Ushbu maqolada ta’lim jarayonida, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida algebra fanini o‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlashda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari keltirilgan. Algebra fanidagi tushunchalar aniq qiymatlar emas formula bo‘lganligi uchun o‘quvchilarda mavhumlikni tug‘diradi. Elektron ta’lim resurslari, tuzilgan dasturlar yordamida ularga qiymatlar berish orqali natijalarning o‘zgarishi va unga mos tasvirlarning paydo bo‘lishi yoki o‘zgarishi o‘quvchilar tasavvurini boyitadi, о‘quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ko‘rgazmalilikni ta’minlash orqali ularning tasavvurlari kengaytiriladi, algebra faniga bо‘lgan qiziqishlari oshadi.
Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishning zamonaviy uslub va yondashuvlari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri va o‘quvchilar natijalariga bag‘ishlangan. Maqolada chet tili darslarida kommunikativ yondashuv, zamonaviy texnologiyalar integratsiyasi, individual uslublar va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasini rivojlantirish tahlil qilinib, natijasi ko'rib chiqildi. Chet(nemis) tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan texnik vositalar orqali o‘quv jarayonini boyitish va talabalarda axborot texnik kompetensiyani, shu bilan birga til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish imkonini berishi tahlillar orqali yoritib berildi. Talabalarni muvaffaqiyatli tayyorlashda zamonaviy usullar ta'lim muhitida dolzarb ekanligi isbotlab berildi.
Oliy ta’lim tizimi doimiy o‘zgarishlar holatida: ta’lim tashkilotlari joylashgan huquqiy soha o‘zgarib bormoqda, ta’lim standartlari, ta’lim texnologiyalari o‘zgarmoqda, ta’lim xizmatlari iste’molchilarining o‘zlari va ularning zamonaviy oliy ta’lim haqidagi g‘oyalari o‘zgarmoqda. Ta’lim tashkilotlari iste’molchilarni jalb qilishning turli usullaridan foydalanadilar, ular orasida marketing vositalari birinchi o‘rinda turadi. Ta’lim dasturlarini shakllantirish jarayonida universitetlar marketing tadqiqotlari orqali olinishi mumkin bo‘lgan iste’molchilar xatti-harakatlarining omillari, motivlari va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotga muhtoj. Ta’lim xizmatlari bozorini marketing tadqiqotlari natijalari oliy o‘quv yurtini strategik boshqarish, shuningdek turli marketing dasturlarini ishlab chiqishda tezkor boshqarish uchun asos bo‘ladi: ta’lim muassasasini ta’lim xizmatlari bozorida targ‘ib qilish dasturlari, talabalar va talabalarni jalb qilish va saqlash dasturlari, narx va assortiment siyosatini shakllantirish. Maqola mintaqaviy farqlarni hisobga olgan holda universitetning ta’lim xizmatlari iste’molchilarining xatti-harakatlari bo‘yicha marketing tadqiqotlarining uslubiy yondashuvlari va natijalariga bag‘ishlangan. Maqolada muallif tomonidan ta’lim muassasasini tanlash omillari va o‘qitish yo‘nalishini tahlil qilish natijalari keltirilgan, ta’lim muassasalari tomonidan narx siyosatini shakllantirish tamoyillari ko‘rib chiqilgan, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish narxini mintaqaviy tahlil qilish natijalari keltirilgan. Tadqiqot bazasi sifatida muallif tomonidan turli Toshkent universitetlarida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari natijalari, oliy o‘quv yurtlarining rasmiy veb-saytlari, “Reutor” reyting agentligi, “IMTIHON” loyihasi, moliya vazirligining rasmiy veb-sayti kabi ixtisoslashtirilgan manbalarni tahlil qilish asosida kabinet tadqiqotlari natijalari ishlatilgan.
