Ushbu maqolada amaliy san’at turi bo‘lmish yog‘och o‘ymakorligi buyumlarining yaratilish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi. Bu maqolada Vatanimizda azaldan yog‘och o‘ymakorligi san’ati qayerlarda qo‘llanilganligi, ularning rivojlanishi tarixi haqida fikrlar ilgari surilgan.
Mafkura va san’at insoniyat madaniyatining o‘zaro bog‘langan jabhalari bo‘lib, dunyo haqidagi tushunchamizga ta’sir ko‘rsatadi va uni shakllantiradi. Mafkura individual va jamoaviy dunyoqarashni boshqaradigan e'tiqodlar, qadriyatlar va tamoyillar majmuini ifodalaydi, san'at esa his-tuyg'ular, g‘oyalar va istiqbollarni etkazish uchun ishlatiladigan keng ko'lamli ijodiy ifodalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu abstrakt mafkura va san’at o‘rtasidagi munosabatni o‘rganib, ularning aks etishi, bir-biriga qarshi kurashishi va ta’siriga e’tibor qaratadi.
В статье рассматривается научные исследования архитектуры и искусства в Бухарском ханстве в ХVI-ХVIII веках. В ХVI-ХVIII веках научные исследования развития архитектуры и искусства в Бухарском ханстве проводились не только в Узбекистане, но и в Средней Азии и других зарубежных странах. Во время советской эпохи количество исследователей в этой области значительно увеличилось. Основные научные исследования проводились с 20 века, а в годы независимости эти работы вышли на новый уровень. Многие исследователи подтверждают, что с ХVI века в области архитектуры и искусства городов Бухарского ханства вошло новое направление и уникалный стиль. Если обратить внимание на большинство публикаций, то основной упор делается на столицу Бухару, за которой следует Самарканд. Даже история городов Термез, Шахрисабз и Карши мало изучена.
Maqolada amaliy san’atning ahamiyati va bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ilm-fanga berilayotgan e’tibor, xususan, amaliy san’atdan yog‘och o‘ymakorligi to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish, fanni o‘qitish orqali yoshlarni xalqimiz tarixidan boxabar qilish, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini o‘stirish omillari haqida fikr yuritilgan.
Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil etiladi.
Ushbu maqolada estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari, nafosat tarbiyasi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda tutgan o‘rni, nafosat tarbiyasini o‘quvchilarda shakllantirishning usul va shakllari haqida fikr yuritiladi.
Ayrim tarixiy shaxslar nomi va qilgan ishlaridan yosh avlod xabardor emas. Bunday vatandoshlarimiz tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni darsliklarga kiritishimiz, ularning hayoti va ibratli ishlari aks etgan film ishlashimiz kerak. Shunday vatandoshlarimizdan biri asl kelib chiqishi sug‘diy bо‘lgan An Lu Shan (ya’ni Ruxshon) edi. Bu tarixiy shaxsning ismi sharifi xitoy manbalarida An Lu Shan deb atalgan bо‘lib, sug‘diylar va turkiy xalqlar uning ismini Ruxshon deb atashgan
Maqolada perspektivaga oid qonuniyatlardan foydalanish vositasida o‘quvchilarda grafik savodxonlik bo‘yicha o‘quv kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining uzviyligini va uzluksizligini ta’minlashga oid metodik materiallar berilgan bo‘lib, tasviriy san’at darslarida ulardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar aniq grafik misollar orqali bayon etilgan.
Maqolada perspektivaga oid qonuniyatlardan foydalanish vositasida o‘quvchilarda grafik savodxonlik bo‘yicha o‘quv kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining uzviyligini va uzluksizligini ta’minlashga oid metodik materiallar berilgan bo‘lib, tasviriy san’at darslarida ulardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar aniq grafik misollar orqali bayon etilgan.
Badiiy asar asos negizini tashkil qiladigan obraz tushunchasi qadimdan va hozirga qadar san’atning eng muhim elementi sanaladi. Zotan, badiiy obraz bu san’at asarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy vositadir. Shu bilan birga, dunyoning estetik qiyofasini, muayyan hissiy holatini ifodalovchi komponent hamdir. Shu bois obraz tushunchasi o‘z xarakter-xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra juda murakkab va ayni paytda keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikningu yoki bu tarzda inson ongidagi in’ikosi keng ma’noda obrazning asosiy ildizini tashkil etadi. Yondosh obrazlar esa mana shu ilk asosdan o‘sib chiqadi. Shu jihatdan obraz tabiati va tasnifiga ko‘ra: fan, adabiyot va san’atda alohida farqlanadi. Ushbu maqola lirikada obrazlar tasnifi va talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she’riyatida misolida o’rganishni ko’zda tutadi.
Maqolada Sharq me’moriy asarlari badiiy tahlil jarayonining liboslarga ko‘chirilishi tasvirlangan. Sharq arxitekturasidagi jozibadorlik latif ayollar libosini yaratishda asos sifatida olinishi ta’riflangan.