Ботулизмнинг замонавий аспектлари

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
20-21
26
6
Поделиться
Юсупова, Н., & Шодиева, Д. (2014). Ботулизмнинг замонавий аспектлари. Журнал вестник врача, 1(1), 20–21. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/4517
Н Юсупова, Самаркандский государственный медицинский институт

Кафедра инфекционных болезней, эпидемиологии и дерматовенерологии

Д Шодиева, Самаркандский государственный медицинский институт

Кафедра инфекционных болезней, эпидемиологии и дерматовенерологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Мавзунинг доизарблиги: Ботулизм энг оғир кcчувчи юқумли касалликлар гуруҳига кириб, эр юзидаги барча давлатларда учраб кcлаяпти, шу жумладан Ўзбcкистонда хам. Давлатимизда ботулизм барча маъмурий худудларда ва Тошкcнт шаҳрида руйхатга олинаяпти [5]

Похожие статьи


background image

(Вестницврача, Самарканд

2014, № 1

<Dofyor axfiorotnomasi, Samarqand

20

og’ir kechishi aholining tibbiy xodimlarga kech murojaat
qilishi yoki birlamchi zvenodagi tibbiy xodimlaming
botulizmni tashhislashdagi xatolari sabab bo’lmoqda.
Kuzatuvimizdagi bemorlaming faqatgina 8 (16%) ga
birlamchi tashxis botulizm qo’yilgan, 21 (42%) oziq-
ovqat

toksikoinfeksiya-

si,

15

(30%)

o’tkir

gastroenterokolit, 6 (12%) O’RVl tashxislari bilan
Samarkand shahar I son yuqumli kasalliklar klinik
shifoxonasiga yuboril- gan. Bu holat esa botulizm bilan
og’rigan bemor- larga to’g’ri tashxis qo’yilishining va
kerakli davo muolajalaming olishining kechikishiga
hamda natijada kasallikni og’ir asoratlar bilan kechishiga
sabab bo’lmoqda.

Kuzatuvimizdan bir misol keltiradigan bo’lsak,

bemor F., 56 yoshda. bemorda to’satdan kechasi boshi
og’rib, ko’ngli aynigandan keyin bemor bir-ikki marta
qusgan hamda me'da so- hasida og’riq sezgan. Bemor
hech qaerga murojaat qilmagan, va ertasi kuni bemorda
yuqoridagi simptomlar bilan birga bemoming og’zi
qurigan, qusish to’xtab, qabziyat simptomi qo’shilgan.
Bemorda kasallikning 3-chi kunida yutinishning buzilishi,
ovozning o’zgarishi, til harakatining chegaralanishi
kuzatilganligi sababli bemor tuman shifoxonasiga
murojaat qilgan: “Gipertoniya kasalligi, gemorragik

insult?” tashhisi bilan bemor reanimasiya balimida
gospitalizasiya qilingan, ammo bir kun o’tgach yana bir
oila a'zosi xuddi shunday shikoyat bilan murojaat
qilganidan keyin bemorlardan to’liq anamnez olinib:
“Botulizm” tashxisi bilan tez tibbiy yordam mashinasida
Samarqand shahar I son yuqumli kasalliklar klinik
shifoxonasiga borilgan. Ma'lumki botulizm og’ir
kechuvchi va ko’pchilik hollarda nogironlikka sabab
bo’luvchi zaxarlanishlardan biri. Agar ush- bu kasallik
erta tashxislanib, davolash tadbirlari erta boshlansa og’ir
asoratlaming oldini olish munikin.

Xulosa:

1 .Bemorlaming 88% kasallikning 2-7

kunlarida shifokorga murojaat qilishgan.

2.

Shifokorlar tomonidan 84% bemorga birlamchi

tashhis to’gri qo’yilmagan.

3.

Umumiy amaliyot shifokorlari, tez tibbiy yordam

shifokorlari

hamda

tor

mutaxasislar

o’rtasida

botulizmning klinik ko’rinishlari va tez tashhis qo’yish
bo’yicha

ilmiy-amaliy

dastumi

yanada

mukammallashtirish bilan birgalikda aholining botulizm
borasidagi bilimini boyitish bo’yicha chora-tadbirlar
o’tkazish, botulizmning oldini olish va tez tashxislashdagi
imkoniyatlar saloxiyatini oshiradi.

Yusupova N.A.,
Shodieva D.A.

Mavzuning doizarbligi:

Botulizm eng og’ir

kechuvchi yuqumli kasalliklar guruhiga kirib, er yuzidagi
barcha davlatlarda uchrab kelayapti, shu jumladan
O’zbekistonda xam. Davlatimizda botulizm barcha
ma’muriy xududlarda va Toshkent shahrida ruyxatga
olinayapti [5]

O’zbekistonda botulizm m.uammosi eng ak- tual

ijtimoiy va iktisodiy axamiyatga ega bo’lgan
muamolardan biri bo’lib Respublikada muhim yuqumli
kasalliklami kamaytirish milliy dasturini tadbiq etishda
muhim axamiyatga ega [1].

