Maqolada badiiy matnda so‘zning lug‘aviy va poetik ma’nosi anglatayotgan ko‘lami xususida fikr yuritiladi. Matnni idrok va tadqiq etishda har bir so‘z ma’nosi alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, so‘z va ma’no munosabatlari tadqiq etiladi. Lug‘aviy ma’no matn mohiyati va muallif maqsadini to‘la ifoda etolmagan hollarda so‘zning poetik ma’no yetakchilik qilishi tahlil qilingan.
Today, Uzbek literature can be considered one of the most developed and unique in Central Asia. It is a unique phenomenon in the region, the uniqueness of which is explained by the fact that the country is geographically in the heart of Asia, and genetically belongs to the Islamic cultural traditions. Indeed, the translation of the masterpieces of our literature into foreign languages and their worthy place in the treasury of world literature is of special importance today. At the same time, it is difficult to say that at present the translation of works of art from Uzbek into foreign languages is carried out sufficiently. The rich Uzbek culture reflected in the works of art remains a mystery to foreign readers. However, the growing interest of our literature lovers in the rich culture of the Uzbek people, in our classical and modern literature, shows that there is a serious need for the translation of samples of our literature. The issues of scientific study of the problems related to the translation of literary texts and the verification of published translations remain relevant. In the texts of fiction or poetry, language is not only a means of conveying information, but also a means of its artistic reproduction, conveying the aesthetic value of the work. In addition, the literary text is also a source of information about foreign culture. The value of comparative translation studies is that they make a significant contribution to the development of specific translation theories within specific language pairs.
This article is devoted to the study of the theoretical aspects of the problems associated with word choice in literary translation, in which the main focus is on the views of foreign and Uzbek translators on this topic. Some of the comments and conclusions made in the article may be useful to the creators in the future translation process.
Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o‘zgachaliklarga egadir.
Sifatlar frazeologik iboralar tarkibida ham tez-tez qo‘llanilishini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Har bir tilda frazeologik iboralar tuzilishi, lеksik-sеmаntik, funksiоnаl uslubiy vа sintаktik vаzifаlаri, shuningdеk, o‘zigа хоs shаkllаnish хususiyatilаrigа egа bo‘lgаn til birligidir.
Ushbu maqolada italyan tilidagi sifat komponentli frazeologik iboralar va ularning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifat komponentli frazeologik iboralarga oid misollar orqali, frazeologik iboralarda eng ko‘p qo‘llaniladigan sifatlar tahlili ham berilgan.
Taqlidiy so‘zlar kishi ruhiyati, uning holati, shuningdek, kishini o‘rab turgan obyektiv borliq to‘g‘risida poetik tasvir yaratishda muhim uslubiy vosita bo‘la olishi mumkin. Ulardan nutq jarayonida foydalanish badiiy adabiyotning barcha janrlarida ma’lum darajada qo‘llanilsa-da, nazmga
nisbatan nasrda kengroq kuzatiladi
Maqolada Erkin Vohidovning badiiy so‘zni idrok etish hamda uning ma’no qirralari va qatlamlarini o‘rganish borasidagi izlanishlari tahlilga tortilgan. So‘zlarning ma’no munosabatlari, tarjimalardagi tafovutlar, mumtoz so‘zning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan.
Ushbu ilmiy-uslubiy maqolada oliy o‘quv yurtlari falsafa kursida “Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazishning ba’zi uslubiy masalalari bayon etilgan. Mashg‘ulot rejasi bo‘yicha falsafaning obyekti, predmeti, tarkibi, funksiyalari, jamiyatdagi ahamiyati kabi savollar ko‘rib chiqilgan.
Ushbu maqolada talabalarning axborot kommunikatsiya kompetentligini shakllantirishning uslubiy va didaktik asoslari keltirilgan boʻlib, taʼlim tizimining bapcha bocqichlapida taʼlim va tapbiya bepishda katta imkoniyatlapga ega boʻlish yoʻllari, taʼlim olyvchilapning intellektyal calohiyatining pivojlanishi bosqichlari koʻpcatilgan. Bundan tashqari boʻlajak oʻqityvchilar kasbiy kompetentligi, keng maʼnoda ishlab chiqapishning ilmiy-texnik acoclapi ham metodologik jixatdan yoritib berilgan.
Maqolada bugunda masofaviy ta’limning qanchalik imkoniyat va qulayliklar yaratib berishi ilmiy tadqiq qilinadi. Masofaviy ta’limning rivojlanish tarixi davlatlar misolida tahlil qilinadi. Jumladan, masofaviy ta’lim jarayonida tashkil etiladigan kurslar nashr etilgan materiallardan iborat bo‘lib, o‘z ichiga uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘shimcha ta’lim uchun maqolalar to‘plami, laboratoriya amaliyotlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalarni qamrab olishi xususiyatlari o‘rganiladi.
Mazkur monografiyada ilgari surilgan nazariy fikrlar va taklif etilgan uslubiy tavsiyalardan talabalarga xitoy tilini o‘qitish mazmuni hamda metodik tizimini takomillashtirish, xitoy tili taʼlimi jarayoni samaradorligini oshirishda tatbiq etish mumkinligi bilan izohlanadi.
Shuningdek, xitoy tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan lingvodidaktik o‘yin-topshiriqlarning metodik taʼminoti, o‘yinlarni ishlab chiqish va mavjud o‘yinlarni modifikatsiya qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar hamda tadqiqot materiallaridan o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslaridagi nazariy, amaliy mashg‘ulotlarda, hamda xitoy tili taʼlimi bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda keng foydalanish mumkin.
Monografiyada jahon tartibini o‘zgartirish masalalari Markaziy Osiyodagi zamonaviy mintaqaviy qurilish jarayonlari kontekstida har tomonlama ko‘rib chiqilgan. "Dunyo tartibi" toifasini o'rganishga nazariy va uslubiy yondashuvlar tahlil qilinadi, muallifning globallashuv sharoitida Vestfal modeli tamoyillari evolyutsiyasiga oid qarashlari va nazariy nuqtai nazardan dunyo tartibining transformatsion modeli. plyuralizm taklif etiladi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlar prizmasida zamonaviy dunyo tartibini o‘zgartirish xususiyatlari, shartlari va omillari o‘rganiladi. Muallifning zamonaviy xalqaro siyosiy tizim transformatsiyasi sharoitida Markaziy Osiyoda mintaqaviylik va mintaqaviy tartib muammolariga kontseptual yondashuvlari bayon etilgan. Mintaqa davlatlarining tashqi siyosati ularning milliy rivojlanish strategiyalari va mintaqadan tashqari subyektlarning Markaziy Osiyo mintaqaviyligiga nisbatan pozitsiyasi kontekstida batafsil tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining o‘zining yangi tashqi siyosiy doktrinasini amalga oshirish nuqtai nazaridan Markaziy Osiyoda tizim yaratuvchi roliga alohida e’tibor qaratilmoqda. Monografiya “Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik” yo‘nalishidagi magistrantlar, doktorantlar, o‘qituvchi va tadqiqotchilar hamda bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatga qiziqqan kitobxonlar uchun foydali bo'ladi.