Ushbu maqolada Me’roj kechasining she’riyatda aks etishi muhokama qilinadi. Me’roj kechasini tasvirlashda Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripovning ijodidan misollar keltirib, tahlil qilinadi va bu uchijodkor she’rlaridagi mavzuning mushtarak va farqli jihatlari o‘rganiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) ga na’t yanglig‘ yaratilgan asarlarda me’roj kechasining tasviri alohida o‘rin tutishi, bu kechaning musulmon sharq adabiyotida o‘ziga xos obraz darajasiga ko‘tarilgani, shuningdek, Isro va Me’roj kechalarining farqi xususida mulohazalar bayon etilgan. Bu tasvirlar mumtoz shoirlarimizda yuksak pafos bilan yo‘g‘rilganligi va A.Oripovda sokin va bosiq holatda yoritilganligi badiiy asarlardan keltirilgan misollar yordamida dalillanadi. Me’roj kechasidagi voqea- hodisalar ketma-ketligi har uchala ijodkorning she’riy asari misolida ko‘rib chiqiladi va shular asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy bog‘liqligi yozuvchilarning hikoyalari misolida tahlil qilindi. Yozuvchilar o‘z o‘y-kechinmalarini, ijod jarayoni mashaqqatlari, ijodkor ruhiyatidagi evrilishlar, ko‘nglining tub-tubidagi dard va armonlarini asarlardagi ijodkor obrazlari orqali ifoda etishdi. Shukur Xolmirzayevning “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” (Qudrat aka), “Bulut to‘sgan oy” (Quvvatjon) kabi hikoyalarida, Erkin A’zamning “Yozuvchi” (domla) hikoyasida, ijodkor ruhiyatining goho jo‘shqin, goho tushkin, goho alamli (achchiq), goho quvonchli (shirin) kayfiyatlarini, ijtimoiy muhit va sharoitga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini ro‘y-rost
Maqolada atoqli hikoyanavis Hayriddin Sultonovning “Panoh” hikoyasida Bobur obrazining ifodalanish xususiyatlari tarixiy voqealar asosida bayon qilingan.
Bugun maktablarda adabiyot fanini o‘qitish yangi bosqichga ko‘tarildi.
Maktabda adababiyotni o`qitish o'z ichiga o'quvchilarining badiiy va umumiy
madaniy rivojlanishini, so'z san'ati bilan mustaqil muloqot qilishni, adabiy asarni
insoniyat ma'naviy madaniyati bilan har tomonlama tushunishga qodir kitobxonni
shakllantirish vazifalarini o'z ichiga oladi.
Biz ushbu maqolada hozirgi zamonaviy maktablarda M.Bulgakovning “Usta
va Margarita” romanining pedagogik ahamiyatini o‘qitishning madaniy
yondashuvini ko‘rib chiqamiz.
Ushbu maqolada xitoylik yozuvchi Lao Shening "Katcountry" asarlari tahlil qilinadi. Muallif Xitoy madaniyatining tanazzulga uchrashiga sabab bo‘layotgan omillarni va uning obrazli talqinini badiiy asar orqali ko‘rib chiqadi.Romanda mushuklar shahrida ro‘y berayotgan voqealar satirik tarzda tasvirlangan. Lao She Xitoy madaniyati, ma'naviyati va ma'rifatidagi salbiy holatlarni ko'rsatadi. Maqolada romanning zamonaviy nuqtai nazardan ham ahamiyatli ekanligi aytiladi.
Ushbu maqolada Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarida folklor an’analarining o‘rni tadqiq qilingan. Ijodkor badiiy-estetik tafakkuri yuksalishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri masalasi uch bosqichga bo‘lib tahlil etilgan: 1) shoir ijodining ilk davrida xalq og‘zaki ijodiga murojaat;2) ijodkor poetik tafakkuri takomilida xalq og‘zaki ijodi motivlari badiiy sintezining o‘rni; 3) umr so‘ngida yaratilgan she’rlarida xalq og‘zaki ijodian’analarining poetik yangilanishi. Tahlillar natijasida folklor an’analariga ijodiy yondashuv, ularni poetik yangilash va takomilga yetkazish Abdulla Oripov she’riyatining abadiyatini ta’minlab kelayotgan asosiy omillar ekani yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Перевод художественной литературы – духовный и культурный фактор большого значения. Это средство общения между культурами, народами.
Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho berish, shaxsning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi "Men" tushunchasi orqali ifodalab oʻtiladi.
O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z asarlarida bolalar xarakterini, bola ruhiy dunyosini g‘oyatda mukammal yoritgan yozuvchilardan hisoblanadi. Xudoyberdi To’xtaboyev o’zbek bolalar adabiyoti, xususan, prozasida yangi davrni boshlab berdi. U yaratgan qahramonlar xatti-harakati, gap-so’zlari, xarakteri bilan yosh kitobxonlarga nihoyatda manzur bo’ldi. Yozuvchi o’z tabiatidagi bolaga xos quvnoqlik va beg’uborlikni asarlariga ko’chira oldi. Ayni shu yumor bolalar qalbiga yaqin edi, bu yaqinlik uning yosh muxlislari tobora ortib borishiga sabab bo’ldi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar betakror xususiyatlari bilan ko‘plab kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda. Jumladan, uning Hoshimjon, Mirobiddinxo‘ja, Orifjon, Akrom qovunchi singari qahramonlari, ayniqsa, yosh kitobxonlarga allaqachon yod bo‘lib ketgan. Sababi, ushbu qahramonlar xarakterining esda qolar darajada yorqinligi, quvnoqligi, bolaga xos beg‘ubor va soddadilligi, kulgi, hazil mutoyibaga moyilligi xarakter tabiatini yanada yorqinlashtirgan. Maqolada yoritilgan masala faqatgina Xudoyberdi To’xtaboyevning biografiyasi hamda yozgan asarlarini sanash emas, balki uning romanlariga xos xususiyatlarni tahliil qilish hamdir.