Ushbu maqolai ngliz va o’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni, ishlatillishi hamda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan
Ma’lumki, so‘nggi yillarda respublikamizda tilga bo‘lgan e’tibor jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Shu munosabat bilan yurtimizning turli hududlarida yashovchi aholi shevasining o‘zbek adabiy tiliga munosabati masalasini o‘rganish dolzarb masalaga aylandi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Terak qishlog‘i shevasiga xos bo‘lgan oziq-ovqat nomlari leksikasini tahlil qilish va uning o‘zbekadabiy tiliga munosabati masalasini o‘rganish bosh mezon qilib olingan.
Maqolada O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarning yuqori sifatli kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun aralash ta’limni modellashtirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari uchun aralash ta’lim modelini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga joriy etish natijalarini tahlil qilishdan iborat. Aralash ta'lim modellarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda bir nechta yondashuvlar mavjud degan xulosaga kelindi. Maqolada aralash ta'lim auditoriyadagi an'anaviy ta'lim jarayonining ma'lum bir sxema bo'yicha amalga oshiriladigan masofaviy ta'lim, talabalarning o'z o'zini tayyorlash va raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan oqilona kombinatsiyasi sifatida ko'rib chiqiladi. "Aralash ta'lim" va "gibrid ta'lim" tushunchalari, shuningdek, aralash ta'limning bir nechta mavjud modellari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida aralash ta’limning umumlashtirilgan modeli uning vizual tasviri bilan birga ishlab chiqilgan. Ushbu modelni amalga oshirish amaliyotchilarga kunduzgi va masofaviy ta'lim jarayonida turli xil ta'lim faoliyati turlarini ma'lum bir oliy ta’lim muassasasida kutilgan natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan uyg'unlikda birlashtirish imkonini beradi. Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. So‘rov davomida talabalar aralash ta’limning mohiyatini qay darajada tushunishlari, shuningdek, kunduzgi ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim elementlaridan foydalanish bilan masofaviy va aralash ta’limdan to‘liq foydalanish o‘rtasidagi farq; karantin davridagi texnologiya; talabalarning an’anaviy, aralash va masofaviy ta’limga munosabati; aralash ta’limning taklif etilayotgan umumlashtirilgan modeli asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonini o‘quvchilar qanday idrok etishlari kabi jihatlarga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, aralash ta’limni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarida qaysi raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi aniqlandi. Umuman olganda, so'rov natijalari ishlab chiqilgan modeldan foydalanishning maqsadga muvofiqligini tasdiqladi va aralash ta'lim sohasida tadqiqotning istiqbolli yo'nalishlarini aniqladi.
Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy, Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari, she’riy san’atlar, qofiyalar tizimi o‘rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan. Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga, fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o‘qish uchun vasl, imola, tag‘yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish jarayonida B.Valixo‘jaevning “O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” kitobi, Arasli No‘shobaning “Gulshahriy va Navoi” maqolasi, Sh.Sharipovning““Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” kitobi, Sh.Hasanovaning “Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi” monografiyasi, Z.Mamadaliyevaning “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz” singari tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar yo‘nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi.
В настоящей статье рассматривается понятие мотивации учебной деятельности школьников, а также факторы, положительно влияющие на ее формирование. Рассмотрены основные задачи, осуществление которых в полной мере поможет создать положительную мотивацию школьников.
Изученная в ходе написания статьи методика формирования мотивированности на уроках позволит добиться большей эффективности от учебного процесса.
Milliy urf-odatlarning inson hayotida tutgan o’rni va uning zamonlar osha rivojlanib borishi. Millatga ta’siri. Milliy qadriyatlarning bugungi kundagi o’rni va yoshlarning ushbu qadriyatlarga munosabati.
2020-yil 24-sentabrda mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar har bir oliy ta’lim muassasasi oldiga ushbu talablarga muvofiq mehnat qilishga qodir mutaxassislarni tayyorlash maqsad va vazifalarini kun tartibiga qo‘ydi. zamonaviy talablar. Bu jarayon innovatsion, malakali va raqobatbardosh, xorijiy tillarni mukammal biladigan kadrlarni yetishtirishni, chet tillarni, ayniqsa, ingliz tilini xorijiy oliy o‘quv yurtlarida sifatli o‘rganish tizimini taqozo etadi. Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlariga Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent stomatologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ularning barchasida chet tillaridan tortib, ingliz, nemis, fransuz tillari har tomonlama o‘qitiladi. Zero, tibbiyot rivojida, mutaxassislar tayyorlashda chet tillarining o‘rni beqiyos.
Maqolada maktabgacha yosh davridagi shaxslararo munosabatlar muammosining psixologik nazariy adabiyotlarda o‘rganilganligi tahlil qilingan. Maktabgacha yosh davrining o‘ziga xos psixologik hususiyatlari va o‘yinning maktabgacha yosh davrida shaxslararo munosabatlar tizimiga ta’siri mexanizmlari haqida fikrlar bildirilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo munosabatni aniqlovchi o‘yinli mashg‘ulotlari ko‘rib chiqildi.
Til birliklari, jumladan, uning leksik guruhlari ham sistema, struktura va me’yor yoki normalarining dialektik munosabati asosida yuzaga keladi. Bunda sistema el ementlarining yaxlit majmuidan, struktura esa shu majmuaning ichki tuzilishidan iborat bo‘ladi. Binobarin, til hodisalarini sistem-struktur aloqasida o‘rganish, birinchidan, sistema tashkil qiluvchi elementlar yig‘indisini belgilash va, ikkinchidan, mazkur elementlar orasidagi ichki munosabat va aloqalarni aniqlash, ularning o‘zaro pog‘onali (iyerarxik) joylashishi hamda bir elementning ikkinchi elementdan hosil bo‘lish yo‘llarini ochib berishni taqozo etadi. Buni til leksikasidagi so‘zlarni ma’lum guruhlarga ajratib o‘rganishda kuzatish
“Nazm bo‘stoni” ruknining ushbu kitobida ulug‘ shoir va adib, zamonasining adabiyotshunos va elshunos olimi, mohir xattot va “Zubdat ul-hukamo” (“Hakimlarning sara-si”) degan e’tirofga sazovor hakim Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat (1859–1909) ningturli lirik janrlardagi asarlaridan namunalar o‘rin olgan. Shoirning ushbu to‘plamga kirgan she’rlarida muhabbat va hayot falsafasi, ijodkorning ijtimoiy-siyosiyvoqyelikka munosabati va ilmu ma’rifat mavzulari teran mazmun va go‘zal badiiy shakl uyg‘unligida talqin etilgan. Ushbu nazmiy guldasta she’riyat muhiblariga manzur bo‘lishiga ishonamiz.