Maqolada mamlakatimizda maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim va oliy ta’lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda oʻrganishning ahamiyati, hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar va imkoniyatlar tahlil qilingan.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari uchun zarur kasbiy kompetentligini oshirish bugungi kunda muhim ahamiyatga egaligi, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan qanday foydalanish mumkinligi, shuningdek, tarbiyachilarning maktabgacha ta’limda bolalar rivojlanishi va o‘qitish metodologiyasi bo‘yicha ilg‘or tajribalar haqidagi tushunchalarini oshirishda onlayn kurslar, vebinar va seminarlarning ahamiyati yoritilgan.
Filologik ta'limda talabalarning mustaqil oquv topshiriqlarini rivojlantirishda kredit-modul` tizimiga o'tishning amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida tizimining tamoyillari, ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta’lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o'qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.
Maqolada bo‘lajak pedagoglarni zamonaviy kreativ fikrlashga oid kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va talabalarni ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan.
Monografiyada ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishni nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Ta’lim xizmatlari marketingining nazariy asoslari, ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlar tizimi, ta’lim xizmatlari bozorini marketing strategiyasini rejalashtirishda raqobat muhitining o‘rni O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning marketing strategiyalaridan foydalanishni hozirgi holati tahlili, oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalari samaradorligini baholash, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning marketing strategiyasi va uni amal qilish mexanizmi, Jahon oliy ta’lim tizimini isloh qilishning marketing modellari va ulardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ilimiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.
Monografiya ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va keng kitobxonlar jamoasi uchun mo‘ljallangan.
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim ta’riflari, inklyuziv ta’limda maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonlari, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari hamda inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj sabablari masalalalari bayon qilinadi.
Ta’lim tizimi zimmasiga yuklatilayotgan zamonaviy talablar uni rivojlantirishda istiqbolli yoʻnalish sifatida individuallashtirishning ahamiyatini tobora oshirib bormoqda. Chunki, individuallashtirish ta’lim amaliyotining bosh vazifalaridan biri boʻlgan inson kapitalini rivojlantirish, faoliyatini ongli tushunish va oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga imkon beradi..
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning (Digital History) qo’llash orqali tarixni o’rganish va uni keng ommaga yetkazishdagi o’rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur zamonaviy ta’lim vositalarini qo’llagan holda Xorazmshoh Anushteginlar sulolasining oxirgi hukumdori Jaloliddin Manguberdining faoliyatini o’rganish haqida.
Maqolada zamonaviy ta'limning dolzarb muammolari ko'rib chiqilib, raqamli texnologiyalarning ta’lim tizimidagi o’rni haqidagi falsafiy g'oyalar ochib berilgan. Unda zamonaviy ta'lim tizimini axborotlashtirish, uning ta'lim sifati va imkoniyatlarini oshirishdagi o'rni, ayni damda dunyoni qamrab olayotgan raqamli ta'lim muhitini tashkil etish natijasida yuzaga keladigan muammo va tahdidlar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan yechimlar haqida so'z boradi.
O‘zbekistonning iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar inson hayotining barcha sohalariga ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, ta’lim uchun to‘g‘ri keladi. “Bepul oliy ta’lim” standartlashtirilgan kontseptsiyasi o‘tmishga aylanib bormoqda va ta’lim xizmatlari iste’molchilarining talablari o‘zgarmoqda. Hozirgi vaqtda talabalarning turli darajadagi talablari, asosiy ta’lim va daromadlari uchun mo‘ljallangan pullik ta’limning ko‘plab shakllari va usullari mavjud. Taklif etilayotgan xizmatlar iste’molchilar talablariga qay darajada javob beradi? Bu savolning javobi ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni va demakki, nodavlat ta’lim muassasalarining moliyaviy muvaffaqiyatini belgilaydi. Ta’lim xizmatlari bozorida raqobat kuchayib borayotganini hisobga olib, potentsial talabni baholash uchun bozorni o‘rganishning marketing usullariga murojaat qilish kerak. Marketing tadqiqotining maqsadi istiqbolli ehtiyojlarni aniqlash, ularning qondirish darajasini baholash, aniq farazlarni sinab ko‘rish va iste’molchilarning xatti-harakatlarini bashorat qilishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, zamonaviy ta’lim muammolarini tahlil qilishda marketing tadqiqotlari metodologiyasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Воспитательный процесс является важным этапом подготовки совершенной личности, зрелых кадров, важных для общества. Нет сомнения, что правильная организация этого процесса обеспечит развитие общества и государства. Эффективность образовательного процесса напрямую связана с деятельностью образовательных учреждений. Наличие здоровой конкуренции между образовательными учреждениями обеспечивает их методическое, организационное и экономическое развитие. Качественная организация образовательного процесса в образовательных учреждениях гуманитарного направления играет ключевую роль в формировании духовности личности.
