yicha to‘garak rahbarlariga bolalarda tasviriy faoliyat bo‘yicha savodxonlikning dastlabki elementlarini shakllantirish jarayonida qo‘l keladi. Tadqiqot jarayonida paydo bo‘lgan g‘oyalar asosida pedagogika bilim lortlari va pedagogika oliy o‘quv lortlarida tasviriy faoliyat metodikasi bo‘yicha beriladigan ma’ruza mashg‘ulotlarini mazmun jihatidan boyitadi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan metodik tavsiyalar maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirishga, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etishga, yo‘naltirilgan faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotning asosiy g‘iyalari, xulosalari Respublikamizning bir qator viloyatlarida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida amaliyotga tatbiq etildi. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan qo‘llanma, metodik ishlanmalar maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish jarayonini samarali kechishini ta’minlaydi.
QoMlanish sohasi: tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalardan pedagogika oliy o‘quv lortlari va kollejlarida “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” kursini o‘qitishda, maktabgacha ta’lim muassasalari katta va tayyorlov guruhlarida tasviriy faoliyat turkumiga kiruvchi mashg‘ulotlami tashkil etishda foydalanish mumkin.
Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya tizimida pedagogika fanlarining tarmoqlari tahlil etilgan. Pedagogika fanlari tizimi turli adabiyotlarda turlicha tasniflari o‘rganilgan. Fanlar integratsiyasi jarayonida paydo bо‘lgan pedagogikaning zamonaviy tarmoqlari umumlashtirilgan. Aksariyat pedagogik muammolarni о‘rganish fanlararo yondashuvni, boshqa gumanitar fanlarning ma’lumotlarini talab qilishi tahlil etilgan.