Mazkur maqolada mualliflar tomonidan farzandning kelajagiga otaning o‘rni qanchalik muhimligi, hozirgi kunda otalarning farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘layotganligi kabi jamiyat barqarorligi uchun muhim bo‘lgan masalalar tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni, Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi fikrlari o‘rin olgan bo‘lib, oilada o‘quvchilar hay otini tashkil etish, ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari,oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi,shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni xususida mulohazalar qayd etilgan.
What is a family? As we see it in our country, what is the role of women in a Muslim family? What traditions and customs does an Uzbek family have? And how we see our Muslim families in comparison with families of other nationalities. Everyone has different ideas about it. And if we talk about our Uzbek family, it’s difficult.
Oila munosabatlari deganda biz, ijtimoiy psixologik jihatdan ma’lum guruh munosabatini ya’ni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi muloqot jarayonini tushunamiz. Bunga eng avvalo, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin hamda shu kabi oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot munosabatlari tushuniladi. Tarixiy turmush tajribalaridan ma’lumki oiladagi eng nozik va ziddiyatli masalalardan biri bu qaynona va kelin munosabatlardir
Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda uchraydigan qiyinchiliklar, shu yoshda ularda yuzaga keladigan inqirozning psixologik xususiyatlari, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi borasida mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik psixologik yondoshuvlari tahlil qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda kechadigan hissiy xolatlar, oilaviy tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan xatolar mazmuni yoritilgan.
Представлен клинический случай семейной врожденной катаракты двух пациенток,
родившихся, от близкородственного брака . Исследования проведены в отделении офтальмологии
клиники Ташкентского педиатрического медицинского института . Пациентам проводили
стандартные лабораторные и инструментальные исследования , а также офтальмологическое
обследование , включающее визометрию , биомикроскопию , офтальмоскопию . Данный
клинический случай свидетельствует о риске рождения детей от близкородственного брака с
врожденной катарактой , гипоплазии зрительного нерва , что может в дальнейшем привезти к
слабовидению .
Ayol – buyuk so‘z. Unda bahor musaffoligi, do‘stga xos fidoyilik, ona jasorati mujassam. Ular borki, o‘tmish, bugun va kelajakda farovon hayotga ishonch bor. Ayol qalbidagi mehrga to‘la samimiylik hayotimiz bezagi bo‘lsa, undagi fidoyilik esa takrorlanmas bir jasoratdir. Uning mehri ila oila gullab-yashnaydi, farzandlar kamol topadi. Musaffo osmondek tiniq orzular ilinjida dunyoni olishga zehni etadigan zabardast bo‘lgan zot ayoldir. Ayol – erkakning ko‘ngil xotirjamligi, dunyoning tebratuvchi beshigidir. Ularning sha’niga qancha so‘z aytmaylik, minglab doston va satrlar bitmaylik, qarzimizni ado etolmaymiz.Chunki ayol - bu onadir.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosatning muhim qismi bo‘lmish ayollar masalasiga bag‘ishlangan. Unda davlatchiligimiz tarixida munosib o‘rin egallagan dono, oqila va jasur ayollarimizning davlatni bodhqarish, xalqni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, farzandlar tarbiyasi va harbiy sohani rivojlantirish haqidagi faoliyatlari manbalar asosida ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan.
Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashda oilaning ahamiyati va o’rni haqida batafsil yoritilgan. Farzand tarbiyasida qo’llash zarur bo’lgan usul va tarbiya vositalaridan foydalanish yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.
Maqolada milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan Elbekning hikoyanavislik mahorati haqida mulohaza yuritilgan. Ijodkor ning “Maorif va o‘qitg‘uvchi”, “Yer yuzi” kabi jurnallarda nashr etilgan, joriy nashrlarda uchramaydigan “Qishloqqa sayohat”, “Kelgusining quy oshi”, “Kuzatishda”, “Yangi turmush izlovchi”, “Moshoqchi Erbo‘ta”, “Jadidchi Qoravoy” kabi hikoyalari tahlil etilgan. “Qishloqqa sayohat” hikoyasida xarobaga aylangan qishloq va buning sabablari, “Kelgusining quyoshi” hikoyasida tunda kitob o‘qiyotgan bola, “Kuzatishda” hikoyasida yangi jadidlar maktabida o‘qib, otasining e’tiroziga uchragan farzand, “Yangi turmush izlovchi” hikoyasida yangi, yengil hayotni sevuvchi Qahhorxo‘janing hayoti, “Moshoqchi Erbo‘ta” hikoyasida boylar qo‘lida ishi yurishmagan Erbo‘ta ning turmushi, “Jadidchi Qoravoy” hikoyasida esa bir savdogar boyning o‘g‘li Qoravoy haqidagi fikrlar tahlilga tortilib, ilmiy xulosalar chiqarilgan.