Tadqiqot materiallari va uslublari:

Biz 2009-2013

yillarda

Samarkand

shaxar

yuqumli

kasalliklar

shifoxonasiga murojat qilgan va botulizm tashxisi
quyilgan 50 ta bemomi kasallik tar- ixi bilan tanishib
chiqdik xamda shu bemorlarga klinik va epidemiologik
taxlil o’tkazdik.

Olingan natijalar:

2009-yili shifoxonamizga 11 ta

bemorga botulizm tashxisi qo’yilgan bo’lib, shulardan 6
tasi Payariq tumanidan, 3 tasi Samarqand shahri, 1 ta
Oqdaryo tumani va 1 tasi Urgut tumanidan. 2010 - yili

jami 8 ta bemor murojaat qilgan bo’lib, Samarqand
shahridan 4 ta bemorga, Payariq tumanidan 2 ta bemorga
Samarqand tumanidan 1 ta bemorga va Bulung’ur
tumanidan 1 ta bemorga botulizm tashhisi qo’yilgan.
2011-yili shifoxonamizga 11 ta bemorga botulizm tashxisi
qo’yilgan bo’lib, shulardan 8 tasi Pastdarg’om tumanidan,
1 tasi Samarqand shahri, Itasi Pax- tachi tumani va 1 tasi
Nurobod tumanidan. 2012 - yili jami 11 ta bemor murojaat
qilgan bo’lib, Payariq tumanidan 5 ta bemorga,
Qo’shrabot tumanidan 3 ta bemorga va Pastdarg’om
tumanidan 1 ta bemorga, shuningdek Jizzax viloyati
G’allaorol tumanidan murojaat qilgan 2 ta bemorga
botulizm tashhisi qo’yilgan.

2013 - yili jami 9 ta bemor murojaat qilgan bo’lib,

Samarqand shaxridan 2 ta bemorga, Qo’shrabot
tumanidan 3 ta bemorga va Jizzax viloyati G’allaorol
tumanidan murojaat qilgan 4 ta

Adabiyotlar

1 Ахмедова М.Д., Мухаммедов И.Б., Валиев А.Г Инфекционные болезни , 2010 № 2- С. 41-42 2. Мухаммедов И.Б.Тошкент. //
Ботулизм //Медицинская помощь, 2000.-№1 -С.32-34 3. Исаева В.А. // Киев: Здоровьея 1999.-72с 4. РезииоковЛЖ. Ботулизм:
клинические особенности и современные подходы к терапии// Терапевтический архив, 1999. -№1.-С.97-100

BOTULIZMNING ZAMONAVIY ASPEKTLARI

SamMI Yuqumli kasalliklar,epidemiologiya va dermataveneralogiya kafedrasi


background image

(Цестницврача, Самарг^яд

2014, № 1

<Dofyor ax6orotnomasi, Samarqand

21

bemorga botulizm tashhisi qo‘yilgan.

Biz bemorlarning anamneziga murojaat qilsak,

pomidor bodringli marinovkadan 31 (62%) kishi
zaharlangan, konservalangan bodringdan 9 (18%) kishi,
konservalangan sabzavotli ikradan 6 (12%) kishi,
konservalangan qo‘ziqorindan 2 (4%) kishi, uyda
tayyorlangan hasibdan 1 (2%) kishi, dudlangan tovuq
go’shtidan 1 (2%) kishi zaharlangan bo‘lib, bu
adabiyotlarda keltirila- yotgan ma’lumotlardan farq qiladi.
Masalan Nikiforov V.V. (2001) ma’lumotlariga kura
Rossiyada 55-65% xollarda marinavatlardan, asosan uyda
tayyorlangan zamburug‘li konservalardan, 15- 20%
xollarda shur baliqlardan, 10-15% hollara sabzavotli
konservalardan 5-10% hollara go’sht maxsulotlaridan
(chuchqa yog‘i) dan zaxarlanish kuzatilgan.

Bondariv L.S., Varenko N.S. [1999] botulizm kelib

chiqishi 98% hollarda uyda tayyorlangan konservalami
iste’mol kilingani bilan bog’liq bo’lib, asosiy hollarda
47% da kasalik kelib chiqishi zamburug'lar iste’mol
qilinishi bilan bog‘liq deb ko‘rsatishadi.

Ma’lumki, botulizm bilan kasallanishni oldini

olishning asosiy omillardan biri bu aholining toza ichimlik
suvi bilan ta’minlanishidir. Bizning ku- zatuvimizdagi

kasallarning 16%i toza vodoprovod suvidan foydalanadi.
74% kasallarda suv bilan ta’minlanish kachalka suvi
orqali. Qolgan 10% kasallar esa hovuz va ariq suvlaridan
iste’mol qili- shadi. Shuni ta’kidlash lozimki, toza suv
bilan ta’minlangan bemorlarda kasallikning klinik
kechishi nisbatan yengil bo'lib, og‘ir nogironlikka olib
kelgan holatlar uchramadi. Aksincha toza ichimlik suvi
bilan ta’minlanmagan kasallarda kasallik og‘ir holda
kechib nogironlik nisbatan ko‘p uchradi, bunga sabab esa
toza bo'lmagan ichimlik suvidan foydalanilgan kasallar
ko‘p mi- qdordagi botulotoksin bilan zaharlanganligidir.

