Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamida respublikamiz olimlari, soha mutaxassislari, amaliyotchi psixologlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talabalarning uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologik xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tajribalar, olib borilgan tadqiqotlar natijalari, psixologik xizmatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar aks etgan tezislari va maqolalari o‘rin olgan.