Maqolada O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarning yuqori sifatli kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun aralash ta’limni modellashtirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari uchun aralash ta’lim modelini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga joriy etish natijalarini tahlil qilishdan iborat. Aralash ta'lim modellarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda bir nechta yondashuvlar mavjud degan xulosaga kelindi. Maqolada aralash ta'lim auditoriyadagi an'anaviy ta'lim jarayonining ma'lum bir sxema bo'yicha amalga oshiriladigan masofaviy ta'lim, talabalarning o'z o'zini tayyorlash va raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan oqilona kombinatsiyasi sifatida ko'rib chiqiladi. "Aralash ta'lim" va "gibrid ta'lim" tushunchalari, shuningdek, aralash ta'limning bir nechta mavjud modellari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida aralash ta’limning umumlashtirilgan modeli uning vizual tasviri bilan birga ishlab chiqilgan. Ushbu modelni amalga oshirish amaliyotchilarga kunduzgi va masofaviy ta'lim jarayonida turli xil ta'lim faoliyati turlarini ma'lum bir oliy ta’lim muassasasida kutilgan natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan uyg'unlikda birlashtirish imkonini beradi. Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. So‘rov davomida talabalar aralash ta’limning mohiyatini qay darajada tushunishlari, shuningdek, kunduzgi ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim elementlaridan foydalanish bilan masofaviy va aralash ta’limdan to‘liq foydalanish o‘rtasidagi farq; karantin davridagi texnologiya; talabalarning an’anaviy, aralash va masofaviy ta’limga munosabati; aralash ta’limning taklif etilayotgan umumlashtirilgan modeli asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonini o‘quvchilar qanday idrok etishlari kabi jihatlarga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, aralash ta’limni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarida qaysi raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi aniqlandi. Umuman olganda, so'rov natijalari ishlab chiqilgan modeldan foydalanishning maqsadga muvofiqligini tasdiqladi va aralash ta'lim sohasida tadqiqotning istiqbolli yo'nalishlarini aniqladi.
Ushbu maqolada axborot ta’lim-muhitini shakllantirish va aralash ta’lim texnologiyalariga yo‘naltirish va ulardan foydalanishni kengaytirish. Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri sharoitida uzluksiz yo‘lga qo‘yish, aralash ta’lim ishlab chiqilgan.Aralash ta’lim – electron ta’lim axborot kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy oquv vositalari taqdim qilinadigan yangi didaktik imkoniyatlarga asoslanadi.
В данной статье освещены сущность методов обучения, их виды и различные подходы к ним, а также пути их совершенствования, средства обучения, а также введение в дидактическую технику обучения. При этом была дана информация о том, какие воспитательные методы следует использовать в каких частях урока и их влияние на продуктивность урока.
Он также направлен на развитие глобального мышления, компетентности, профессионализма, теоретической и практической подготовки, знаний, навыков и умений самостоятельного образования, а также на то, чтобы они эффективно использовали их в своей педагогической деятельности. Использование современных методов обучения в системе образования, обучение в учебном процессе, внедрение передовых методов обучения в организацию работы индивидуально, в парах, малых группах и командах, новый подход к педагогическому процессу посвящены вопросам.
Mazkur maqolada bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashuvida, interaktiv metodlardan foydalangan holda bolalarning muloqotchanligini shakllantirishda tarbiyachining o‘rni, shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar, tarbiyachi-pedagoglarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatga kreativ yondashuvi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining pedagogik mahorati va qobiliyatiga bog‘liqligi xususida bayon etilgan.
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida matematikani erta o‘qitishning ijodiy va samarali pedagogik strategiyalari, o‘yinga asoslangan yondashuvning ahamiyati, raqamli texnologiyalar va mental arifmetikani o‘rganish jarayonidagi muammolar, o‘quv dasturlarining didaktik ta’minotida raqamli ta’lim texnologiyalarining muhimligi yoritilgan.
Maqolada boshlang’ich ta’lim integratsiyasida raqamli texnologiyalarning o’rni, raqamlashtirish muammolari ko‘rilgan, boshlang’ich ta’lim integratsiyasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning ijobiy va salbiy tomonlari va boshlang’ich ta’limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan.
Maqolada bugungi kunda raqamli texnologiyalar o‘rni va ahamiyati, sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va imkoniyatlariga ko‘ra turlari hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirish haqida fikrlar yuritilgan.
Ushbu maqola pedagogik OTMning bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari hamda pedagogik OTM professor o‘qituvchilari, uchun mo‘ljallangan. Bolalar bog‘chasida matematikani erta o‘qitishning ahamiyatini ta’kidlasa-da, amaliyotchilar hali ham ijodiy va samarali pedagogik strategiyalarni talab qiladi. Differensial ta’sir tendentsiyalari yuqori malakaga ega bo‘lgan bolalar mashg‘ulotlardan ko‘ra ko‘proq o‘yinga asoslangan yondashuvdan ko‘proq foyda ko‘radilar, zaif kompetentsiyalarga ega bo‘lgan bolalar esa, odatda, hech qanday aralashmaslik bilan solishtirganda, o‘quv dasturlari asosida raqamli ta’lim texnologiyalaridan ko‘proq foyda oladi.
maqolada raqamli ta’lim vositalarining ta’limdagi o’rni, yozma savodxonlikni oshirishda elektron doska ahamiyati, insonparvarlik mazmunidagi “Video-topishmoq” usulini qo’llash olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish kompetensiyalarini rivojlantirishi yoritiladi.
В статье рассматривается процесс внедрения Умная управление в Узбекистане. Исследование обнаружила несколько компонентов разумного управления. В частности, компонент Система умного образование подробно обсуждается в опыте Узбекистана. Обозначены важные задачи сегодняшняя дня в организации современной системы образования и их альтернативные решения. Было оценовано текущее состояние системы образования и их адаптацию к национальным стандартам на основе мирового опыта. Автор акцентирует внимание на фундаментальных основах значительных результатов, достигнутых в сфере интегрированного образования за годы независимости, и подчеркивает важность системы в реализации инновационных изменений на практических примерах. Достижения во внедрении современного образования описываются с точки зрения атрибутов Умнoe образование. Также были проанализированы меры по внедрению умного образования в Узбекистане на основе реальной статистики и представлены общие выводы.
Ushbu maqolada chet tillarini o'rganishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning bir qancha samarador imkoniyatlari o’rganiladi va tahlil qilinadi. Raqamli texnologiya tushunchasi va uning chet tillarini o'qitishda qo'llanilishining turli zamonaviy usullari solishtiriladi va batafsil ko'rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarning uslubiy, didaktik va tarbiyaviy xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqola mualliflari raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishning xilma-xil algoritmlarini taklif qiladilar, shuningdek, tildan tilga tarjima qilish va til o'rganish uchun mo’ljallangan ba'zi uslubiyatlar va vositalarni taklif qilishadi.