Maqolada ish haqi, ish haqining iqtisodiy mazmuni, yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari, ish haqining shakllari va turlari, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni, mehnatga haq to‘lash, ish haqining vazifasi, ish haqi stavkasi,vaqtbay va ishbay ish haqi haqida so‘z boradi.
Yangi bo'sh ish o'rinlarini yaratish iqtisodiy rivojlanishning tabiiy jarayonidir. Ishlab chiqarishni muttasil takomillashtirish, ilm-fan va texnologik yangiliklarni faol takror ishlab chiqarish shaklida amaliyotga doimiy tatbiq etish, ilg‘or tarkibiy o‘zgartirishlar orqali yangi bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi bo‘sh ish o‘rinlari yaratilmasdan turib, bandlikning maqbul tuzilmasi shakllanmaydi, mehnat unumdorligi oshmaydi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan yangi bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish shartlari tubdan o‘zgardi. Turli mulkchilik shakllarining vujudga kelishi, mavjud korxonalarning kengayishi va modernizatsiya qilinishi zamon talablariga javob beradigan ish o‘rinlarini yaratish imkonini berdi. Bunday rivojlanish natijalari hududlarda ham o‘z samarasini bermoqda.
Inson resurslarini boshqarish kitobining yangi ikkinchi nashri inson resurslarini boshqarishning qanday amalga oshirilishini tushuntirishga qaratilgan.
Siz qanday lavozim yoki martabaga intilishingizdan qatʼi nazar, inson resurslarini boshqarish amaliyotini tushunishingiz, faoliyat yuritayotgan tashkilotingiz va shaxsiy muvaffaqiyatingizni taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Inson resurslarini boshqarishda ish oʻrinlarini tahlil qilish va loyihalash, rejalashtirish, potensial xodimlarni jalb etish, munosiblarini oʻqitish va rivojlantirish, faoliyat natijalarini baholash, mehnatiga koʻra mukofotlash va nihoyat ijobiy mehnat muhitini shakllantirish kabi samarali boshqaruv va HR sohasiga asos soluvchi koʻnikmalar oʻzlashtiriladi.
Darslik korxona va tashkilotlar boshqaruvchilari va xodimlari, kadrlar xizmatida ish yurituvchi xodimlar, inson resurslarini boshqarish taʼlim yoʻnalishi mutaxassisligi professor-oʻqituvchilari va talabalari, umuman inson resurslarini boshqarishga qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʻljallangan.
Ushbu maqolani yozishdan maqsad boshqaruv personalining lokal avtomatlashtirilgan ish о‘rnini (AIО‘) loyihalashda amaliy kо‘nikmalarni egallash hisoblanadi. Odatda kadrlar bо‘limi shaxsiy tartib ishchilari rо‘yxati, kadrlar harakati, kadrlarni о‘qitish va qayta о‘qitish ishlarini olib boradi. Shuningdek, bо‘limning vazifalariga lavozim instruksiyalarini tuzish, hisobotlarni shakllantirish va anketalarni qayta ishlash ham kiradi. Shu bilan birga, bо‘lim mehnat intizomi, xizmatchilarni xizmat pog‘onalarida kо‘tarilishini nazorat qiladi.
Mazkur maqoladada natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishning nazariy asoslari va sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlarining mohiyati va uning davlat byudjetida tutgan o‘rni hamda hozirgi holati tahlili tadqiq etilgan. Maqolada NYBning iqtisodiy mohiyati va uning davlat byudjetini boshqarishdagi o‘rni, Davlat byudjeti xarajatlarini rejalashtirishning amaldagi holati, sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy sug‘urtaning o‘rni va mohiyati tahlil etilgan.
Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya tizimida pedagogika fanlarining o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda pedagogika fanlarining o‘rni muhimligi o‘rganilgan.
Maqolada rivojlangan mamlakatlar budjet ijrosida G‘aznachilik tizimi tahlil etilgan. Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, AQSh mamlakatlarida G‘aznachilikning o‘rni hamda ahamiyati to‘g‘risida ilmiy mulohazalar olib brogan. Jumladan, Fransiyada g‘aznachilikning tashkil qilinish tarixi, unong funktsiyalarini Davlat G‘aznasi va Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi o‘rtasida taqsimlanishi hamda barcha moliyaviy resurslar G‘aznachilikning yagona hisobraqamida yig‘ilishi ochib berilgan. Bundan tashqari Davlat G‘aznasi huquqlari, va kadrlar masalasi organilgan. Buyuk Britaniyada G‘aznachiligi Departamenti, ularning tarkibi yoritib berilgan. Italiyada budjet ijrosi dinamikasi tahlil qilingan hamda Italiyaning investorlarni jalb qilish imkoniyatlari o‘rganilgan. AQShda G‘aznachilikni o‘rni, ning tarkibi, tizimda faoliyat yuritadigan departamentlar funksiyalari tahlil qilingan. AQShda g‘aznachilik tizimida moliyaviy aktivlar va davlat qarzlarining barcha turlari bo‘yicha hisob-kitob yuritishda g‘aznachilik roli o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar olingan va ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.