Kasallikning boshlanishiga e’tibor qarata- digan

bo‘lsak, 35 ta bemorda (70%) kasallik qusish bilan
boshlangan, ich ketishi bilan fa- katgina 1 (2%) ta
bemorda kasallik boshlangan, 11 (22%) ta bemorda

kasallik ko‘rishning buzilishi bilan, yutinishning buzilishi
va mushak- lar holsizligi bilan 3(6%) ta bemorda kasallik
boshlangan.

Biz kuzatgan bemorlarning 36 tasida kasallik o‘tkir

gastrointestinal sindrom bilan bo‘lib, shun- dan 35 ta

kasalda birinchi klinik belgi bu ko‘ngil aynishi va keyin

qusish bo‘lgan bo‘lsa, 1 ta bemorda kasallik to‘satdan
qusish bilan boshlangan. 2 ta bemorda qusish va qorindagi

og’riq kasallikning ilk shikoyati bo‘lgan va 1 ta bemorda
axlat suyuq bo'lishi bilan kasallik boshlangan (1- jadval).

1 -jadval

Botulizm bilan kasallanganlarda kasallikning boshlanishida gastrointestinal sindromning

xususiyatlari

Gastrointestinal belgilar

n %

Ko’ngil aynishi va qusish

35 70

Tusatdan qusish bilan

1

2

Qorinda og‘riq

2 4

Suyuq axlat

1 2

Yuqoridagi shikoyatlar bilan shifokorlarga murojaat

qilgan 54% kasallami ilk ko’rikdan o‘tkazgan shifokorlar
oshqozon-ichak

trakti

infeksiyasi

tashxisi qo‘yib

davolashni boshlashgan.

Kuzatuvimizdagi holatdan bir misol keltirsak, Bemor

K. 29 yoshda. Samarqand viloyati Payariq tumanida

yashaydi. Bemorda to'satdan kechasi boshi og‘rib, ko‘ngli

ayniygandan keyin bemor qusgan hamda me’da sohasida

og‘riq sezgan. Bemor hech qayerga murojaat kilmagan va
ertasi kuni bemorda yuqoridagi simptomlar bilan birga
qabziyat bezovta qilgan. Bundan tashqari, be- moming

og‘zi qurigan. Tana harorati ko‘tarilmagan. Bemor
kasallikning ikkinchi kuni- da to‘satdan ko’zining

xiralashib qolayotganidan, ko‘zi oldida tuman va to‘r

paydo

bo‘layotganidan

shikoyat

qilib

tuman

kasalxonasiga murojaat qilganda: “Botulizm” tashxisi

bilan tez tibbiy yordam mashinasida Samarkand shaxar I
son Yukumli kasalliklar klinik shifoxonasiga yuboril- gan.

Xulosa:

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, botulizm

bilan kasallanish ko‘rsatgichi bizning regionimizda
yuqoriligicha qolmoqda. Bunga sab- ablardan biri

aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi
muammolari hamda uy sharoitida tayyorlanayotgan

konservalarni konservalash qoidalariga to‘liq rioya
qilmasdan tayyor- lanishidir. Botulizmning klinik jihatdan

og’ir kechishi esa aholining tibbiy xodimlarga kech
murojaat qilishi yoki birlamchi zvenodagi tibbiy
xodimlaming botulizmni tashhislashdagi xatolari sabab

bo‘lmoqda.

Adabiyotlar

1.. Бабенко O.B., Авхименко M.M. Ботулизм //Медицинская помощь, 2000.-№1 -С.32-34. 2. Бондарев Л.С. Ботулизм. 3. Л.С.бондарев, Ю.С.Варенко

И

Киев: Здоровьея 1999.-72с 4. 3. Никифоров В.В. Ботулизм: клинические особенности и современные подходы к терапии// Тер.архив, 2001.-№1.-С.97-
100. 5. 4. Axmedova M.D. Muxammedov I.B, Valiev А.О.Тошкент. //Инфекционные болезни , 2010 № 2- С. 41-42

Библиографические ссылки

. Бабенко О.В.. Авхименко М.М. Ботулизм //Медицинская помощь. 20(Х).-№1 -С.32-34. 2. Бондарев Л.С. Ботулизм. 3. Л.С.бондарев. Ю. С. Варен ко // Киев: Здоровьея 1999.-72с 4. 3. Никифоров В.В. Ботулизм: клинические особенности и современные подходы к терапии//Тер.архив. 2001.-№1.-С.97-100. 5. 4. Axmedova M.D. Muxammedov l.B. Valiev А.О.Тошкент. //Инфекционные болезни . 2010 № 2- С. 41-42

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов